So’nggi yangiliklar

15:07"Ливерпуль" ҳимоячиси билан шартномани узайтиради  0 14:40"Арсенал" "Лейпциг" ҳужумчисини сотиб олиш режасидан воз кечмаган  0 14:14Хавига МЮда ишлаш варианти таклиф этилмоқда  6 13:49"Байер" ярим ҳимоячиси "Бавария"га ўтмоқчи  0 13:21Амир Ғаленои: "Биз дастлабки икки учрашувда гол ўтказиб юбормаган ягона жамоамиз. Эрон – дунёдаги энг яхши мамлакат"  11 12:55Германия дарвозабони терма жамоага чақирувдан бош тортди  0 12:25Клопп футболга қайтмоқда!  3 11:53Жалолиддин Машарипов: "Эроннинг кучсиз томонлари ҳақида эронлик журналистлар олдида гапиришим тўғри эмас"  5 11:42Владо Радманович: "Катанец билан ўйин давомида доимий алоқада бўламиз"  13 11:20Ўзбекистон Эронга қарши қандай либосда ўйнаши маълум  3 10:55"Ливерпуль" ёзда Салоҳнинг ўрнига бошқа бир мисрлик футболчи билан шартнома тузмоқчи  1 10:26"Манчестер Сити"нинг "устуни" ёзда жамоани тарк этади  0 09:52Ислом Маматказин: “Ўйинни ўзида ютиб кетишимизга ишонгандик. Қандайдир ўзгача руҳият бор эди”  10 09:20Франческо Тотти ўзининг идеал футболчисини йиғди  5 08:43"Бавария" Мусиалани жамоада олиб қолиш учун ойлигини беш бараварга оширишга тайёр  1

O'zbekistondagi barcha futbol murabbiylari malaka sinovidan o'tkaziladi Yangiliklar

O'zbekistondagi barcha futbol murabbiylari malaka sinovidan o'tkaziladi

Teglar :  MurabbiylarO'FA
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoevning 2018 yil 16 martdagi PQ-3610-sonli “Futbolni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qaroriga asosan Murabbiylar va hakamlarni tayyorlash Respublika maktabi faoliyati tugatilib, murabbiylar va hakamlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish vakolati O'FA qoshidagi tegishli boshqarmalarga berildi.

O'FAning Murabbiylar tayyorlash boshqarmasi tomonidan “O'zbekistonda futbol murabbiylarini o'qitish va tayyorlash hamda attestaciyadan o'tkazish bo'yicha Nizom” ishlab chiqildi va tasdiqlandi.

Ushbu Nizom talablarini bajarish uchun joriy yilning 17 may - 30 iyun kunlari OFK licenziyasiga ega bo'lgan barcha murabbiylar bilan seminar-treninglar tashkil qilinadi. O'FAning mutassaddilari va mutaxassislaridan tashkil topgan ishchi-guruhlar butun respublika hududlari bo'ylab murabbiylarning malakaviy saviyasini tekshirish bo'yicha xizmat safarlariga yuboriladi.

SHuningdek, ishchi-guruhlar oldiga murabbiylarni tayyorlashning yangi tizimi bilan tanishtirish, ularning amaliy va nazariy bilimlarini tekshiruvdan o'tkazish hamda murabbiylarni qiziqtirgan boshqa malumotlar bilan tanishtirish vazifalari yuklatilgan.

Bundan tashqari, hududlarga safar davomida ishchi guruh vakillari yangi tashkil etilayotgan bolalar va o'smirlar futbol akademiyalari murabbiyligiga nomzodlarni aniqlab, bu borada O'FA rahbariyatiga tavsiyalar berib borishi rejalashtirilgan.

Hududlardagi murabbiylar o'rtasida o'quv seminarlari tashkil qilish va ularning malakaviy saviyasini tekshirish jadvali

Andijon 17 – 21 may
Farg'ona 22 – 26 may
Namangan 27 – 31 may
Qoraqalpog'iston Respublikasi 7 – 10 iyun
Xorazm 11 – 14 iyun
Buxoro 15 – 19 iyun
Navoiy 20 – 23 iyun
Samarqand 18 – 21 may
Qashqadaryo 22 – 25 may
Surxondaryo 26 – 30 may
Jizzax 7 – 10 iyun
Sirdaryo 11 – 14 iyun
Toshkent viloyati 15 – 19 iyun
Toshkent shahri 26 – 30 iyun

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика