O'zbekiston U-14 terma jamoasi Vetnamdan ustun keldi
07 sen 2018 17:32
Yangiliklar
O'zbekiston U-14 terma jamoasi Vetnamdan ustun keldi
O'zbekiston U-14 terma jamoasi Xitoyning Uxan shahrida tashkil qilinayotgan xalqaro musobaqada ishtirok etayotgani haqida xabar bergan edik
Birinchi turda Yaponiyaga 0-4 hisobida mag'lub bo'lgan futbolchilarimiz ikkinchi turda Tailand ustidan ishonchli g'alabaga erishgan edilar. Bugun guruh bahslarining so'nggi turiga start berildi. Ushbu turda Azamat Abduraimov shogirdlari vetnamlik raqiblariga qarshi to'p surishdi.
O'yinning asosiy vaqtida jamoalar darvozalarga 2 tadan to'p kiritishdi. O'zbekiston terma jamoasining gollariga Elbek Bo'riev mualliflik qildi. Asosiy vaqt durang bilan tugagach penaltilar seriyasiga navbat berildi. Lotoreyada o'zbekistonlik futbolchilarning qo'llari baland keldi. Penaltilar seriyasi 5-4 hisobida bizning foydamizga hal bo'ldi.
Keyingi bosqichga chiquvchi jamoalarning nomi Yaponiya-Tailand uchrashuvi nihoyasiga etgach malum bo'ladi.
Fikrlar