So’nggi yangiliklar

15:40Тошкент футболи — 100 ёшда  0 15:18МЮ истеъдоди атрофида ажиотаж: 12 та клуб у учун саф тортди  1 14:50Гвардиола "Манчестер Сити" ҳимоячисини мақтади  1 14:22Ла Лигада навбатдаги истеъфо  0 13:53Ван Дейк Салоҳ билан суҳбати ҳақида гапирди  2 13:24"Эмери эффекти": "Астон Вилла" клуб рекордини ўрнатди  9 12:56Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади  14 12:28Мадрид клуби "Манчестер Юнайтед" ҳимоячисини кузатмоқда  2 11:57Ўзбекистоннинг икки гранди МТЖ аъзосига қизиқмоқда  16 11:31Водий клуби "Нефтчи" легионерига кўз тикди  4 10:44Педри Мессининг 15 йил аввал ўрнатган рекордини янгилади  2 10:16"Ливерпуль" собиқ устози Саудия клубини бошқаришга розилик берди  2 09:48Пеп Гвардиола Алекс Фергюсоннинг Премер-лигадаги рекордини янгилади  3 09:20"Реал Мадрид" саккиз нафар футболчисини сотишга тайёр - DC  3 08:53Нури Шаҳин кечаги ғалабадан сўнг ўз фикрларини билдириб ўтди  4

O'zPFL delegaciyasi AQSHda MLS tajribasini o'rganmoqda Yangiliklar

O'zPFL delegaciyasi AQSHda MLS tajribasini o'rganmoqda

Superligada yuzaga kelgan tanaffusdan foydalangan holda, Liga mutaxassislari tajriba almashish maqsadida MLS bosh qarorgohida bo'ldi.

Nyu-York MLS va O'zPFL vakillari uchrashuvi bo'lib o'tdi

Sir emaski, har ikki tashkilot mutaxassislari har yili Jahon ligalari associaciyasining yillik kongressida birgalikda ishtirok etadi.

1996 yilda tashkil topgan MLS o'zining 30 yillik tarixida katta yo'lni bosib o'tishga erishdi. Bugunga kelib MLS teletranslyaciya huquqlari, marketing, futbolchilar bilan shartnomaviy munosabatlar kabi masalalarda ulkan muvaffaqiyatlarga erishib kelmoqda. Mazkur jarayonlar va bu yo'lda bosib o'tilgan qadamlar O'zPFL uchun katta maktab vazifasini o'tay oladi. Shunday ekan, MLS bilan o'zaro tajriba almashish O'zPFL uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

AQSH safariga Liga rahbari Diyor Imomxo'jaev boshchiligida Musobaqalarni o'tkazish, Marketing, Xalqaro aloqalar hamda Media bo'limi boshliqlari, shuningdek, O'zbekiston futbolchilar uyushmasi raisi hamda bir vaqtning o'zida Liga Ijroiya qo'mitasi azosi hisoblangan Kamoliddin Murzoev yo'l oldi. Ishchi guruh azolarini MLS'ning musobaqalar masalalari bo'yicha ijrochi vice-prezidenti Nelson Rodriges kutib oldi va u tashkilot mutaxassislari bilan o'tkazilgan barcha uchrashuvlarda bevosita ishtirok etdi.

Liga taklifidan kelib chiqqan holda, MLS quyidagi mavzularning har bir bo'yicha alohida taqdimotlar tayyorlagan bo'lib, ular shu yo'nalishlar uchun javobgar bo'lgan asosiy koordinatorlar tomonidan maruza qilindi:

Intellektual mulk va tijoriy huquqlar — Shinenn Fizerston (Biznes masalalari konsuli), Jordan Franklin (Yordamchi konsul)

Musobaqalar o'tkazish masalalari — Pol Greyfer (Musobaqalar o'tkazish bo'limi bosh mutaxassisi)

MLS Next va MLS Next Pro dasturlari — Gordon Bengston (MLS Next dasturi koordinatori)

Futbolchilar shartnomalarini boshqarish —  Kristina LaBri (Shartnomalar bo'limi oficeri)

Translyaciyalar va media — Yohanna Roxas (Translyaciya masalalari koordinatori).

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика