So’nggi yangiliklar

23:21Терзич "Манчестер Юнайтед" бош мураббийига айланиши мумкин  0 22:58Миллатлар лигаси. Англия, Мальта ва Шимолий Македониядан ғалаба, Лихтенштейн — Гибралтар ўйинида нурсиз дуранг  0 22:57Миллатлар лигаси. Бироздан сўнг бошланадиган учта ўйинни таркиблари билан танишинг  0 22:40Балотелли А Серия клубига ўтишга яқин  0 22:12Эшитдик-да! Ўзбекистон Лаосга чартер рейсда бориб келади  1 21:59ЖЧ-2026 саралаши. БАА Тошкентга тўлиқ бизнес класслик самолётда учиб келди  4 21:26Салоҳ муддатидан олдин Миср терма жамоасидан "Ливерпуль"га қайтади. Нега?  1 20:34Ўзбекистон терма жамоасининг бугунги машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  3 20:14Ўзбекистон U-20 терма жамоаси 89-дақиқада урилган гол эвазига Аргентина билан иккинчи ўйинда дуранг қайд этди  9 20:05Миллатлар лигаси. Қозоғистон ўз майдонида Словенияга мағлуб бўлди  10 20:02Назорат учрашуви. "Локомотив" ва "Олимпик" ўзаро дуранг ўйнади  0 19:09Ўзбекистон терма жамоасининг бугунги машғулоти Остон Ўруновсиз ўтди  12 18:39Остон Ўрунов БААга қарши ўйинда майдонга тушмайдими?  14 18:31Германия Нагельсманн билан шартномани узайтирмоқчи  1 17:52Рустам Ашурматов Ўзбекистон МТЖ ихтиёрини тарк этади  7

O'zbekiston terma jamoasida to'p tepgan RPL vakillari Yangiliklar

O'zbekiston terma jamoasida to'p tepgan RPL vakillari

Ular bu mavsum turli yutuqlari bilan o'zlarini Rossiyada namoyon etishmoqda.

Qoleversa, ular hali juda yosh va salohiyatlarini to'liq ko'rsatib ulgurmaganlar. Bundan tashqari, hozirda Rossiya chempionatida harakat qilayotgan hamyurtlarimiz haqida to'xtalamiz.


Ibrohimhalil Yo'ldoshev "Pari NN"

Tayanch zonada tajribaga ega nominal himoyachi o'tgan mavsum hammani hayron qoldirgandi. O'shanda uni "Spartak"ga taklif qilishlari mumkinligi haqida xabar tarqagandi, ammo transfer amalga oshmadi. SHunday bo'lsa-da, Yo'ldoshevga bo'lgan qiziqish so'nmadi, balki qishda "qizil-oqlar" bu nomzodni yana bir ko'rib chiqishar?! Ayniqsa, u hozirda Mixail Galaktionov jamoasining etakchilaridan biri sanaladi. Yo'ldoshev chap qanotda o'zini ancha erkin his qilib, hujumda ham, himoyada ham birdek faol o'ynamoqda. Uning hisobida 2ta gol va 1ta golli uzatma mavjud. Qizig'i, statistik malumotlarga tayanadigan bo'lsak, u holda Yo'ldoshev qator ko'rsatkichlar bo'yicha etakchilar orasida emasligiga guvoh bo'lamiz. Ammo umuman olganda o'yini hayratlanarli. U 21 yoshda RPLning eng istiqbolli laterallaridan biri sanaladi. Agar Yo'ldoshev qaror qabul qilishda o'sishga erishsa, yaqin orada uni kuchliroq klubda ko'rishimiz ehtimoli yuqori.


Hojimat Erkinov

CHap qanot vingeri "Paxtakor"dagi yaxshi mavsumidan so'ng, shu yoz "Torpedo"ga o'tdi. Avvaliga zaxiradan maydonga tushdi, lekin asta-sekin asosiy tarkibdan o'rin egalladi va oxirgi 3 uchrashuvda to'liq ishtirok etdi. Qizig'i, Erkinov ikki bor o'ng qanot vingeri poziciyasida harakatlandi va ikki galda ham "Torpedo" mag'lub bo'ldi. So'ngra Erkinov chap qanotda maydonga tushdi va jamoasi CSKAni taslim etdi, Erkinovning o'zi esa ajoyib o'yin o'tkazib, o'z qanotida Milan Gaychni qiynab tashladi. Hozircha Hojimat samarali harakatlarni amalga oshira olmadi, lekin uning texnikasi va tezligi etiborga loyiq. Muhimi Yuriy Savichev eksperimentlarni kamaytirib, hujumning chap qanotini Erkinovga ishonib topshirsa, futbolchimiz qarama-qarshi qanotda o'zining ustun jihatlarini ko'rsata olmadi.


Oston Urunov

"Spartak" safiga borib qo'shilgach, Ostonning faoliyati orqaga ketishni boshladi. Hamyurtimiz o'yin amaliyotisiz qolib ketdi va nafaqat "Spartak"da, balki "Ufa"da ham avvalgi o'yinini ko'rsatolmay qoldi. Endilikda u "Ural"da faoliyatini qayta jonlantirishi zarur. Muhimi uni jamoasi tarkibida Viktor Goncharenkoning o'zi istadi va klub prezidenti Grigoriy Ivanovni O'runovni taklif qilishga ko'ndirdi. Yana bir qiziq tomoni har ikki safar Oston o'zi uchun odatiyroq nuqta maydon markazida emas, hujumning o'ng qanotida harakat qildi. Bu kabi holatni CSKAga qarshi bahsda ko'rish mumkin edi, ammo o'sha kungi jarohat sabab Oston "Axmat" bilan bellashuvni o'tkazib yuborishga majbur bo'ldi. SHunga qaramay, terma jamoamiz safida Kamerunga qarshi maydonga tushdi va hisobiga gol yozdirib qo'ydi. 


Vagiz Galiulin

Tajribali futbolchi chempionga aylangan "Rubin"da ham, O'zbekiston termasida ham o'ynashga ulgurgan. Hozirgi kunda esa "Neftiximik" klubi sardori va muhim futbolchilaridan biri sanaladi. 35 yoshli Vagiz maydon markazida o'yinlarda to'liq 90 daqiqa harakat qilib, kerak pallalarda himoyaga ham yordam bermoqda. Vagizning etakchilik qobiliyatiga butkul shubha yo'q. Nisbatan yosh hamkasblari uning jamoa o'yiniga tasiri kuchli ekanligini takidlashadi. "Neftiximik" hozircha 9-pog'onada boryapti, Galliulin esa o'sha 9 bahsda 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Sergey Rumyancev

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика