So’nggi yangiliklar

13:02"Ливерпуль" "Кристал Пэлас" етакчисини сотиб олмоқчи  0 12:39"Барселона" Фатини қандай ҳолатда ижарага бериши аниқ бўлди  0 12:12Ўзбекистонда кимга "Олтин тўп" топширилди?   4 11:51Ўзбекистон U-15 терма жамоаси финалда Туркияга пенальтилар сериясига кўра мағлуб бўлди  0 11:25Левандовски "Барселона" билан шартномасини узайтириш учун нима қилиши кераклиги маълум  1 10:52Sofascore. Кечаги учрашувда Аббосбек Файзуллаевнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 10:17ФИФА президенти Жаҳон чемпионати мезбонлиги учун Ўзбекистонга миннатдорчилик билдирди  0 09:44Черан хет-трик қилиб, "Пахтакор"га ғалаба келтирган учрашувдан ГАЛEРEЯ  2 09:10"Реал" ва ПСЖ собиқ ҳужумчиси Малайзия клубига ўтди  0 08:36Sofascore. Ҳусанов кечаги учрашувда ҳимоячилар орасида энг катта баҳога лойиқ кўрилди  6 08:00Энг зўрлари аниқланган, Бразилия олтинчи марта кубогни кўтарган ЖЧ тақдирлаш маросимидан ГАЛEРEЯ  0 07:29ЖЧ-2026 саралаш. Эрон терма жамоасининг Тошкентга келадиган таркиби маълум  34 02:03Ла Лига. "Атлетико" "Реал Сосьедад"га қарши ўйинда 84-дақиқада гол ўтказиб, ғалабани қўлдан бой берди  2 02:00А Серия. "Фиорентина" 3та пенальти голга айланмаган ўйинда "Милан"ни мағлуб этди, ҳакам 2та қизил карточка кўрсатди, Де Хеа эса учрашув қаҳрамонига айланди!  8 01:55Лига 1. ПСЖ меҳмонда "Ницца"ни ютолмади  0

O'zbekistonni jahon chempionatiga olib borishni xohlayotgan bo'lajak murabbiy Yangiliklar

O'zbekistonni jahon chempionatiga olib borishni xohlayotgan bo'lajak murabbiy

Saytimiz o'quvchilari saytda faoliyat olib borayotgan jurnalistlarning ko'pchiligini biladi desak mubolag'a bo'lmaydi.

Quyida hozircha jurnalist, biroq kelajakda murabbiy bo'lishni astoydil xohlayotgan saytimizning eng ilg'or xodimlaridan biri haqida fikr yuritmoqchiman.

Bu yigitni ko'pchilik biladi, men uchun xuddi ukamdek bo'lib qolgan. Ish yuzasidan u nafaqat men, balki ofisdagi hamma bilan tortishaveradi, hech bir gapdan qolmaydi, siz haqsiz - men sizga tan berdim deganini aslo eshitgan emasman, doim o'zinikini maqullaydi. Birovga yoshing katta, birovga yoshing kichik demaydi, bitta gapda turib oldimi, tamom oxirigicha o'sha fikrda qoladi. 

Uning o'ziga xos yo'nalishi bor. Eng ko'p "Nasaf" va O'zbekiston milliy terma jamoasi haqida qalam tebratishni yoqtiradi. "Bavariya"ning O'zbekistondagi #1 fanati. Tushidayam nuqul Noyer, Myuller, Robben deb alahsirab chiqadi. Oxirgi paytlarda "Paxtakor" haqida ham bot-bot maqola yozadigan bo'lib qolgan. "Nasaf"dan "Paxtakor"ga o'tganlarga mehri bo'lakcha. 

Italiyada futbolchi bo'la olmaganlar oxir-oqibat jurnalist bo'lib etishar ekan. Bu yigitni ko'rib, bizda ham shundaymikin deb o'ylanib qolaman. CHunki u ham o'z paytida futbol o'ynagan-da. Yoshligida koptokning orqasidan qolmay, Qarshi ko'chalarini changitib yurgan. Keyin uni murabbiylardan biri payqab qoladi va o'z jamoasiga taklif etadi. Taklifdan boshi osmonga etgan g'ami yo'q bolakay shu zahoti chorlovni qabul qilib, hatto maktabni ham esdan chiqarib yuboradi va ertasi kundan futbol mashg'ulotlariga qatnaydi.

Tez orada u o'z jamoasining eng etakchi o'yinchilaridan biriga aylanadi. Bolalikda hujumda to'p tepgan emasmi, raqib darvozasiga gollarni qatorlashtirib tashlagani uchun "nayza" laqabini orttirib oladi. CHunki uning tepgani gol bo'lardi. Qaramay tepsa ham to'p darvoza to'rida deyavering. Murabbiyi ham ikki-uchta o'yindan keyin uni ismi bilan chaqirmay qo'yadi, "nayza" hujumga desa bo'ldi, shu gapning o'zi etarli edi, maydonga tushardi-yu, gol urishni boshlab yuborardi. 

Ammo futbolda jarohat degan bir "kemiruvchi" bor ekan, mana shu narsa qahramonimizni futbolni ancha erta tugatishiga majbur qiladi. "Nayza" kerak bo'lsa "Nasaf" bilan shartnoma tuzgan, hatto o'zining aytishicha, bir kuni Norqul Daminov o'z xonasiga chaqirib qo'liga shartnoma tutqazgan emish. Eshitishimcha, o'shanda mo'maygina pul yozilgan shartnoma imzolangan ham ekan. Lekin palakat qurg'ur jarohat hammasiga nuqta qo'yadi. 

SHunda bo'lajak yulduz futbolni tashlashga majbur bo'ladi va o'zini futbol jurnalistikasida sinab ko'rishga qaror qiladi. Oyog'im to'p tepa olmasa ham qo'lim bilan futbol maydonini zabt etaman deb ahd qiladi. Lekin ishni nimadan boshlashni bilmay qo'lida qog'oz-qalam bilan tentirab yurgan bir paytda bo'lajak ustozi Aziz Nuriy bilan tanishadi. Aziz Nuriy Qashqadaryoning eng obro'li sport jurnalistlaridan biri emasmi, barcha uni birdek hurmat hurmat qilardi. O'z vaqtida "Qashqadaryo" va "Futbol favorit" gazetalarida o'tkir maqolalari bilan dong taratgan, o'zi eshitmasin-u, kerak bo'lsa ko'plab murabbiylarning po'stagini qoqqan. 

Aziz Nuriy shu bolayam bekor yurmasin deb o'z yoniga shogirdlikka oladi. Sekin-asta ish o'rgatadi. Aziz "Nasaf"ga o'tgach, sergap shogirdini ham birga ishlashga chaqiradi. "Aka, men maydonda "nayza" edim, endi o'z qalamim bilan "nayza" bo'laman, mana ko'rasiz", - deydi-yu shartta ustozining taklifiga labbay deb "Nasaf"ga boradi. Lekin "Nasaf"da biroz ishlagach, negadir zerika boshlaydi, Qarshi menga kichiklik qilyapti, yozayotgan narsalarim hammaga etib bormayapti, deb o'ylaydi chog'i oradan ko'p o'tmay qaydasan Toshkent deb poytaxtga otlanadi. 

Taqdir taqozosi bilan yosh qahramonimiz men bilan tanishib qoladi. Men uni topganmidim, yo u menimi, to'g'risi hozir aniq esimda yo'q. Lekin bilganim shuki, o'shanda "FutGOL" gazetasida ishlardim, u esa maqolalari bilan shaxdam qadam tashlab redakciyaga kirib kelgandi. Afsus, gazetaning "umri" qisqa ekan, nimadir bo'ldi-yu yopilib ketdi. SHu bilan men o'z yo'limga, shogird o'z yo'liga ketdi. 

Tog' tog' bilan uchrashmaydi, lekin odam odam bilan uchrashadi degan gap bejiz emas ekan. Keyinchalik u bilan yo'llarimiz mana shu saytda kesishdi. Va hozirgacha birga ishlab kelyapmiz. Yaqinda shogirdim sekin meni yoniga imlab, hech kimga aytmay yurgan sirini ochdi: "Aka, jurnalistika men uchun vaqtincha, aslida murabbiy bo'lmoqchiman, O'zbekistonni jahon chempionatiga olib borishni xohlayman. Hali ko'rasiz, mendan zo'r murabbiy chiqadi. Matbuot anjumanlarida har bir aytadigan gapim iqtibosga aylanadi".

Men nimayam derdim, omadini bersin. Axir bu dunyoda hammamiz orzu bilan yashaymiz. Mayli, niyati murabbiy bo'lish ekan, bo'lsin - kim qarshilik qiladi? Necha yillardan beri amalga oshmayotgan xalqimizning ulkan orzusini haqiqatga aylantirish payida eng shimarib ishlamoqchi ekan, men faqat yo'ling ochiq bo'lsin deb qolaman. Axir yaxshi niyatli insonlarni qo'llab-quvvatlashimiz, ularga madad bo'lishimiz kerak-ku. 

O'ylaymanki, agar astoydil harakat qilsa undan murabbiy chiqadi. Boshida "S" licenziyasiga o'qishni boshlab olsa bo'lgani, uyog'i birin-ketin ulanib ketaveradi. Keyin "V", undan keyin "A" va oxirida qarabsizki "Pro" ham cho'ntakda. Ish bo'lsa serob, O'zbekistonda nima ko'p - futbol jamoalari ko'p. Birorta klubda ishni boshlab olsa, keyin terma jamoaga ham navbat etib kelar. Yaratgan egam ol qulim desa qarabsizki, jahon chempionatiga ham chiqib turibmiz-da. Ana undan keyin bayramni ko'ravering. 

P.S. Odatda ko'pchilik ustozlar haqida qog'oz qoralashni maqul ko'radi, lekin nimagadir men bugun teskari yo'ldan borib niyatlari osmon shogird haqida yozishni lozim topdim.

Reyting: +36   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика