So’nggi yangiliklar

19:13Суперлига. "Бухоро" – "Қўқон-1912". Таркиблар эълон қилинди  0 19:00Суперлига. "Нефтчи" – "Машъал" (матнли трансляция)  8 18:46"Наполи" Довбикни сотиб олмоқчи  1 18:21Лукаку: "Жароҳатлар – футболнинг бир қисми"  0 17:312 ўриндиққа 3 одам  4 17:19"Аяччо" банкротлик жараёнини бошлади  2 17:00“Трастбанк” кичик бизнесни ривожлантириш учун НАҚД ПУЛда 1 млрд сўмгача кредит ажратади  7 16:29"Челси" учинчи либосини тақдим этди  1 16:00Марказий Осиё. "Қайрат" ютқазди, "Истиқлол" кубокдан чиқиб кетди, ўзбекистонлик Марадона эса топ-ассистентлардан бирига айланди  1 15:45Павар "Интер"дан кетиши мумкин: Франция ёки Саудия Арабистони?  0 15:16"Қайрат" "Селтик" тўсиғидан ўтса, неча миллион доллар ишлаб олади?  8 15:09"Барселона" футболчиси клуб билан шартномани бекор қилишга келишиб олди  0 14:4143 ёшигача тўп тепган, Ўзбекистоннинг икки карра энг яхши футболчиси Павел Бугало 51 ёшда  4 14:28"Челси" 22 ёшли футболчисини "Вильярреал"га сотади  0 13:59Аргентина ва Мессини норозилик намойишлари туфайли Анголадаги ўйиндан воз кечишга чақиришмоқда  3

"Paxtakor-79"ni xotirlab - Ravil Agishev Yangiliklar

"Paxtakor-79"ni xotirlab - Ravil Agishev

Ravil Agishev "Paxtakor" tarkibidan juda yosh holda o'rin egallashga muvaffaq bo'lgandi.

Ravil 1959 yil Buxoroda tavallud topgan. Bolaligidanoq futbol bilan oshno tutingan Agishev futbolchilik faoliyatini murabbiy A.CHernishev boshchilik qilgan Buxoroning “Spartak” jamoasida boshlagan. Bolalar toifasida turli musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etgan. Keyinroq 1973 yildan Toshkentda yangi murabbiylar Guras Daraseliya va V.Babich qo'l ostida shug'ullanib, 1975-76 yillarda German Titov nomidagi sport-internatda o'qish chog'ida ixtisoslashtirilgan futbol maktablari turniri final bahslarida qatnashgan. 1975-76 yillarda "Paxtakor" ikkinchi tarkibida, 1977 yil Xorazmning "Xonqa" jamoasi safida o'ynagan. Ushbu jamoa safida Ravil Agishev O'zbekiston Kubogi sohibi va sport ustasi nomzodligiga ega bo'ldi. 1978 yil esa uni mamlakatning bosh jamoasi sanalgan "Paxtakor"ga taklif etishadi. O'sha yili Agishev 13 uchrashuvda maydonga tushib, markaziy himoyadagi ishonchli o'yinlari bilan muxlislar mehrini qozondi. Halokat ro'y bergan 1979 yil esa 14 bellashuvda maydonga tushib ulgurgandi. Yagona golini Rostovda SKA jamoasi darvozasiga urgan.

O'sha yili yozda Agishev O'zbekiston terma jamoasi tarkibida Oleg Bazilevich qo'l ostida Ittifoq cpartakiadasida ishtirok etdi. Olim Ashirov bilan birgalikda ular markaziy himoyada juda ishonchli o'yin ko'rsatishdi. 8 avgustda Toshkentda "Zarya"ga qarshi kechgan bellashuvda Ravil umurtqasidan jarohat oladi. Aslida bunday jarohat bilan o'yinni o'tkazib yuborish mumkin edi. Biroq jamoa duch kelgan jarohatlar epidemiyasi sababli Agishev safarga yo'l oladi va jamoaga yordam berishni istaydi. Afsuski, 20 yoshida hali uylanmagan Ravil hayot bilan vidolashdi.

Ravil Agishev va Vladimir Sobirovning birinchi murabbiylari bo'lgan Anatoliy CHervov keyinchalik o'z ishini yakunlashni lozim topgan. Uning ikki shogirdi o'sha mashum halokatda hayot bilan vidolashgan.

Ravil Agishev ishqibozlar yodida hamisha kurashuvchan, yosh va ishonchli o'yin namoyish qilgan himoyachi sifatida qoladi.


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика