Paolo Berluskoni: "Yangi xo'jayinlar yaxshi futbolchilar o'rniga 11 nafar o'yinchi sotib olishdi"
21 dek 2017 20:59
Yangiliklar
Paolo Berluskoni: "Yangi xo'jayinlar yaxshi futbolchilar o'rniga 11 nafar o'yinchi sotib olishdi"
"Milan"ning sobiq vice-prezidenti, klub sobiq rahbari Silvio Berluskonining ukasi Paolo Berluskoni o'zi va oilasi uchun jamoaning joriy mavsumdagi ishtirokini ko'rish og'ir ekanligini aytib o'tdi.
"Bizga muxlis sifatida og'ir. Klub sotilganidan keyin mening azoblarim ketadi deb o'ylagan edim. Lekin, hech narsa o'zgarmadi.
Ulkan transfer kompaniyasidan so'ng bizning ochkolarimiz o'tgan yil huddi shu paytdagidan ham kam va jamoa hali raqobatbardoshliligini isbotlagani yo'q.
SHunga qaramay, yangi xo'jayinlarga vaqt kerak. Mening akamni ayblash noto'g'ri, chunki yangi rahbarlar transfer oynasida jiddiy miqdorda mablag' sarflashdi.
Yangi rahbarlar yaxshi futbolchilar o'rniga 11 nafar o'yinchi sotib olishga qaror qilishdi. Vaqt kerak. Bu uzoq yillar davom etgan omadli yillardan keyingi o'tish davri bo'lishi mumkin", - dedi Berluskoni.
Fikrlar