So’nggi yangiliklar

00:45Италия Суперкубоги Саудия Арабистонида ўтказилади. Тақвим маълум  0 00:15Уэйн Руни Англия терма жамоасининг энг яхши ўйинчиси кимлигини айтди  1 23:28Ўзбекистон терма жамоаси Эронга қарши ўйинга тайёргарлик кўрмоқда. Элдор Шомуродов билан кичик интервью  0 22:46Андрес Иньеста 2010 йилги "Олтин тўп" ҳақида гапирди  9 22:05Ҳарри Магуайр бир неча ҳафтага сафдан чиқди  0 21:29Серхио Агуэро "Барселона"ни судга берди  6 21:03Асрор Алиқулов: "Қўқон-1912"га қарши дуранг унчалик ҳам ёмон натижа эмас"  1 20:38Шомуродов, Ўрунов, Юсупов, Файзуллаев ва Ҳусанов ҳам машғулотларга киришди ГАЛЕРЕЯ  29 20:11Мбаппе – "Реал"нинг сентябрдаги энг яхши футболчиси  3 19:33Гравенберх: "Слот ўз кучимга ишонишимга ёрдам бермоқда"  0 19:03Элдор Шомуродов: "Эронга қарши ўйин, Қирғизистонга қарши баҳсдан осонроқ бўлади"  29 18:31ПРО-Лига. "Қўқон-1912"га қарши баҳсда "Машъал" сўнгги дақиқаларда мағлубиятдан қутулиб қолди  8 17:53Эдер Милитао яна жароҳат олди  4 17:24"Барселона" эътиборини "Лилль" ҳимоячисига қаратди  3 16:53Артета Кай Хаверцнинг сирини ошкор қилди  2

O'zimiz pishirayotgan osh Yangiliklar

O'zimiz pishirayotgan osh

Bugun Superligada 9-turning eng muhim bahsi bo'lib o'tadi.

Hashamatli "Bunyodkor" stadionida "Lokomotiv" "Paxtakor"ni qabul qiladi. Bemalol aytish mumkin, bu o'yin turning eng muhim bahsi bo'ladi.

Bu jamoalar o'zaro to'qnash kelganda turnir jadvaliga ko'p ham qaralmaydi, o'yinning ahamiyati shundoq ham yuqori bo'ladi. Soat 20:00da boshlanadigan bellashuvga nihoyatda kam vaqt qolayotgan bir paytda meni qaysidir jamoada imkoniyat ko'pligidan ko'ra mazkur uchrashuvga nima sababdan Viktor Serazetdinov qo'yilgani ko'proq o'ylantiryapti.

Sir emas, oxirgi paytlarda hakamlar mavzusi yana birinchi planga chiqib qoldi. Bazi o'yinlardan keyin hakamlarni Superligadan chetlatish ham kuzatildi. Valentin Kovalenko ("Lokomotiv" - "Qo'qon-1912"), Vadim Agishev ("Paxtakor" - "Qizilqum"), Ilgiz Tantashev ("Nasaf" - "Lokomotiv") kabi hakamlarga jazo choralari ko'rilganidan xabaringiz bor.

Etibor bersak, hakamlar ko'pincha "Paxtakor" yo "Lokomotiv" ishtirokidagi bahslardan so'ng chetlatilyapti. Hakamlar qo'mitasi ham buni yaxshi bilib turibdi, ammo xuddi atayin qilgandek markaziy o'yinlarga tajribasi kamroq hakamlar qo'yilayotgani g'alati. Masalan, o'tgan turda bo'lib o'tgan "Bunyodkor" - "Lokomotiv" o'yiniga yaqinda HAKAM sifatida oliy ligaga kirib kelgan Ahrol Risqullaev qo'yildi.

"Bunyodkor" avvalgi turda "Navbahor" mehmoni bo'lib 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bu o'yinni boshqargan Ravshan Ermatovning oxirgi daqiqalarda asosan bir jamoa foydasiga qarorlar chiqargani g'alati. Ermatov o'yinni yaxshi boshqardi, lekin "Navbahor" to ikkinchi golni urmaguncha o'yinni to'xtatmaydigandek tuyuldi nimagadir. Natijada o'yindan keyin Mirjalol Qosimov bu maydonda hatto Braziliya ham qiynalsa kerak deya kesatib gapirdi.

Ammo Qosimov Ermatov haqida hech narsa demadi, axir bundan nima foyda? Hakamlarni gapirish mumkin emas, aks holda jarimaga tortilasiz. Xullas u bo'ldi - bu bo'ldi, "Bunyodkor" oxirgi ikki o'yinni boy berdi. Albatta, mag'lubiyat sabablari avvalo jamoa o'yinidan axtarilishi shart, biroq hakamlar faktori ham katta rol o'ynashini unutmaylik.

Xullas, o'zimiz pishirayotgan osh: hakamlar ham, futbolchilar ham, jamoalar ham o'zimizniki. O'yinga tayinlayotganlar ham o'zimizdan, o'yindan keyin chetlatayotganlar ham o'zimizdan. Superligadan Pro liga va ayollar futboliga ravona bo'layotganlar ham o'zimizniki.  

Hakamlar qo'mitasi nima qilyapti? O'yinlarga hakamlarni qo'yyapti, kimdir xato qilsa chetlatyapti. Ayniqsa, "Lokomotiv" - "Qo'qon-1912" o'yinidagi voqealarni bir eslang-a. Hali o'yin yakuniga etar etmas, PFL saytida Kovalenkoning chetlatilgani chiqib turibdi. Tartib-intizom qo'mitasi deymizmi, Ijroqo'mmi - odamlar qachon yig'ilib qachon qaror chiqarishga ulgurdi bilmaymiz, bilganimiz shu - hakamlar darrov chetlatilyapti.

Bugungi derbini boshqaradigan Viktor Serazetdinov haqida nima deyishimiz mumkin? Bu hakam anchadan beri oliy liga o'yinlarini boshqarib kelyapti. Orada bir chetlatilib ko'rinmay ham qolgandi. Keyin qayta imtihon topshirib yana qaytdi. Serazetdinov bu yil Superligada hozircha beshta o'yinni boshqardi:

"Metallurg" - "Navbahor" 0:0
"Nasaf" - "Buxoro" 3:1
"Qizilqum" - "Bunyodkor" 0:1
"So'g'diyona" - "Navbahor" 3:2
"Neftchi" - "Metallurg" 0:0

Ko'rib turganingizdek, Serazetdinov uchun eng jiddiy o'yin bugun bo'ladi. Umuman olganda, bu hakam "Lokomotiv" va "Paxtakor" o'rtasidagi o'yinlarni faqat bir marta boshqargan ekan. 2008 yil "Paxtakor" stadionida kechgan bahsda maydon egalari 1:0 hisobida g'alaba qozongan.

O'ylaymizki, ikkala jamoa ham bugungi o'yinga tayyor va "Bunyodkor" stadionida chiroyli bahs guvohi bo'lamiz. SHu o'rinda yana bir narsani xohlardik, etiborimiz faqat futbolchilarda bo'lsa-yu, o'yindan keyin hakamlik haqida gapirmasak. Serazetdinov katta o'yinga tayyormi? Bir narsa deyish qiyin, lekin buni bahs davomida bilib olamiz. Agar men bilgan Serazetdinov haliyam bor bo'lsa, u hech bir jamoaga yon bosmaydi.

Darvoqe, bugun Serazetdinovga qanotlarda Andrey Capenko bilan Timur Gaynulin ko'mak berishadi. Xullas hakamlarga insof tilagan holda futbolchilardan chinakam Toshkent derbisini kutib qolamiz.

X.Xoliqov.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика