So’nggi yangiliklar

18:08Мареска: "Челси" Нкункуни январда сотмаслиги аниқ"  0 17:45Ўзимизнинг карикатура: Уйқу оғушидаги "аждар"  6 17:06"Бавария" Тео Эрнандес ва Раумга қизиқиш билдирмоқда  0 16:11"Барселона" сардорларидан бирини сотиб юбориши мумкин  8 15:59ПРО-Лига. "Бухоро" сафарда "Олимпик-MobiUz"га ютқазиб қўйди, "Машъал" — чемпион!  6 15:19Расман: Фрэнк Лэмпард ўзига янги жамоа топди  2 14:18Исмоилов 3 та, Бошкович 2 та ўйинга четлатилди. Тартиб-интизом қўмитасининг қарорлари  3 14:15Одилжон Ҳамробеков "Насаф"га ўтдими?   11 13:58"Арсенал" "Аталанта" ҳужумичисига эътибор қаратди  1 13:34Ди Мария ЕЧЛдаги ассистлар бўйича 2-ўринга чиқиб олди  5 13:07Де Йонг "Барселона"нинг янги шартнома борасидаги таклифини қабул қилмади  11 12:26Слот: "Ливерпуль" бундан ҳам яхшироқ ўйнаши мумкин эди"  16 11:51Бэйл: "Бугунги кунда Килиан Мбаппе — дунёнинг энг яхши футболчиси"  26 11:38Эшитдик-да! Ўзбекистон миллий терма жамоаси аъзоси "Нефтчи"га ўтади  23 10:55Лэмпард Чемпионшип жамоасини бошқаришга рози бўлди  2

O'zbekiston U-23 terma jamoasi chorak finalda qaysi raqibni tanlagani maqul? Yangiliklar

O'zbekiston U-23 terma jamoasi chorak finalda qaysi raqibni tanlagani maqul?

"Oq bo'rilar" bugun guruh bosqichidagi so'nggi o'yinini o'tkazadi.

Xabaringiz bor, Qatar yashil maydonlarida 23 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi Osiyo kubogi o'tkazilmoqda. SHu bilan birga, mazkur turnir joriy yil bo'lib o'tadigan Parij Olimpiadasiga yo'llanmalari uchun saralash vazifasini o'tab beradi. Qita musobaqasida dastlabki uch o'rinni egallagan jamoa to'g'ridan-to'g'ri Yozgi Olimpiya o'yinlarida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritsa, to'rtinchi o'rin sohibi pley-offda Afrika qitasi vakili bilan bellashadi.

Guruh bosqichi o'yinlari tobora nihoyasiga etib bormoqda. Temur Kapadze murabbiylik qilayotgan O'zbekiston U-23 terma jamoasi "D" guruhidan o'rin oldi va dastlabki ikki turda Malayziya (2:0) hamda Kuvayt (5:0)ni mag'lub etib, guruh peshqadamiga aylandi.

Hamyurtlarimiz so'nggi turni O'zbekiston bilan bir xil ochko to'plagan holda to'plar nisbatiga ko'ra ikkinchi o'rinni egallab turgan Vetnam olimpiyachilariga qarshi o'tkazadi. Mazkur o'yinda har qanday hisobdagi g'alaba yoki durang markaziy osiyoliklarning peshqadamligini taminlaydi. Mag'lubiyat esa janubiy-sharqiy osiyoliklarga etakchilik taqdim etadi. Guruh g'olibi chorak finalda "C" guruhi 2-o'rin sohibi bilan kuch sinashsa, etakchidan ortda qolgan jamoa qo'shni guruhda 1-o'rinni egallagan termaga qarshi bellashadi.

SHu bois, 3-tur uchrashuvi oldidan O'zbekiston terma jamoasini pley-off bosqichida qaysi raqiblar kutib turgani to'g'risida mulohaza yuritamiz.

G'alaba yoki durang


O'zbekiston U-23 terma jamoasi har qanday hisobda g'alaba qozongan yoki durang o'ynagan taqdirda guruh g'olibiga aylanadi va "C" guruhida ikkinchi o'rinni egallab ulgurgan Saudiya Arabistoniga qarshi bahs olib boradi. Musobaqaning amaldagi g'olibi hisoblangan saudiyaliklar ilk turda Tojikistonni 4:2, keyingi turda Tailandni 5:0 hisobida taslim etdi. So'nggi turda esa jamoa iroqlik tengqurlariga 1:2 hisobida yutqazib qo'ydi. 

Garchand arab mamlakati amaldagi chempion hisoblansa-da, ushbu turnirda ularning juda kam qismi ishtirok etadi. 

Yodingizda bo'lsa, to'rt yil muqaddam 19 yoshda bo'lgan mazkur futbolchilarning ko'pgina qismi U-19 Osiyo kubogi saralash bosqichida o'zaro to'qnash kelgandi. O'shanda O'zbekiston va Saudiya Arabistoni yoshlari 1:1 hisobida durang o'ynagan. Otabek G'ulomxo'jaev murabbiylik qilgan jamoa safida yagona golni Jasur Jaloliddinov urgan. Umuman olganda, o'sha tarkibda bugungi kunda Olimpiya terma jamoasi sharafini himoya qilayotgan Abduvohid Nematov, Saidazamat Mirsaidov, Ibrohimxalil Yo'ldoshev, Hojimat Erkinov, Ulug'bek Hoshimov, Jasur Jaloliddinov, Alibek Davronov, Ibrohim Ibragimov, Otabek Jo'raqo'ziev singari futbolchilar harakat qilgan. Saudiyaliklar tarkibidagi ko'pgina yoshlar ham mazkur musobaqada ishtirok etmoqda.

To'rt yil avvalgi saralash bahslarida Saudiya Arabistoni va O'zbekiston 7 ochkodan jamg'argan holda final bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritgandi. Final bosqichi O'zbekistonda o'tkazilishi kerak edi, biroq COVID-19 pandemiyasi sababli bekor qilingandi.

Xullas, chorak finalda Saudiya Arabistoni mag'lub etilgan taqdirda, vakillarimiz Janubiy Koreya — Indoneziya juftligi bilan to'qnash keladi. 

Janubiy Koreya "B" guruhida BAA (1:0), Xitoy (2:0) va Yaponiya (1:0)ni mag'lub etib, peshqadam sifatida 1/4 final ishtirokchisiga aylandi.

Indoneziya esa guruhda faqatgina Qatarga imkoniyatni boy berib (0:2), Avstraliya (1:0) va Iordaniya (4:1)ni mag'lub etishni uddaladi.

Mag'lubiyat

Timur Kapadze shogirdlarini har qanday hisobdagi mag'lubiyat ham keyingi bosqich yo'llanmasidan mahrum eta olmaydi, biroq jamoa Vetnamnga etakchilikni boy beradi. SHunday holat yuzaga kelgan taqdirda, o'zbekistonliklar chorak finalda Iroq bilan ro'baro' keladi. 

Iroq turnirni muvaffaqiyatsiz boshladi — Tailandga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Biroq keyinchalik Tojikiston (4:2) va Saudiya Arabistoni (2:1)ni enggan "yashillar" guruh peshqadamiga aylandi.

Qiziq tomoni, Iroq mazkur musobaqaga saralash bosqichida O'zbekistondan javobsiz beshta to'p qabul qilib olgan Kuvayt bilan durangga imzo chekkan.

CHorak finaldagi mazkur juftlik g'olibi Qatar — Yaponiya o'rtasidagi bellashuvda g'alaba qozongan jamoaga qarshi saf tortadi. 

Musobaqa mezboni hisoblangan Qatar "A" guruhida Indoneziya (2:0), Iordaniya (2:1) va Avstraliya (0:0)ni ortda qoldirdi. 

"B" guruhidan o'rin olgan Yaponiya esa Xitoy (1:0), BAA (2:0) va Janubiy Koreya (0:1) bilan bellashib, 2-o'rin bilan pley-off chiptasiga ega bo'ldi.

O'zbekiston U-23 terma jamoasi qaysi yo'nalish bo'ylab ketishi o'ziga bog'liq, biroq chempionlik, qolaversa, Olimpiada yo'llanmasi uchun kurashayotgan jamoa raqib tanlamasdan, doim g'alaba ilinjida maydonga tushadi, degan umiddamiz.

Eslatib o'tamiz, 3-turdan o'rin olgan O'zbekiston — Vetnam uchrashuvi 23 aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:30 da start oladi.


Oqil Abdubarnoev tayyorladi.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика