Pavel Pavlyuchenko: "Paxtakor"ga kelgan istalgan futbolchi chempion bo'lishni istaydi"
25 noy 2023 13:32
Yangiliklar
Pavel Pavlyuchenko: "Paxtakor"ga kelgan istalgan futbolchi chempion bo'lishni istaydi"
Darvoza chizig'idagi raqobatni oshirishga olib kelingan Belarus terma jamoasi posboni Pavel Pavlyuchenkoga murabbiylar ayrim uchrashuvlarda ishonch bildirishdi. "SHerlar" safidagi debyut mavsumida chempionlikka erishgan kiper fikrlarini bildirib o'tdi.
"Jamoadoshlarim kabi chempionlikdan juda xursandman. Bu sovrin bilan Toshkent xalqini, "Paxtakor" muxlislarini tabriklayman. Murabbiylar shtabi bu yo'lda katta mehnat qilishdi. Oxirigacha kurashdik va maqsadimizga erishdik. Kimlar uchundir birinchi, kimlar uchundir beshinchi chempionlik. Men esa faoliyatimda ikkinchi bor oltin medallarga ega chiqdim.
"Paxtakor"ga kelgan istalgan futbolchi chempion bo'lishni istaydi, chunki "Paxtakor" O'zbekistonning birinchi raqamli jamoasi hisoblanadi", – dedi Pavlyuchenko.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar