O'zbekiston U-19 ilk o'yinda Belarus yoshlarini mag'lub etdi
14 noy 2015 17:33
Yangiliklar


O'zbekiston U-19 ilk o'yinda Belarus yoshlarini mag'lub etdi
Toshkentdagi JAR stadionida bo'lib o'tgan mazkur terma jamoalarning ilk o'yinida O'zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasi SHarof Muhiddinovning yagona goli evaziga 1:0 hisobida g'alaba qozondi. O'yinning birinchi bo'limida hisob ochilmadi. Ikkinchi bo'lining 58-daqiqasida SHarof Muhiddinov hisobni ochdi. O'yinning so'nggi daqiqalari teng kurashlar ostida kechdi, ammo uchrashuvdagi hisob boshqa o'zgarmadi.
Eslatib o'tamiz, mazkur terma jamoalar o'rtasidagi ikkinchi o'rtoqlik uchrashuvi ham 16 noyabr kuni JAR stadionida bo'lib o'tadi. Uchrashuv soat 14:00da boshlanadi.
Takidlash joiz, O'zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasi kelasi yili Bahraynda bo'lib o'tadigan U-19 yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionati final bosqichida ishtirok etadi.
O'rtoqlik uchrashuvi.
14 noyabr. JAR stadioni.
O'zbekiston U-19 – Belarus U-19 – 1:0.
Gol: SH. Muhiddinov (58).
O'zbekiston U-19: Umid Hamroev, Islom Qobilov, Husniddin G'ofurov, Xushnud Avilov, Hojiakbar Alijonov, Aziz G'aniev, Nurillo To'xtasinov, Jamshid Yusupov, Doston Ibragimov, Sanjar Qodirqulov, Behzod G'anijonov.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Tursun Rahimberdiev, Ilhom Alijonov, Suhrob Nurulloev, SHarof Muhiddinov, Bobur Abduholiqov, Jasur Yaxshiboev, Akrom Xodjaev, Saidjamol Davlatjonov.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar