So’nggi yangiliklar

11:10"Қалдирғочлар" қаршисида "чақилмас ёнғоқ": "Қизилқум" – "Бунёдкор" учрашувини кўриш учун 7 та сабаб  1 10:50"Манчестер Юнайтед"га 21 ёшли футболчи керак  1 10:25Родригонинг вакиллари Англияда  4 10:1025 август куни ЎФФ раҳбарияти иштирокида брифинг бўлиб ўтади  0 09:52Луис Энрике: "Танқидларни тўғри тушунаман"  0 09:37Суперлига. Бугунги учрашувларни кимлар шархлайди?  12 09:24Кунде: "Рекордни янгиламоқчиман"  0 08:57"Ювентус" Артурни ижарага беради  1 08:27Sofascore. Кечаги учрашувда Шомуродов ва Файзуллаев неча баҳога лойиқ кўрилди?  11 08:00Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" - "Крайова" 1:2  5 07:56Суперлига. Бугун бизни яна иккита учрашув кутиб турибди  12 07:35Суперлига. "Нефтчи" йирик ҳисобда ғалаба қозонди, "Бухоро" – "Қўқон-1912" баҳсида эса ўйин тақдирини битта гол ҳал қилди  1 07:30Расман. "Ювентус" футболчиси АПЛга кўчиб ўтди  0 01:52Конференциялар лигаси саралаши. "Кристал Пэлас" илк ўйинда ўз майдонида кичик ғалаба қайд этди  1 01:15"Манчестер Сити" марказий ҳимоячисини сотиб юборди  1

O'zbekiston - "Paxtakor" 6:0. Matnli translyaciya Yangiliklar

O'zbekiston - "Paxtakor" 6:0. Matnli translyaciya

Osiyo o'yinlarida ishtirok etuvchi O'zbekiston terma jamoasi "Paxtakor" bilan o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdi.
 
                               MATNLI TRANSLYACIYA
                                         YANGILASH



90- O'yin tugadi!

88- Sardor Rashidov sal qolsa ettinchi golni kiritishi mumkin edi.

82- "Paxtakor" himoyalanish bilan band.

77- Gool! Egor Krimec o'zining aniq zarbasi bilan "Paxtakor"  darvozasiga navbatdagi to'pni kiritdi, 6:0!

67- Gool! Jamshid Iskanderov! Vladimir Kozakning uzatib bergan to'pini Jamshid Iskanderov boshi bilan darvozaga yo'lladi, 5:0!

65- Gol! Maksimilyan Fomin o'z darvozasini ishg'ol etdi, 4:0!

64- Maydonda keskin kurash kechmoqda.

56- Golll! Navro'z Alimov! Igor Sergeev chap qanotdan jarima maydonchasi ichiga to'pni tashladi. Navro'z Alimov esa to'pni aniq darvozaga joyladi, 3:0!

55- Oybek Qilichevning yaqin masofadan tepgan zarbasini Suyunov bartaraf etib qoldi.

53- SHerzod Karimovning uzoqdan yo'llagan kuchli zarbasini Suyunov egallab oldi.

49- Stanislav Andreevga nisbatan Igor Sergeev qo'pollik ishlatdi. 

48- SHerzod Karimovning tepgan to'pini Eldor Suyunov qaytarib qoldi.

46- Ikkinchi bo'lim boshlandi! Ribkin Lobanovni almashtirdi.

Birinchi bo'lim tugadi! TANAFFUS!

42- Sardor Rashidovning yo'llagan zarbasini Lobanov ushlab oldi.

37- Jamshid Iskanderov o'z klubini terma jamoa futbolchisi sifatida jazolashi mumkin edi. Ammo uning zarbasi noaniq ketdi.

35- Ajoyib zarba va chiroyli "seyv"! SHerzod Karimovning bergan kuchli zarbasini Eldor Suyunov mahorat ko'rsatib bartaraf etdi!

31- Ajoyib hujum! Igor Sergeev o'ng qanot bo'ylab yurish qildi va to'pni markazdan etib kelayotgan Sardor Rashidov tomon tashladi. Sardorning darvoza tomon yo'llagan kuchli zarbasiga esa aniqlik etishmadi.

28- Sardor Rashidov navbatdagi hujumni tashkil etdi. Jarima maydonchasi tomon etkazib berilgan to'pga zarba beradigan futbochi topilmadi.

26- Stanislav Andreev urinishi samarasiz yakunlandi. "Paxtakor" vaziyatni o'nglashga o'rinmoqda. 

22- Sardor Rashidovning harakatlari maqtovga loyiq. Rashidov chap qanotdan jarima maydonchasi ichiga kirib bordi va to'pni jamoadoshiga uzatdi. Ammo Lobanov bu vaziyatda chaqqonroq harakat qildi va to'pga birinchi bo'lib egalik qildi. 

20- "Paxtakor" jarima zarbasini amalga oshirdi. SHerzod Karimovning bergan zarbasini Eldor Suyunov ortiqcha qiyinchiliksiz egallab oldi.

15- O'zbekistoning chap qanotdan uyushtirgan hujumi xavfli chiqdi. Azamat Isroilovning yo'llagan zarbasi mo'ljalga aniq bormadi.

12-Goool! Sardor Rashidov! "Paxtakor" darvozasiga belgilangan 11-metrlik jarima to'pini Rashidov bexato amalga oshirdi.

Igor Sergeev "Paxtakor" darvozasini boshi bilan ishg'ol etdi. Lekin bu vaziyatda yon hakam bayroqchasini ko'tarib qoldi.

6-daqiqa. Maxaradzening zarbasini Suyunov maydon tashqarisiga chiqarib yubordi

4-daqiqa: GOL! Iskanderov to'pni olib qo'yib, to'pni Rashidovga oshirdi. Sardor esa himoyachilarni aldab o'tib, to'pni darvozaga yo'lladi, 1:0

- O'yin soat 19:00da "Paxtakor" stadionida boshlanadi.


O'zbekiston - "Paxtakor" 6:0

Gollar: Sardor Rashidov (4), (12-penaltidan), Navro'z Alimov (56), Fomin (65-o'z darvoasiga), Jamshid Iskanderov (67), Egor Krimec (77)


O'zbekiston: Suyunov, Mustafoev, Krimec, Yo'ldoshev, Isroilov, Kozak, Ahmedov, Rashidov, Iskanderov, Sergeev, Alimov.
Zaxradan maydonga tushganlar: Muhiddin Xudoyorov, Davron Hoshimov, Sardor Sobirxo'jaev, Ulug'bek Dadaboev, Javlon Mirabdullaev.

"Paxtakor": Lobanov, Merzlyakov, Fomin, Ubaydullaev, Boltaboev, Maxaradze, Qilichev, Andreev, Karimov, Masharipov, Rogovanov.

Zaxiradan tushganlar: Nikita Ribkin, Abdulaziz Yusupov.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика