So’nggi yangiliklar

14:35Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мағлубиятга учради  2 14:18Жоан Лапорта: "Месси эндиликда “Барселона”га футболчи сифатида қайтмайди"  1 13:21"Реал" Эндрикни қўйиб юборишга рози бўлди  1 12:59Рубен Диаш: “Ман Сити”да янги ўйинчилар пайдо бўлди, лекин сифат ўзгармаган"  1 12:17Уэйн Руни: “МЮнинг ўтган ёзгача бўлган трансфер сиёсати даҳшатли эди"  1 11:53Ўзбекистон U-23 терма жамоаси асосий таркиби эълон қилинди  5 11:37Рауль Кумар: "Қатарга узоққа бориш мақсадида ташриф буюрганмиз ва биздан шуни кутишмоқда"  5 11:10Хорватия U-17 бош мураббийи: "Ҳеч қандай рақибдан қўрқмаймиз"  20 10:52"Ливерпуль" Салоҳга ўринбосар топди  1 10:24АПЛ клуби Родриго трансфери бўйича "Реал" билан музокараларни бошлади  0 09:56Дешам ЖЧ-2026дан кейин қайси клубни бошқариши мумкинлиги маълум бўлди  1 09:28"Ливерпуль" январда ПСЖ етакчиси учун 130 миллион евро тўлаши мумкин  4 08:59Месси: "Мен бутун умримни "Барса"да ўйнаб ўтказаман, деб ўйлагандим"  5 08:31"Челси" "Реал" тарбияланувчисини сотиб олмоқчи  3 08:03Ўзбекистон Хорватия баҳсининг бошланиш вақти маълум  27

O'rtoqlik uchrashuvi. O'zbekiston - Janubiy Sudan 3:0 Yangiliklar

O'rtoqlik uchrashuvi. O'zbekiston - Janubiy Sudan 3:0

Dubayda O'zbekiston va Janubiy Sudan o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvi bo'lib o'tdi.

 


O'zbekiston - Janubiy Sudan 3:0

Bosh hakam: Sulton Solih (BAA).

Gol: Eldor SHomurodov 6, - 1:0. Eldor SHomurodov 29, - 2:0 (Javohir Sidiqov). Jaloliddin Masharipov 67 penalti, - 3:0.

O'zbekiston: 16.Valijon Rahimov, 9.Dilshod Saitov (3.Hojiakbar Alijonov, 81), 15.Umar Eshmurodov, 2.Islom Qobilov, 18.SHerzod Nasrullaev, 20.Akmal Mozgovoy (17.Sardor Sobirxo'jaev, 57), 7.Otabek SHukurov, 22.Javohir Sidiqov (6.Aziz G'aniev, 46), 23.Hojimat Erkinov (21.SHahboz Umarov, 57), 10.Jaloliddin Masharipov (8.Oybek Bozorov, 72), 14.Eldor SHomurodov (11.SHerzod Temirov, 72). 





MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH


90+3. Uchrashuv yakunlandi. O'zbekiston - Janubiy Sudan 3:0

90. ZARBAAA! CHap qanotdan Bozorov to'p uzatdi, Temirovning zarbasi ancha noaniq ketdi!

87. Uchrashuv sokin davom etmoqda

81. O'zgarish. Saitov o'rniga Alijonov tushdi

80. Vakillarimiz jarima to'pini amalga oshirishdi, ammo himoyachilar to'pni qaytarishdi

72. O'zgarishlar. SHomurodov va Masharipov o'rniga Temirov va Bozorov

67. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Jaloliddin Masharipov panenka uslubida gol urdi - 3:0. GOLNI KO'RISH

67. PENALTI! Umarovning zarbasidan keyin to'p himoyachining qo'liga tekkani uchun.

58. ZARBA! Aziz G'anievning jarimadan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi

57. O'zgarishlar. Mozgovoy va Erkinov o'rniga Sobirxo'jaev va Umarov tushdi

51. ZARBA! Masharipov jarima to'pini amalga oshirdi, noaniq!

46. Ikkinchi taym boshlandi

46. O'zgarish. Sidiqov o'rniga G'aniev tushdi


45+1. Birinchi taym yakunlandi, hozircha 2:0. 

40. ZARBA! Masharipovning zarbasi noaniq ketdi!

38. ZARBAAAA! CHap tomondan Nasrullaevning ajoyib to'p uzatishidan keyin Mozgovoy noaniq zarba berdi!

34. ZARBA! Valijon Rahimov to'pni qaytardi!

33. Janubiy Sudan futbolchilari asosan qarshi hujumda o'ynashmoqda,

29. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Eldor SHomurodov Sidiqovning to'p uzatishidan keyin, birga bir vaziyatga chiqib gol urdi - 2:0. GOLNI KO'RISH

21. UXXX! NImalar bo'lmoqda! Valijon Rahimov to'pni tepishda xato qildi va raqib to'pni egallab oldi! Yaxshiyam raqib noaniq zarba berdi! 

18. ZARBAAA! Nasrullaevning chap tomondagi faolligidan keyin Sidiqov zarba berdi, darvozabon o'z o'rnida!

16. Xavfli vaziyat! Raqiblar birga bir vaziyatga chiqib ketishdi, darvozaga yo'llangan zarbadan keyin Saitov to'pni qaytardi! 

15. Masharipov burchak to'pini amalga oshirdi, himoyachilar to'pni qaytardi

Uchrashuvdagi barcha gollarni telegramdagi kanalimiz orqali tomosha qilish mumkin. VIDEONI KO'RISH

10. ZARBAAA! Masharipovning jarimadan yo'llagan zarbasidan keyin to'p darvoza ustuniga tegib qaytdi! 

6. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Eldor SHomurodov! Nasrullaevning chap tomondan yo'llagan kuchli zarbasidan keyin darvozabon to'pni qaytardi, qaytgan to'pni SHomurodov darvozaga orqa turib, tovoni bilan gol urdi - 1:0. 

3. Afrikaliklar burchak to'pini amalga oshirishdi, biznikilar qarshi hujumga o'tishdi. Masharipovning uzatmasidan keyin Sidiqov to'pni sheriklariga uzatdi, Erkinov eta olmadi.

1. O'yin boshlandi! 

- Uchrashuv soat 18:00da boshlanadi.

Reyting: -44   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика