So’nggi yangiliklar

02:42А Серия. "Комо" "Рома"ни мағлуб этди, "Милан" эса муҳим ўйинда мағлубиятга учради  1 01:52Иброҳимҳалил Йўлдошев: "Кучли жамоа ютди. Янги мураббий келди ва тактикамиз ўзгарди"  3 01:44Стипе Перица: "Мавсумни соврин ва учта ғалаба билан бошлаш ёқимли"  1 01:30Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" – "Пахтакор" 1:0  1 01:16Ислом Исмоилов: "Мен ҳақимдаги ноўрин фикрларга меҳнатим ва натижа билан жавоб бераман"  20 01:09"Нефтчи" Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби! Тақдирлаш маросимидан эксклюзив ГАЛЕРЕЯ  3 01:04Фарруҳ Сайфиев: "Фарғона халқи учун биринчи Суперкубок"  1 00:43Ўзбекистон Суперлигаси: 4-тур учрашувларини бошқарадиган ҳакамлар маълум бўлди  1 00:10Ла Лига. "Барселона" — "Севилья" 5:2  5 23:55АПЛ. "Ливерпуль" "Тоттенхэм"га қарши ўйиннинг 90-дақиқасида тўп ўтказиб юбориб, ғалабани қўлдан чиқарди  24 23:03Мбаппе "Реал"нинг Чемпионлар Лигаси 1/8 финалидан ўрин олган "Манчестер Сити"га қарши жавоб ўйинида асосий таркибда майдонга тушмайди  15 22:51Камолиддин Тожиев: "Бугун бизнинг кунимиз эмас экан"  20 22:10Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди  80 21:57Фоденнинг "Манчестер Сити"даги келажаги ҳақида маълумот берилди  2 21:15Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.  231

O'zbekiston Superligasi uchun Fantasy Football ishga tushdi Yangiliklar

O'zbekiston Superligasi uchun Fantasy Football ishga tushdi

Teglar :  FantasyFootball
O'zbek futbol muxlislari uchun ajoyib xushxabar! Fantasy Football loyihasi O'zbekiston Superligasi bahslari uchun ilk bora rasman ishga tushiriladi.

Yaqin kunlarda Liga hamda World of Fantasy Football kompaniyasi bilan hamkorlikda O'zbekiston Superligasining yangi mavsumi oldidan Fantasy  – O'zbekiston Superligasi loyihasi ishga tushiriladi. Fantasy Football ixlosmandlari esa yangi mavsumda Superliga bahslarida bellashish imkoniyatiga egadirlar.

O'zbekiston Superligasi klublari uchun qishki transfer oynasi yopilgandan so'ng hamda Superliga klublari tarkiblari shakllantirilgach Fantasy – O'zbekiston Superligasi loyihasi rasman start olishi rejalashtirilgan. Loyiha starti, aniq sanasi yaqin kunlarda elon qilinishi ko'zda tutilgan.

Takidlash lozim, Fantasy Football – futbol jamoatchiligi orasida juda ommabop hamda qiziqarli loyiha hisoblanadi. O'zbekistonda ham ushbu loyihaga befarq bo'lmagan muxlislar, qiziquvchilar ko'plab topiladi. So'nggi yillarda O'zbekiston Superligasi uchun ham Fantasy Football yaratish haqida ko'plab savollar va so'rovlar bor edi. Liga ushbu loyihaga qiziqish bildirdi hamda World of Fantasy Football kompaniyasi bilan hamkorlikda uni ishga tushiradigan bo'ldi.

Futbol ishqibozlari O'zbekiston Superligasi uchun maxsus platforma - uzfantasy.com saytiga kirib ro'yxatdan o'tishlari va o'z jamoalarini shakllantirishlari mumkin. Takidlash joiz, ayni damda barcha jamoalar tarkiblari to'liq ko'rinishda emas va qishki transferlar oynasi tugashi bilan to'liq holga keladi. Shuningdek, yaqin kunlarda tashkilotchilar ushbu saytning mobil ilovasini ishga tushirishni rejalashtirgan. Ayni damda mobil ilovalar ishga tushirilishining yakuniy bosqichida va bu xaqda yaqin orada xabar beriladi.

Fantasy Football nima?

Fantasy Football – Futbol muxlislari uchun virtual jamoalar bilan o'ynaladigan onlayn-o'yin. Bunda muxlislar tomonidan real futbolchilardan tuziladigan virtual jamoalar o'zaro bellashadi. Ushbu bellashuvlarda muxlislar tuzgan jamoadagi futbolchilar real chempionatda yig'adigan ochkolari – gol, assist, quruq o'yinlar kabi ko'rsatkichlarda raqobatlashadi. Yakunda eng ko'p ochko olgan ishtirokchi g'olib bo'ladi.

Fantasy Football asosiy qoidalari
Tarkib shakllantirish – Menejer o'zi uchun belgilangan limitda (100 so'm) o'z tarkibini jami real klublardan 15 nafar futbolchi olish bilan shakllantiradi. Bunda odatda 2 nafar darvozabon, 5 nafar himoyachi, 5 nafar yarimhimoyachi hamda 3 nafar hujumchi tarkibda bo'lishi ko'zda tutiladi.

Cheklov – Malum klubdan o'yinchi olishga limit qo'yiladi. Bunda, bir klubdan ko'pi bilan 3 futbolchi olishga ruxsat etiladi.

Dedlayn – Yakuniy tarkibni yig'ish eng kechi bilan kelayotgan tur o'yiniga 120 daqiqa qolganida amalga oshirilishi kerak.

Transferlar –
Har tur oldidan menejer o'z tarkibiga belgilangan miqdorda yangi futbolchi olishi mumkin.

Fantasy Football – O'zbekiston Superligasi uchun tartib-qoidalar ishlab chiqilgan bo'lib, u ushbu loyiha uchun yaratiladigan maxsus platformada havola etiladi.

Takidlash lozim, mavsum yakunlariga ko'ra yuqori uchlikka kirgan sovrindorlar uchun maxsus sovg'alar taqdim etiladi.

1-o'rin. G'olibga kelasi yilda Saudiya Arabistoni mezbonlik qiladigan Osiyo Kubogiga 2 kishilik chipta.
2- o'rin. So'nggi rusumdagi Iphone smartfoni.
3- o'rin. Sony Playstation 5.

Shuningdek, Superliganing turli turlarida eng ko'p ochko yig'a olgan menejerlarga Superliga yulduzlari dastxati tushirilgan liboslar va boshqa shunga o'xshash sovg'alar berib boriladi.

Reyting: +8   

Fikrlar

   
18 fev 23:36:56
Akbar Mirzayev
Салом нега нефчидан уйинчилар йук пуллик трансферов хакида малумот йук еки хали тулик масми
   
18 fev 21:51:46
Ulugbek....
Bu oʼyindi man yaxshi tushunaman. Lekin Neftchini 1 ta ham oʼyimchisi yoʼq. Tranfer oynasi qachon tugedi. Kech qomemizmi jamoa yigʼgani
   
18 fev 19:58:35
Rashidhon Tursunov
Хаммага Бир хил имконят бериш керак .Хар Бир труда 3та трансфер россияни спортс.ру каби. Пуллик трансфер булмаслиги керак нохолис булади.
   
18 fev 19:56:14
Баходир Джурабоев
Nega Neftchi oyinchilari yoʻq ular yetimi
   
18 fev 14:16:28
nerazzuri
Zoʻr boladi lekin , biroq loyiha biroz kechikmoqda.
   
18 fev 14:13:50
Каримжон Матхолиқов
Тушунмаган бўлсам хам пилюс босиб қўйўрдим.
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика