So’nggi yangiliklar

01:46Бундеслига. Тен Хагсиз қолган "Байер" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  0 01:01Саудия Арабистони. "Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да дуранг  1 00:33ФИФА 2026 йилдан ўз тақвимида ўзгартиришлар киритади  1 00:15"Милан" учун Аллегри қайси жамоаларни бошқаришни рад қилгани маълум қилинди  1 23:51"Манчестер Сити" Льюис билан шартномани узайтирди  2 23:40Суперлига. "Сўғдиёна" — ОКМК 4:1  0 23:31Антонио Рюдигер 3 ойга сафдан чиқди  4 23:08Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди  0 22:51"Бешиктош" Жотани таркибига қўшиб олди  0 22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  4 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  9 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  8 21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  36 21:13Тарихда шу кун. Қосимов "Ливерпуль"ни доғда қолдирганига 30 йил бўлди  5 20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0

O'zbekiston OTJ Vetnamdagi xalqaro musobaqada ishtirok etadi Yangiliklar

O'zbekiston OTJ Vetnamdagi xalqaro musobaqada ishtirok etadi

O'zbekiston futbol associaciyasi terma jamoalarga bo'lajak katta musobaqalarga tayyorgarlik ko'rish uchun shart-sharoitlar yartatishda davom etadi.

Bugun 1997 yilda tug'ilgan futbolchilardan tashkil topgan O'zbekiston olimpiya terma jamoasi Vetnamda tashkil etilayotgan xalqaro musobaqaga jo'nab ketmoqda. Bu haqda O'FA matbuot xizmati xabar berdi.

Ravshan Xaydarov boshchiligidagi olimpiya terma jamoasi Indoneziyada bo'ladigan Osiyo o'yinlarida ishtirok etishi sababli Vetnamdagi musobaqaga terma jamoamizni katta murabbiy Sunnatilla Abdurasulov olib boradi. 2020 yilda Tokioda o'tkaziladigan Olimpiada o'yinlarining saralash bosqichida ishtirok etadigan jamoaga ushbu ikki terma jamoadan nomzodlar tanlab olinadi.

30-31 iyul kunlari Toshkent shahrida yig'in o'tkazgan terma jamoamizga Vetnam shahridagi xalqaro musobaqada Vetnam, Ummon va Falastin olimpiya terma jamoalari raqiblik qilishadi. Musobaqa 3 avgustdan 8 avgustgacha davom etib, unda jamoamiz 3ta o'yinda maydonga tushadi. Musobaqa taqvimiga ko'ra terma jamoamiz o'tkazadigan o'yinlar jadvali:

3 avgust
Soat 14:30 O'zbekiston – Ummon

5 avgust
Soat 14:30 O'zbekiston – Falastin

7 avgust
Soat 17:30 Vetnam – O'zbekiston

Izoh: Uchrashuvlar boshlanishi Toshkent vaqti bilan ko'rsatilgan.

Vetnamga yo'l olayotgan Olimpiya terma jamoamiz tarkibi quyidagicha:

Darvozabonlar:

Hamroev Dilshod, “Navbahor”
Karimov Sarvar, “Qo'kon-1912”

Himoyachilar:
Alijonov Ilhom, “Nasaf”
Abdullaev Ibrohim, “Surxon”
Ismoilov Ergash, “Buxoro”
Hoshimov Doniyor, “Metallurg”
Nasrullaev SHerzod, “Nasaf”
Rustamov Oybek, “Qo'kon-1912”

Yarim himoyachilar:
Ismoilov Abrorbek, “Neftchi”
Qodirqulov Sanjar, “Bunyodkor”
Azimov Sardor, “So'g'diyona”
Nurulloev Suhrob, “Metallurg”
Ahmadov Jahongir, “Paxtakor”
To'xtasinov Nurillo, “So'g'diyona”
Ikromov Farruh, “Bunyodkor”
Abdullaev Abdulla, “Bunyodkor”
Yo'ldoshev Ibrohim, “Metallurg”
Amonov Azizbek, “Lokomotiv”

Hujumchilar:
Xolto'raev Jasur, “SHo'rtan”
To'raev Akobir, “Buxoro”

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика