So’nggi yangiliklar

07:30Саудия Арабистони футболчилари Ўзбекистон U-23га қарши баҳс олдидан нималар деди?  0 00:50"Бавария" "Ливерпуль"га Диас учун 70 миллион евро ва бонуслар таклиф қилади  0 00:15"Аталанта" Ретегини 65 млн. еврога сотди  2 00:12МЮ "Брентфорд"нинг энг яхши тўпурари Мбемони 65+6 миллион фунтга сотиб олди  4 23:48Сауль Туркияга кўчиб ўтиш фикридан қайтди. Нега?  0 23:13As ўқувчиларининг 72% "Реал" Винисиус билан шартнома узайтиришини хоҳламайди  2 22:45"Реал" ва яна бир қатор жамоалар клублар ўртасидаги ЖЧ ҳар 2 йилда ўтказилишини хоҳлашмоқда, ФИФА эса...  3 22:15Луиджи Ди Бияджо: "Мусобақага қийин ҳолатда тайёргарлик кўрмоқдамиз"  4 21:47"Барселона" 2025 йилда "Камп Ноу"да ўйнай олмаслиги мумкин  3 21:36Дмитрий Плетнёв - "Динамо" футболчиси  4 20:45Назорат учрашуви. "Қизилқум" Про лига жамоасига йирик ҳисобда мағлуб бўлди  0 20:18"Манчестер Сити" "Ньюкасл"нинг 22 ёшли ҳимоячиси учун 65 миллион фунт таклиф қилишга тайёр  6 20:00"Арсенал" ҳимоячиси Саудия Арабистони клублари қизиқишини инкор этди  1 19:38"Манчестер Сити" футболчисини 40 млн еврога сотмоқчи  1 19:16"Сурхон" тажрибали дарвозабонини "Хоразм"га ижарага берди  7

O'zbekiston U-23 terma jamoasi Tailandga jo'nab ketdi Yangiliklar

O'zbekiston U-23 terma jamoasi Tailandga jo'nab ketdi

Ravshan Haydarov bosh murabbiyligidagi O'zbekiston U-23 terma jamoasi shu yilning 30 noyabr kuni Toshkent shahrida o'quv-mashg'ulotlar yig'iniga kirishgani haqida avval xabar berib o'tgandik.

7 dekabrga qadar Toshkent temir yo'llari muhandislari instituti stadionida mashg'ulot olib borgan Ravshan Haydarov shogirdlari bugun Tailandga jo'nab ketishdi.

Bosh murabbiy Tailandga jami 23 nafar futbolchini olib ketdi. Quyida ular bilan tanishish mumkin.

Darvozabonlar: Dilshod Hamroev (“Navbahor”), Botirali Ergashev (“Paxtakor”), Rahimjon Davronov (“Mashal”);

Himoyachilar: Rustam Ashurmatov ("Bunyodkor"), Doston Tursunov (“Neftchi”), Islomjon Qobilov (“Bunyodkor”), Husniddin G'ofurov (“Neftchi”), Abbosjon Otaxonov (“Navbahor”), Hojiakbar Alijonov (“Paxtakor”), Nodir Yo'ldoshev (“Paxtakor”), Oybek Rustamov (“Qo'qon-1912”);

Yarim himoyachilar: Odil Hamrobekov (“Nasaf”), Azizjon G'aniev (“Nasaf”), Javohir Siddiqov (“Qo'qon-192”), Jasurbek Yaxshiboev (“Paxtakor”), Doniyor Narzullaev (“Nasaf”), SHarof Muhitdinov (“Nasaf”), Xurshid G'iyosov (“Bunyodkor”), Suhrob Nurulloev (“Paxtakor”), Abdujamol Isroilov (“Neftchi”);

Hujumchilar: Azizbek Amanov (“Lokomotiv”), Zabihillo O'rinboev (“Paxtakor”), Bobir Abdixoliqov (“Nasaf”), Andrey Sidorov (“Qo'qon-1912”).

U erda vakillarimiz 9-15 dekabr kunlari bo'lib o'tadigan “M150 Cup-2017” xalqaro musobaqasida ishtirok etishadi. O'zbekiston U-23 terma jamoasi azolari “B” guruhida Myanma va Vetnam terma jamoalariga qarshi bahs olib borishadi.

“A” guruhidan esa Tailand, KXDR va Yaponiyaning 23 yoshgacha bo'lgan futbolchilardan iborat terma jamoalari joy olishgan. Eslatib o'tamiz, Ravshan Haydarov boshchiligidagi O'zbekiston U-23 terma jamoasi kelasi yilning yanvar oyida Xitoyda bo'lib o'tadigan Osiyo chempionatida ishtirok etadi.

Reyting: -12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика