O'zil Ramosning "Real"dan ketishiga izoh bildirdi
17 iyu 2021 14:52
Yangiliklar
O'zil Ramosning "Real"dan ketishiga izoh bildirdi
Hozirda "Fenerbaxche"da o'ynayotgan "Real" sobiq futbolchisi Mesut O'zil Serxio Ramosning "qirollik klubi"dan ketishiga izoh bildirdi.
"Afsona klubni tark etmoqda. Faoliyatingni keyingi bosqichida barcha yaxshi tilaklarni tilayman. Men hali ham "Real"da birga o'tkazgan vaqtimizni qattiq hayajon bilan eslayman", - deb yozdi futbolchi tvitter sahifasida.
Eslatib o'tamiz, Ramos shartnomasi yakunlanishi sabab ispan grandidan ketadi. U 2005 yildan beri klubda o'ynayotgandi.
Serxioning faoliyatini davom ettirish variantlari orasida PSJ va Manchester klublari bor.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar