So’nggi yangiliklar

01:26Оскар фаолиятини якунлаши мумкин  0 00:54"Бавария" Нойер билан шартномани узайтирмоқчи  0 00:38Камавинганинг ҳолатига бугун баҳо берилади  0 00:13U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон Хорватияга қарши ўйинга тайёргарликни давом эттирмоқда  0 23:57ЖЧ-2026 саралаши. Норвегиядан йирик ғалаба, Холанддан дубль ва мавсумдаги 30-гол  1 23:32ЖЧ-2026 саралаши. "Омадсиз"лар дербисидаги биринчи ўйинда дуранг  1 23:07"Ал Айн Кубоги". Эрон Кабо-Вердени пенальтилар сериясида мағлуб қилди ва финалга йўлланма олди  4 22:53Машарипов умумий гуруҳ машғулотларига қайтди  2 22:28Абдулмалик Анваровнинг ҳолати қандай?  4 22:08Фабио Каннаваро: "Имкониятим бўлганда кўпроқ футболчиларни жалб этган бўлардим, аммо ҳозирча 26та футболчини чақира оламиз"  20 21:59"Реал" икки ҳимоячини нишонга олди  1 21:30"Манчестер Юнайтед" Мактоминини қайтармоқчи  2 21:08УЕФАдан яна бир бор Исроилни барча турнирлардан четлатишни талаб қилишди  9 20:51Златан А Серия, АПЛ ва ЛаЛигани солиштирди  1 20:28Пьер-Эмерик Обамеянг: "Бу жуда катта хато бўлганди"  2

O'zbekiston U-23 terma jamoasi Ispaniya U-21 bilan nursiz durang qayd etdi Yangiliklar

O'zbekiston U-23 terma jamoasi Ispaniya U-21 bilan nursiz durang qayd etdi

O'zbekiston U-23 terma jamoasining Ispaniya U-21 terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik o'yini yakunlandi.


 O'zbekiston U-23 — Ispaniya U-23 0:0

Hakamlar: Asker Najafaliev, Baxtiyorxo'ja SHavkatov, Timur Gaynulin, Akobirxo'ja SHukurullaev

O'zbekiston — 21. Hamidullo Abdunabiev, 2. Saidazamat Mirsaidov (13. Eldor Begimov,10), 5. Muhammadqodir Hamraliev, 8. Ibrohim Ibragimov, 10. Jasur Jaloliddinov (s), 11. Otabek Jo'raqo'ziev, 14. Ibrohimhalil Yo'ldoshev, 16. Asadbek Rahimjonov, 17. Abdurauf Bo'riev, 19. Xusayn Norchaev, 22. Alisher Odilov
Ikkinchi bo'limda maydonga tushgan futbolchilar: 3. Mahmud Mahamadjonov, 1. Otabek Boymurodov, 4. SHohjahon Sultonmurodov, 6. Begzod SHamsiev, 7. Xojimat Erkinov, 9. Ulug'bek Hoshimov, 15. SHerzod Esanov, 20. Ruslan Jiyanov, 23. Diyor Holmatov, 24. Odilbek Abdumajitov, 25. Umarali Rahmonaliev.

Ispaniya U-23 — 1. Alenxandro Iturbe, 3. Rafa Marin, 4. Arnau Martines, 7. Ilias Axomax, 8. Benat Turrientes, 10. Gabri Veyga, 11. Karlos Martin, 15. Alvaro Karreras, 18. Pablo Torre, 20. Diego Lopez, 22. Xugo Novoa
Ikkinchi bo'limda maydonga tushgan futbolchilar: 2. Assane Diao, 5. Alexandro Franses, 6. Xavi Guerra, 9. Samuel Omorodion, 12. Iker Munoz, 13. Alvaro Akeves, 14. David Torres, 16. Xuan Luis, 17. Fermin Lopes, 21. Fransisko Perez, 23. Pablo Kampos.

Ogohlantirish: Husayin Norchaev 37, Mahmud Mahamadjonov 55, SHohjahon Sultonmurodov 76

MATNLI TRANSLYACIYA

Uchrashuv yakunlandi. 

90. Ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi. 

88. ZARBA. Umarali Rahmonaliev jarima zarbasini o'zi tepdi. Noaniq. 

87. OGOHLANTIRISH. Ispaniya, Fermin Lopes 

83. So'nggi 10 daqiqalik o'tib bormoqda. Gol ko'ramizmi?

78. Malumot uchun, O'zbekiston ilk bor 2003 yil BAA mezbonlik qilgan U-17 Jahon chempionatida Ispaniya bilan to'qnash kelgan. O'shanda Nesterov qo'riqlayotgan darvozaga Andres Inesta to'p kiritgandi. 

76. OGOHLANTIRISH. O'zbekiston, SHohjahon Sultonmurodov

72. Fransisko Perez jarima maydonchasi ichida darvozamizni ishg'ol qilishga yaqin keldi. Zarba noaniq. 

60. ZARBA. Fermin Lopes o'zi ishlagan jarima zarbasini o'zi amalga oshirdi. Biroq zarba noaniq. 

60. Ispaniya yoshlar terma jamoasi juda qulay nuqtada jarima zarbasini ishladi. 

59. Bizda vaziyatlar ko'proq yuz beryapti. Faqat gol kerak. 

57. ZARBA. Xolmatovning burchakdan amalga oshirgan uzatmasini Abdumajidov boshi bilan darvozaga noaniq yo'lladi. Vaziyat xavfli edi. 

55. OGOHLANTIRISH. O'zbekiston, Mahmud Mahamadjonov

50. ZARBA. Yana Diyor Xolmatovdan zarba. Noaniq. 

48. ZARBA. Guerraning zarbasini Boymurodov qaytardi. 

47. ZARBA. Diyor Holmatov 15 metrlardan zarba yo'lladi. Hisob ochilishi mumkin edi. Zarba noaniq. 

Ikkinchi bo'lim boshlandi. 

Ikkinchi bo'limda tarkiblar deyarli to'liq o'zgardi. 

Tanaffus

45. Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi. 

40. Pablo Torre vakillarimizga ko'p qo'pollik ishlatyapti. Jazosi bitta sariq, tamom. 

37. OGOHLANTIRISH. Husayin Norchaev

35. O'yin tengkurashlar ostida davom etmoqda. 

33. Garchi raqib nomdor Ispaniya bo'lsada hozircha ikki jamoa o'rtasida katta farq ko'zga tashlanmayapti. 

30. ZARBA. Jasur Jaloliddinovdan zarba. Noaniq. 

23. ZARBA. Odilovning zarbasi ancha noanq. 

20. ZARBA. Xugo Novoaning zarbasini Abdunabiev bartarf etdi. 

17. ZARBA. Ilias Axomax qanotdan yaxshi kirib borib Gabri Veygaga to'pni uzatdi. Uning zarbasi darvoza to'siniga tegib chiqib ketdi. Yulduzlar ham adashadi. 

10.O'ZGARISH.  Bir necha daqiqa oldin jarohat olgan Saidazamat Mirsaidov jarohat sabab o'yinni davom ettira olmadi. Uning o'rniga Eldorbek Begimov tushdi. 

8. Ispaniya oldinga o'tdi. Himoyachilarimiz ko'magida Abdunabiev to'pni egallab oldi. 

5.Futbolchilarimiz ilk daqiqalardan ancha faol harakat qilmoqda.

2. ZARBAAAA. Ibrohimhalil Yo'ldoshev tezkorlik bilan kirib borib zarba yo'lladi. To'p himoyachilarga tegib qaytdi.

O'yin boshlandi. 


- Uchrashuvga barcha narsa shay. 

Reyting: +32   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика