O'zbekiston OTJ Osiyo kuboklari tarixida eng ko'p legioner bilan ishtirok etmoqda. Avvalgi turnirlarda vaziyat qanday bo'lgan?
24 apr 2024 13:15
Yangiliklar
O'zbekiston OTJ Osiyo kuboklari tarixida eng ko'p legioner bilan ishtirok etmoqda. Avvalgi turnirlarda vaziyat qanday bo'lgan?
"Lans" va CSKA jamoalari Abduqodir Husanov, Abbosbek Fayzullaevga musobaqada ishtirok etishi uchun ruxsat berdi. Ular Vetnamga qarshi o'yinda maydonga tushishdi. SHu tariqa O'zbekiston U-23 terma jamoasi Osiyo kuboklari tarixida eng ko'p legioner bilan ishtirokini davom ettiradi. Keling avvalgi musobaqalarda tarkibimizda necha nafar legionerlar bo'lganini ko'rib chiqamiz.
Agar hammasi ko'ngildagidek yakun topsa, U-23 Osiyo Kubogida tarixdagi eng ko'p legioner bilan ishtirok etamiz. Bungacha bo'lgan 5 ta musobaqada tarkibimizda umumiy 3 nafar legioner bo'lgan.
2014. O'mon
Tarkibdagi legionerlar soni: -
Bosh murabbiy: SHuhrat Maqsudov
Yakuniy natija: Guruh bosqichi

2016. Qatar
Tarkibdagi legionerlar soni: 1 nafar, Husniddin G'ofurov ("Yavor")
Bosh murabbiy: Samvel Babayan
Yakuniy natija: Guruh bosqichi
2018. Xitoy
Tarkibdagi legionerlar soni: -
Bosh murabbiy: Ravshan Haydarov
Yakuniy natija: CHempionlik

2020. Tailand
Tarkibdagi legionerlar soni: -
Bosh murabbiy: Lyubinko Drulovich
Yakuniy natija: 4-o'rin

2022. O'zbekiston
Tarkibdagi legionerlar soni: 2 nafar, Jasur Jaloliddinov ("Qayrat"), Odilbek Abdumajidov ("Ordabasi")
Bosh murabbiy: Timur Kapadze
Yakuniy natija: 2-o'rin

2024. Qatar
Tarkibdagi legionerlar soni: 5 nafar, Umarali Rahmonaliev ("Rubin"), Abbosbek Fayzullaev (CSKA), Ibrohimhalil Yo'ldoshev ("Qayrat"), Abduqodir Husanov ("Lans"), Xojimat Erkinov ("Al Vahda")
Bosh murabbiy: Timur Kapadze
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон U-17 терма жамоаси пенальтилар сериясида Хорватияни енгиб, кейинги босқичга йўл олди
ЖЧ саралаши. Португалия Роналдусиз рақиб дарвозасига 9 та тўп киритиб, мундиалга чиқди
Португалия ЖЧ йўлланмасини қўлга киритганидан сўнг Роналду қисқа фикр билдирди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Fikrlar