O'zbekistonlik besh nafar hakam Qatardagi U-23 Osiyo kubogida faoliyat olib boradi
27 mar 22:53
Yangiliklar
O'zbekistonlik besh nafar hakam Qatardagi U-23 Osiyo kubogida faoliyat olib boradi
Olimpiya o'yinlariga yo'llanma beruvchi nufuzli turnirda o'zbekistonlik hakamlar ishlashadi.
Joriy yilning 15 aprelidan 3 mayiga qadar Qatar poytaxti Doha shahrida 23 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasida Osiyo kubogi o'tkazilishi rejalashtirilgan. Ahamiyatli jihati, ushbu musobaqada ishlovchi rasmiylar ro'yxatidan 5 nafar vakilimiz ham joy olgan.
Bosh hakam Rustam Lutfullin, yordamchi hakamlardan Sanjar SHoyusupov va Alisher Usmonov, shuningdek, VAR hakami Firdavs Norsafarov hamda hakamlar nazoratchisi Vladislav Ceytlin musobaqaga ishlash uchun jalb etilgan.
Fikrlar