So’nggi yangiliklar

02:55АПЛ. "Манчестер Юнайтед" ўз майдонида "Ньюкасл"ни қийинчилик билан мағлуб қилди  7 01:30Жон Терри Чемпионшип жамоасини бошқариши мумкин  0 00:49"Goal" мавсумнинг биринчи қисми рамзий термасини тузди  1 00:31Саудия Арабистони. "Ал Ҳилол" ғалабага эришди, "Ал Аҳли" мағлуб бўлди  0 00:17Марсело: "Мен Роналдудек бўлмаганман. Доимо ҳаётдан завқ олганман"  4 23:45Пеп Гвардиола: "Барчадан 10 очко олдинда бўлишни истардим"  5 23:22ПСЖ ва Франция термаси собиқ мураббийи вафот этди  0 22:55Расман: Муҳаммадазиз Иброҳимов — "Қизилқум" футболчиси!  1 22:36Жибриль Сиссе: "Аргентина термасини кўра олмаяпман"  3 22:16Расман: Одил Абдумажидов - “Андижон” футболчиси  7 21:49Расман: "Шўртан" "Арал" посбонини ўз таркибига қўшиб олди  1 21:35Генрих Мхитарян финалда ПСЖдан учралган мағлубият ҳақида Киву нима деганини айтди?  0 21:08Расман: "Шўртан" Шайкуловни сафига қўшиб олди  1 20:53Рубен Аморим: "У МЮнинг келажаги"  0 20:37Давид Луис Конте ҳақида: "У билан доим жанжаллашардик"  0

O'zPFL final o'yiniga mezbonlik qilgan Buxoro ahliga minnatdorchilik bildirdi Yangiliklar

O'zPFL final o'yiniga mezbonlik qilgan Buxoro ahliga minnatdorchilik bildirdi

SHu yilning 11 aprel kuni Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov hamda O'zPFL rahbari Diyor Imomxo'jaev uchrashib, Buxoro shahri stadioni, u bilan bog'liq masalalar, "Buxoro" futbol klubida yuzaga kelgan katta qarzdorlik va buning sabablari, oqibatlari yuzasidan suhbatlashgandi.

"Suhbat davomida Buxoroning O'zbekiston Coca Cola Kubogi final uchrashuviga mezbonlik qilishi va unga tayyorgarlik masalasida ham gap bordi. 

SHundan keyin 29 aprel kuni 878 kunlik tanaffusdan so'ng Buxorodagi markaziy stadion yana muxlislarni qabul qildi. "UzReport" orqali jonli namoyish qilingan bellashuvdan so'ng maydon chimiga jamoatchilik tomonidan ijobiy baho berildi. 30 oktyabr kuni o'tkazilgan Kubokning hal qiluvchi o'yinida ham maydon chimi ideal holatda edi.  

11 aprel kuni O'zPFL vakillari Buxoro neftni qayta ishlash zavodi rahbari Akbar Fozilov bilan ham uchrashuv o'tkazgandi. Iyul oyiga qadar "Buxoro" o'sha vaqtgacha malum bo'lgan qarzlarni yopishga erishdi. Bir nafardan tojikistonlik va turkmanistonlik futbolchi, ikki nafar tojikistonlik mutaxassis, o'nga yaqin mahalliy futbolchi bilan hisob-kitob qilinishi natijasida FIFA klubga qo'yilgan transfer taqiqini olib tashladi.

O'zbekiston Professional futbol ligasi oktyabr oyi davomida to'liq Buxoro shahridagi stadionni final uchrashuviga tayyorlash ustida ishladi. Jamoalar va hakamlar kiyim almashtirish xonalaridagi sharoitlar, texnik zonalar, zaxira o'rindiqlari, reklama shitlari, sektorlar ko'rsatkichlari, matbuot anjumani zali, tablo, media tribuna, projektor yaxshilandi. Endilikda Buxorodagi stadion Superliga uchrashuvlarini qabul qilishga to'la tayyor. 

Katta hajmdagi ishni bajarish davomida Buxoro viloyati rahbariyati yaqindan yordam berdi. Biz hamkorlikda Kubok finalini yuqori saviyada o'tkazishga erisha oldik. Buning uchun Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripovga alohida minnatdorchilik bildiramiz. SHuningdek, tig'iz grafikka qaramay, biz bilan yonma-yon turgan Buxoro shahar hokimi Jamol Nosirov, viloyat hokimi o'rinbosari Mirali Hamroev, stadion rahbari Alibek Sodiqov xizmatlarini alohida takidlash kerak. Buxoro viloyat futbol associaciyasi vice-prezidenti Farrux Hamroev va uning ahil jamoasi esa bir oy davomida O'zPFL oilasi sifatida mehnat qildi.

O'zPFL oilasining Buxorogi safari ko'ngildagidek yakun topganidan juda mamnunmiz. Buning uchun ahil va bag'rikeng har bir buxorolik vatandoshimizga rahmat aytamiz", – deyiladi xabarda.

Eslatib o'tamiz, hal qiluvchi bellashuvda "Nasaf" "Navbahor"ni yutib, OCHL yo'llanmasigi qo'lga kiritdi.

Reyting: +33   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика