O'zbekiston Superkubogiga "Bunyodkor" stadioni mezbonlik qiladi
16 apr 2024 13:45
Yangiliklar
O'zbekiston Superkubogiga "Bunyodkor" stadioni mezbonlik qiladi
Qarshi va Toshkent o'rtasida Superkubok uchrashuvini qabul qila oladigan yagona stadion "So'g'diyona" bo'lib, mazkur arena bir yil muqaddam unga mezbonlik qilgandi. Ayni vaqtda Buxoro, Navoiy, Samarqand, Guliston shaharlarida bunday nufuzdagi uchrashuvni qabul qila oladigan stadion mavjud emas. Qarshi esa O'zbekiston kubogining 2023 yilgi final uchrashuvini o'tkazdi.
SHu tariqa Liga Toshkentdagi "Bunyodkor" arenasini maqbul variant deb topdi. Lokaciya masalasida Toshkent "Nasaf" uchun vodiydagi stadionlarga nisbatan qulayroq. Muxlislarning o'yinga tashrifi masalasida ham "Bunyodkor" Superkubok ishtirokchilari uchun yaxshi variant.
Superkubokda qatorasiga to'rtinchi bor "Paxtakor" va "Nasaf" to'qnash keladi. Bungacha ular Samarqand, Yaypan va Jizzaxdagi Superkubokda uchrashgan bo'lib, mos ravishda dastlabki ikki shaharda "Paxtakor", Jizzaxda esa "Nasaf" sovringa ega chiqqan.
Toshkentdagi bellashuv 29 may kuni bo'lib o'tadi. Uchrashuv bilan bog'liq qolgan tafsilotlar keyinroq malum qilinadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон U-17 терма жамоаси пенальтилар сериясида Хорватияни енгиб, кейинги босқичга йўл олди
ЖЧ саралаши. Португалия Роналдусиз рақиб дарвозасига 9 та тўп киритиб, мундиалга чиқди
Криштиану Роналду фаолиятида илк бор Португалия термаси сафида қизил карточка олди
Fikrlar