So’nggi yangiliklar

15:55"Ньюкасл" Александр Исак ўрнига 4 нафар номзодни маъқуллади  0 15:23"Реал" уч нафар футболчисини сотишга тайёр  2 14:58ПСЖ ва "Тоттенхэм" собиқ футболчиси "Персеполис"га ўтиши мумкин  1 14:16ПСЖ ўзига янги дарвозабон топди  0 13:38Феликс 44 млн фунт эвазига "Челси"дан Саудия Арабистони клубига ўтишга яқин  2 13:04Салиба "Реал"нинг қизиқиши фонида келажаги борасида қарор қабул қилди  3 12:23Брунунинг дубли МЮга АҚШдаги ўртоқлик ўйинида "Вест Хэм" устидан ғалаба келтирди  1 11:50"Атлетико" Бундеслигадан футболчи харид қилишга яқин турибди  2 11:20"Бавария" Диасни "Ливерпул"дан катта маблағ эвазига сотиб олишга яқин турибди  4 11:15"Бухоро"нинг тайёргарлиги, янги футболчилар, ёшлар ёхуд Улуғбек Бакаев иккинчи даврада юқорилашга умид қилмоқда   5 10:42"Челси" футболчиси "Ал Насср"га ўтишга яқин  4 10:05Виктор Гёкереш нима учун "Арсенал"ни танлаганини тушунтириб берди  4 09:37Шоҳруз Норхонов иккинчи даврани қайси жамоада бошлаши маълум  12 09:02"Бунёдкор" Качоррининг ўрнига Черногория U-21 терма жамоаси аъзоси билан шартнома имзолайди  5 08:26Файзуллаевнинг "Истанбул Башакшехир"даги маоши маълум  15

O'zbekiston - Turkmaniston uchrashuvi o'tgan va yaqinda buzib tashlanadigan stadion haqida Yangiliklar

O'zbekiston - Turkmaniston uchrashuvi o'tgan va yaqinda buzib tashlanadigan stadion haqida

Dubaydagi Rashid stadionida Osiyo kubogi, 1/8 finalidan o'rin olgan Janubiy Koreya - Bahrayn terma jamoalari o'rtasidagi o'yin bo'lib o'tdi.

Bu o'yin OAVda batafsil yoritildi, shuning uchun hozir bu uchrashuvga to'xtalib o'tirmaymiz. Biz sizlarga «Rashid» stadioni haqida so'zlamoqchimiz.

«Rashid» stadionida Osiyo kubogining 5ta o'yini bo'lib o'tdi. SHulardan bittasi va bizga eng yoqqan o'yin O'zbekiston - Turkmaniston (4:0) uchrashuvi bo'ldi. Sababi barchangizga ayon, bu stadionda terma jamoamiz o'zining so'nggi yillardagi eng yirik g'alabasini rasmiylashtirdi. To'g'ri raqib kuchsiz deyishingiz mumkin, lekin bu Osiyo Kubogidan o'rin olgan va biz uchun  muhim uchrashuv edi.




«Rashid» stadioni Dubay shahrining markazida, muxlislar uchun borish juda qulay bo'lgan hududda joylashgan. Dubay metrosining yashil yo'nalishidan chiqib «Stadium» bekatida tushsangiz shundoqqina stadionning yonginasidan chiqasiz. SHuningdek stadion yonida ko'plab arab davlatlarida mashhur bo'lgan «Lulu» gipermarketi joylashgan bo'lib, u erdan o'zingiz istagan xaridlarni ham amalga oshirishingiz mumkin bo'ladi.



«Rashid» stadioni 1948 yilda qurilgan bo'lib, Dubayning «SHabab Al Ahli» jamoasi uy o'yinlarini o'tkazadigan stadion hisoblanadi.

OFK mutassaddilari Osiyo Kubogi-2019 uchun bu stadionni tanlashganda, mezbonlar bu stadionni buziladi deyishgan ekan. Lekin OFK mutaxassislariga stadion maqul bo'lgani sababli, buzish biroz keyinroqqa surildi. OFK talabiga  binoan stadionda o'zgarishlar amalga oshirilgan. Xususan stadionning har ikki darvozalari ortidagi tribunalar qo'shimcha, vaqtinchalik o'rindiqlar o'rnatilib, stadion sig'imi 12 000 tomoshabingacha oshirildi.



SHuningdek stadion ro'parasida joylashgan «Lulu» gipermarketiga telekameralar nigohi tushib qolmasligi uchun, mahsus, vaqtinchalik konstrukciya barpo qilingan. Bunga gipermarket bilan reklama shartnomasi yo'qligi sabab bo'lgan. Stadionga borgan muxlislar, yuqori martabali (VIP) mehmonlar  va OAV xodimlari uchun sharoitlar alo darajada ekanligiga guvoh bo'lishdi. Ochig'i biz bu stadionni havas qildik. Mo'jazgina stadion jahon standartlari talabi darajasida Osiyo Kubogi o'yinlarini o'tkazdi.

Afsuski mezbonlarning bizga malum qilishlaricha endi «Rashid» stadioni buzilib o'rniga, hashamatli savdo markazi qurilar ekan.

Nima ham deymiz, terma jamoamiz yirik hisobda g'alaba qozongan va biz uchun qadrdon bo'lib qolgan stadion bilan xayrlashamiz.

Balki arablarning fikri o'zgarib, stadionni buzishmas...



Akramjon Mamadaliev, Dubaydan mahsus.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика