Parij restoranlari Buffon urgan har bir gol uchun bepul picca taklif qilmoqda
19 sen 2018 19:46
Yangiliklar
Parij restoranlari Buffon urgan har bir gol uchun bepul picca taklif qilmoqda
Franciya poytaxtida joylashgan restoranlar o'ziga xos hazilomuz taklif bilan chiqishdi.
Parijdagi ikkita restoran PSJ darvozaboni Janluiji Buffon urgan har bir gol uchun xo'randalarga bepul picca taklif qildi. Bu haqda "L`Equipe" nashri xabar berdi.
Buffon butun faoliyati davomida 879ta o'yin o'tkazgan va birorta gol urmagan.
Italiya taomlari tayyorlanadigan "Julien" deb nomlangan restoran JCH-2018 paytida ham futbol ishqibozlari bilan hazil qilgan edi. O'shanda restoranda Italiya terma jamoasining mundialda kiritgan har bir goli uchun tekin tushlik berilishi haqida yozilgan banner ilib qo'yilgan edi. Esingizda bo'lsa, Italiya JCH-2018ga chiqa olmagandi. O'shanda jaxli chiqqan italiyalik muxlislar bannerni o'g'irlab ketishgan edi.
Fikrlar