So’nggi yangiliklar

01:46Бундеслига. Тен Хагсиз қолган "Байер" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  0 01:01Саудия Арабистони. "Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да дуранг  1 00:33ФИФА 2026 йилдан ўз тақвимида ўзгартиришлар киритади  0 00:15"Милан" учун Аллегри қайси жамоаларни бошқаришни рад қилгани маълум қилинди  1 23:51"Манчестер Сити" Льюис билан шартномани узайтирди  2 23:40Суперлига. "Сўғдиёна" — ОКМК 4:1  0 23:31Антонио Рюдигер 3 ойга сафдан чиқди  4 23:08Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди  0 22:51"Бешиктош" Жотани таркибига қўшиб олди  0 22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  3 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  9 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  8 21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  36 21:13Тарихда шу кун. Қосимов "Ливерпуль"ни доғда қолдирганига 30 йил бўлди  5 20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0

O'zbekistonlik hakamlar Suzuki Cup bahslarida ishlaydilar Yangiliklar

O'zbekistonlik hakamlar Suzuki Cup bahslarida ishlaydilar

O'zbekistonlik FIFA referisi Valentin Kovalenko shu yilning 22 noyabr kuni Singapurda start oladigan Suzuki Cup bahslariga taklif etildi.
ASEAN mintaqasining jami 8ta terma jamoasi ishtirok etadigan mazkur turnirda Kovalenko brigadasi ikkita o'yindan iborat final uchrashuvinining ilk o'yinini boshqaradi. Finalning ilk o'yini 17 dekabr kuni bo'lib o'tsa, javob bahsi 20 dekabr kuni o'tkaziladi. Ilk o'yinda Kovalenkoga qanotlarda Mamur Saidqosimov hamda Jahongir Saidovlar yordam berishadi. O'zbekistonlik yana bir FIFA referisi Vladislav Ceytlin esa uchrashuvda zaxira hakami sifatida ishlaydi.

Takidlash joiz, Suzuki Cup turnirining guruh o'yinlarida o'zbekistonlik yana bir FIFA referisi - Ilgiz Tantashev ham hakamlik qiladi. Tantanshev musobaqaning guruh bosqichi o'yinlarida o'z yordamchisi Ruslan Serazetdinov bilan uchrashuvlarni boshqaradi.

Malumot o'rnida, Suzuki Cup turnirida bu yil jami 8ta terma jamoa ikki guruhga bo'lingan holda ishtirok etadilar. Ayni damda mazkur musobaqada ishtirok etuvchi 6ta terma jamoaning nomi malum - Vetnam, Filippin, Indoneziya, Singapur, Malayziya va Tailand terma jamoalari. Yana ikkita terma jamoa esa, saralash bahslari yakuniga etgach malum bo'ladi. Turnir o'yinlari 22 noyabr kuni start olsa, musobaqaning yarim final va final bahslari qisqa muddatlik tanaffusdan so'ng 17 va 20 dekabr kunlari o'tkaziladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика