So’nggi yangiliklar

14:28Breaking! Асилбек Жумаевга Европадан қизиқиш бор  4 14:07"Манчестер Сити" етакчиларидан бирига янги шартнома таклиф қилади  0 13:38Неймар футбол тарихидаги энг яхши ярим ҳимоячи кимлигини айтди  2 13:09"Ньюкасл" бош мураббийи Исак билан боғлиқ ҳолатга изоҳ берди  0 12:41"Милан" Яшари трансферини ҳал қилди  0 12:13"Нефтчи" футболчисини четлатиш, "Сурхон" дарвозасига эса пенальти белгилаш керак эди – 16-турдаги ҳакамлик фаолияти таҳлили  3 11:45ЦСКА Файзуллаев учун тўлиқ тўловни кутмоқда  2 11:14Россия ЖЧ иштирокчиси Иордания терма жамоасига қарши ўртоқлик учрашуви ўтказади  9 10:40Саудия жамоалари МЮ тарбияланчисига 80 миллион евро тўлашга тайёр  2 10:03"Интер" тўпурар ҳужумчи билан шартнома имзолашга яқин  0 09:30Луис Диаснинг "Бавария"га ўтганидан сўнг ойлиги 4 бараварга ошди  6 08:57"Манчестер Сити" асосий ҳимоячиси билан шартномани узайтиради  1 08:35Европанинг машҳур клуби Неймар билан шартнома имзоламоқчи  3 08:03Аутсайдерлар баҳсида "Сантос" ғалаба қозонди. Неймардан дубль  1 07:34Суперлига. Бугун Тошкентда ажойиб учрашув бўлиб ўтади  16

O'zbekiston U-16 o'rtoqlik o'yinida Malayziya U-16 o'smirlarini mag'lub etdi Yangiliklar

O'zbekiston U-16 o'rtoqlik o'yinida Malayziya U-16 o'smirlarini mag'lub etdi

Kuala-Lumpur shahrida yig'in o'tkazayotgan O'zbekiston U-16 terma jamoasi, bugun Malayziya U-16 o'smirlar jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi va 3:1 hisobida g'alaba qozondi.
Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida yig'in o'tkazayotgan O'zbekiston U-16 o'smirlar terma jamoasi bugun rejaga ko'ra yig'in davomidagi ikkinchi o'rtoqlik uchrashuvini Malayziya U-16 o'smirlariga qarshi o'tkazdi.

"PJM" stadionida bo'lib o'tadigan uchrashuvda, terma jamoa bosh murabbiyi avvalgi uchrashuvdagi tarkib bilan taqqoslaganda ikkita o'zgartirishni amalga oshirdi. Mochinov shogirdlari uchrashuvning ilk daqiqalaridayoq hisobni ochishga erishdi. Birinchi bo'lim so'ngida esa O'zbekiston o'smirlari ikkinchi golni kiritishdi va tanaffusga shu hisobda chiqib ketishdi. Ikkinchi bo'limda esa jamoalar bittadan to'p kiritishdi va uchrashuv 3:1 hisobida o'zbekistonlik o'smirlar g'alabasi bilan yakunlandi.

Malumot uchun, Malayziyadagi yig'in 31 avgust kuni yakuniga etadi va shundan so'ng terma jamoa Osiyo CHempionatida ishtirok etish uchun u erdan to'g'ri Tailandga yo'l oladi.

Eslatib o'tamiz, Tailand mamlakati mezbonlik qiladigan U-16 o'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionati 6-20 sentyabr kunlari bo'lib o'tadi. Aleksandr Mochinov bosh murabbiyligidagi O'zbekiston U-16 terma jamoasi musobaqaning guruh bosqichida Nepal, Kuvayt va KXDR o'smirlar terma jamoalariga qarshi to'p suradi.

O'rtoqlik uchrashuvi.
 28 avgust, Kuala Lumpur.
 "PJM" stadioni
 Malayziya (U-16) - O'zbekiston (U-16) 1:3
Gollar:
Akram Naji (47) - Jonibek Ko'chimov (8, penalti, 65), Islom Kenjaboev (41).
O'zbekiston (U-16): A. Xodjaev, I. Alijonov (s), O. Qurbonov, D. Berdiqulov, O. Nurmatov (M. Jumaev 72), J. Ahmadov (S. Abramov, 64,), SH. Maxmudxojiev, I. Kenjaboev (), J. Ko'chimov, R. SHaripov (B. Murtazoev 56), A. G'aniev (A. G'anijonov (80)
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика