So’nggi yangiliklar

22:26Суперлига. "Андижон" - "Сурхон" 2:1. Мезбонлардан супер голлар!  1 22:15Месси ва "Интер Майами" музокараларни давом эттирмоқда  0 21:59Суперлига. "Насаф" тур марказий баҳсида ОКМКни ютиб, жадвалдаги етакчиликни тортиб олди  59 21:23Аморим жамоага тезкор футболчиларни олиб келмоқчи  0 20:54Суперлига. "Андижон" "Бобур Арена"да "Сурхон"ни енгиб ғалабасиз сериясига барҳам берди  48 20:19"Реал" Модричга ўринбосар топди  1 19:55Диалло МЮ мухлисларига ваъда берди  2 19:33Анчелотти: "Футбол ҳаёти шундай – вақти келиб ҳар қандай авлод кетади"  1 19:11"Насаф" мухлисларга 3 та соврин билан суратга тушиш имконини яратди  1 18:35Ўзбекистон Кубоги. 1/8 финал босқичига қуръа ташланди: "Қўқон-1912" ўз уйида "Бунёдкор"ни қабул қилади, "Навбаҳор" меҳмонда "Хоразм" билан ўйнайди  13 18:21"Реал" президенти: "Карло Анчелотти энди буюк Мадрид оиласининг абадий аъзосига айланди"  5 17:52Суперлига. 11-тур дисквалификациялари: "Насаф", "Нефтчи" ва "Андижон"да йўқотишлар бор  4 17:33УЕФА Европа Лигаси финалидан сўнг "Тоттенхэм"га медаллар етмай қолгани учун узр сўради  11 17:04Томас Тухель Андорра ва Сенегалга қарши ўйинлар учун Англия терма жамоасига чақирилган 26 нафар футболчи номини айтди. Улар орасида Тоуни ҳам бор  5 16:37Роналду Модричга мурожаат қилди: "Реал"да кўп лаҳзаларни сен билан баҳам кўриш мен учун шараф бўлган"  11

Parij-2024. O'zbekiston ilk turda Ispaniyaga mag'lub bo'ldi, keyingi raqib Misr Yangiliklar

Parij-2024. O'zbekiston ilk turda Ispaniyaga mag'lub bo'ldi, keyingi raqib Misr

Bugun Olimpiada guruh bosqichi 1-turi doirasida O'zbekiston terma jamoasi Ispaniyaga qarshi bahs olib bordi.

"Park de Prens" stadionida o'tadigan o'yin uchun Kapadze qanday tarkibni tanlagani malum.

Parij Olimpiadasi

"S" guruhi, 1-tur

24.07.2024, 18:00

"Park de Prens", Parij

O'zbekiston - Ispaniya 1:2 (TUGADI)

Bosh hakam: Daxane Beyda (Mavritaniya)

Gol: Mark Pubil (Abel Ruis) 29, 0:1, Eldor SHomurodov (penalti) 45+3, 1:1, Serxio Gomes (Xuan Miranda) 62

O'zbekiston: 1.Abduvohid Nematov, 5.Muhammadqodir Hamraliev, 4.Husniddin Aliqulov, 3.Abduqodir Husanov, 6.Ibrohimhalil Yo'ldoshev, 18.Abdurauf Bo'riev (8.Ruslanbek Jiyanov,  67), 15.Umarali Rahmonaliev, 10.Jasur Jaloliddinov (17.Diyor Xolmatov, 67), 11.Oston O'runov (9.Husayn Norchaev, 59), 14.Eldor SHomurodov (19.Ibrohim Ibragimov, 79) 7.Abbosbek Fayzullaev.

Zaxira: 12.Vladimir Nazarov, 2.Saidazamat Mirsaidov, 13.Zafarmurod Abdirahmatov, 

Ispaniya: 1.Arnau Tenas, 2.Mark Pubil, 4.Erik Garsiya, 5.Pau Kubarsi ( 12.Xon Pacheko, 46), 3.Xuan Miranda, 6.Pablo Barrios, 10.Aleks Baena (8.Benat Turrentes, 86), 11.Fermin Lopes (16.Adrian Bernabe, 76),  14.Aimar Oros (7.Diego Lopes, 77), 17.Serxio Gomes, 9.Abel Ruis (18.Samu Omorodion, 87)

Zaxira: 13.Xoan Garsiya,   15.Migel Guterres,  

Ogohlantirish: Pau Kubarsi (Ispaniya) 7, Jasur Jaloliddinov (O'zbekiston) 36, Mark Pubil (Ispaniya) 37, Abdurauf Bo'riev (O'zbekiston) 61, Diyor Xolmatov (O'zbekiston) 68, Adrian Bernabe  (Ispaniya) 80, Abel Ruis (Ispaniya) 82, Samu Omorodion (Ispaniya) 90+6


MATNLI TRANSLYACIYA



Uchrashuv yakunlandi. 

90+6. OGOHLANTIRISH. Samu Omorodion, Ispaniya. 

90+6. Yo'q o'yin davom etadi. 

90+5. VAR penalti ko'radi. Yana penalti tepamizmi?

90+5. ZARBAAAA. Umarali Rahmonalievning zarbasi xavfli ko'rinish oldi. 

90. Ikkinchi bo'limga 8 daqiqa qo'shib berildi. 

90. So'nggi daqiqalarda hujumlar uyushtirdik. Ammo yakun yo'q. 

83. ZARBAAA. Aliqulov jarima zarbasini amalga oshirdi. Noaniq. 

82. OGOHLANTIRISH. Ispaniya, Abel Ruis

80. Qulay nuqtada jarima zarbasi ishladik. 

79. O'ZGARISH. Eldor SHomurodov o'rniga Ibrohim Ibragimov tushdi. 

77. O'ZGARISH. Fermin Lopes o'rniga Bernabe, Oros o'rniga Diego Lopes tushdi. 

73. ZARBAAA. SHomurodov yaxshi zarba yo'lladi. Biroz noaniq. 

67. O'ZGARISH. Abdurauf Bo'riev o'rniga Ruslan Jiyanov, Jasur Jaloliddinov o'rniga Diyor Xolmatov tushdi. 

63. GOL. Serxio Gomesning peshonasiga bugun O'zbekistonga gol urish yozilgan ekan, 1:2

61. OGOHLANTIRISH. O'zbekiston, Abdurauf Bo'riev. 

61. NE'MATOOOOOOOOOOOOOOOOOV. Abduvohid Nematov penaltini qaytardi. Yashavor Nematov. Barakalla!

59 O'ZGARISH. O'zbekiston, Oston O'runov o'rniga Husayn Norchaev tushdi. 

57. PENALTI. Abbos Fayzullaev sezilarli ravishda raqib futbolchisini yiqitdi. Hakam penalti belgiladi. 

55. Abduvohid Nematov Pubilning zarbasini ushlab oldi. 

53. Abdurauf Bo'rievga tibbiy yordam ko'rsatildi. Hammasi joyida. 

46. O'ZGARISH. Ispaniya, Pau Kubarsi o'rniga Xon Pacheko tushdi. 

Ikkinchi bo'lim boshlandi. 

Tanaffus!

45+3. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL. Tarixiy gol, ajoyib gol. SHomurodov 11 metrlik nuqtadan adashmadi. Hisob tenglashdi, 1:1

45. To'p oldida SHomurodov. Qani ko'rsat o'zingni!

45. PENALTII. Ana imkoniyat, mana imkoniyat. Gol kerak, gol!

44. Hamralievga nisbatan jarima maydonchasi ichida qo'pollik ishlatilgan. Hakam VARda vaziyatni ko'rmoqda. Penalti, penalti, penalti!

38. ZARBAAA. Jasur Jaloliddinovning zarbasi darvozaga aniq bordi. Ispaniyalik posbon to'pni egallab oldi. Yaxshi zarba. 

37. OGOHLANTIRISH. Mark Pubilga sariq kartochka ko'rsatildi. Juda qulay nuqtada jarima zarbasini ishladik. 

36. OGOHLANTIRISH. Jasur Jaloliddinov sariq kartochka bilan jazolandi. 

33. ZARBAAAA. Fayzullaev to'pni yaxshi tarzda SHomurodovning yo'liga uzatib bergandi. Eldor to'pga ulgurmadi. 

32. Statistika. Aniq zarbalar:1/2

28. GOL. Ispaniya uchrashuvda hisobni ochdi. Ispaniya dastlabki standart vaziyatdan samara chiqara oldi. Mark Pubil jamoadoshi Ruisdan kelib tushgan to'pni golga aylantirdi. 

16. Ispaniya himoyasida sarosima yuz bermoqda. Keskinlik yarata olyapmiz. Gol ham kerak

20. Statistika. To'p nazorati: 40/60

13. UUUUUX. O'zbekiston ketma-ket bosim uyushtirmoqda. Ustunlik bizning tomonda. Golga yaqinmiz. 

12. Abduvohid Nematov raqib futbolchisining jarimadan yo'llagan zarbasini osonlikcha ushlab oldi. 

10. Parij, Parij Olimpiada! Buni faqat his qilish kerak. 

8. Kichik ustunlik O'zbekistonda. Raqib jarima maydonchasi ichida keskinlik yaratishga harakat qilib ko'rdik. 

7. OGOHLANTIRISH. Ispaniya terma jamoasi futbolchis Kubarsi Jasur Jaloliddinovga nisbatan qo'pollik ishlatdi.  

2. O'zbekiston ilk daqiqalardan dadil qadamlar bilan oldinga o'tishga chog'landi. Raqib himoyachilari hozircha yaxshi harakat qilishdi. 

- O'yin boshlandi. Olg'a, O'zbekiston!

- Terma jamoamiz sardori bugun Eldor SHomurodov. 

- Jamoalar maydonga chiqib keldi. Madhiyamiz yangramoqda!

- Parijdagi "Park de Prens" stadioni barchani o'ziga chorlamoqda. Stadionda o'zbekistonlik muxlislar ham etarlichani tashkil qiladi. 

- Assalomu alaykum qadrli futbol ishqibozlari. Tarixiy kun. Tarixiy oqshom. O'zbekiston olimpiya terma jamoasi bugun o'z tarixida ilk bor Olimpiada o'yinlarida maydonga chiqadi. 

Reyting: +40   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика