So’nggi yangiliklar

14:28U-17 ЖЧ. Ўзбекистоннинг Ирландияга мағлубиятган учраган ўйинидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 14:02"Қизилқум" — "Андижон". Таркиблар маълум  1 13:32Про лига. "Арал" — "Локомотив" ва "Олимпик Mobiuz" — "Жайхун" ўйини учун таркиблар маълум  2 13:05"Машъал" 17 йилдан кейин Қаршида "Насаф"дан 3 очко тортиб олди  7 12:43"Динамо" 11 йилдан сўнг Тошкентда "Бунёдкор"ни мағлуб этди  0 12:15"Челси" "Ювентус" ҳужумчисини нишонга олди  2 12:07Ратиньо кейинги мавсум учун режаси ва йил давомида энг ноқулай бўлган футболчи кимлигини айтди  3 11:50"Пахтакор" "Қўқон-1912"ни мағлуб эта олмаган учрашувдан ФОТОГАЛEРEЯ  2 11:28Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди  63 11:05"Насаф" катта устунликка эга бўлиб, "Машъал"га мағлуб бўлган учрашувдан ФОТОГАЛEРEЯ  3 10:41Эрлинг Холанд офсайдлар ҳақида фикр билдирди  6 10:12Антуан Гризманн Лионель Мессининг Ла Лигадаги рекордини янгилади  0 09:43Роналду кечаги ғалабадан сўнг қисқа фикр билдирди  17 09:20Суперлига. "Насаф" – "Машъал" 1:2  5 09:15Sofascore. Ўсмирлар терма жамоамизнинг биринчи тур қаҳрамони энг паст баҳога лойиқ кўрилди  3

O'zbekistonning 25 ta klubi OFK licenziyalash jarayonida ishtirok etmoqda. Bu – rekord Yangiliklar

O'zbekistonning 25 ta klubi OFK licenziyalash jarayonida ishtirok etmoqda. Bu – rekord

OFK nazorati ostida o'tkaziladigan klublarni licenziyalash jarayoni o'zining hal qiluvchi bosqichiga kirdi.

Bilasizki, futbol klubi 5 ta mezon bo'yicha zarur hujjatlarni AFC CLAS platformasiga yuklaydi. Osiyo klublari musobaqalari kuz-bahorga o'zgargach, licenziyalash muddatlari ham tabiiy ravishda o'zgardi. Klublarimiz yanvar, fevral va mart oylarida sport, infratuzilma, ishchi-xodim, huquqiy mezon bo'yicha hujjatlar to'plamini taqdim etdi. Oldinda faqat moliyaviy mezon sifatida auditorlik hisobotlari va buxgalterlik hujjatlarini topshirish qolmoqda.

Liga say-harakatlari evaziga bu yil qator ko'rsatkichlarga erishildi. Jumladan:

- O'zbekistonning 25 ta klubi OFK licenziyalash jarayonida ishtirok etmoqda, bu biz uchun rekord ko'rsatkich;

- faqatgina Yaponiya va O'zbekiston uchta divizion klublarini licenziyalashga jalb qilgan.

- 2020 yil Liga ilk marta Pro liga qatnashchilarini licenziyalash jarayoniga qo'shgandi, bu yildan boshlab ilk bora Birinchi liga klublari ham unda ishtirok etadi: “Do'stlik Toshkent”, “Yangier”, “Zomin”.

Uzoq yillar davomida o'zbek klublari uchun jiddiy muammo bo'lib kelgan jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiylar diplomi masalasida yaxshi o'zgarishlar bor. Liga 2020 yildan boshlab muntazam ravishda Fitness murabbiylik o'quv kurslari tashkil etishga chaqirib keldi va 2022 yilda o'zbekistonlik jismoniy tayyorgarlik murabbiylari uchun AFC Fitness Level o'quv kurslari tashkil qilindi. Endi aksar klublarimizda tegishli mutaxassislik licenziyalari mavjud murabbiylar bor.

Malumot uchun, iyun oyi so'ngida OFK licenziyasiga ega chiqqan klublar nomi rasman malum bo'ladi.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика