O'zbekiston U-19 termasi Dushanbe shahrida ilk mashg'ulotini o'tkazdi
01 noy 2017 07:56
Yangiliklar
O'zbekiston U-19 termasi Dushanbe shahrida ilk mashg'ulotini o'tkazdi
Osiyo chempionati saralash bahslarida ishtirok etadigan O'zbekiston U-19 terma jamoasi 31 oktyabr kuni Tojikiston poytaxti Dushanbe shahriga etib keldi va ilk mashg'ulotlarni o'tkazdi.
O'zbekiston yoshlar terma jamoasi mashg'ulotlarni “Pomir” stadioniga tegishli mashg'ulotlar maydonida o'tkazdi. Terma jamoa azolari asosan tiklanish va chigalyozdi mashg'ulotlarini o'tkazishdi.
Takidlash joiz, saralash uchrashuvlari Hisor shahridagi yarim tabiiy va yarim suniy qoplamali maydonda o'tkaziladi. Mashg'ulotlar ham aynan shunday qoplamali maydonda o'tkazildi.
Eslatib o'tamiz, Aleksandr Mochinov jamoasi saralash bahslarini 2 noyabr kuni Maldiv orollari terma jamoasiga qarshi o'yin bilan boshlaydi.
Fikrlar