So’nggi yangiliklar

14:10Расман: Луис Диас – "Бавария" футболчиси  1 13:54"Насаф"га ганалик хавбек келмоқда  2 12:39"Футболчи учун жароҳатдан-да хавфли муаммо бор"  1 12:35"Камп Ноу"да чим ётқизиш ишлари бошланди  0 12:15Эрон матбуоти: Машарипов жароҳат олди  3 12:04"Нефтчи" U-20 Жаҳон чемпионатида иккита гол урган футболчи билан шартнома тузди  1 11:42Отабек Нарзуллаев — "Машъал" янги бош мураббийи  1 11:36Ўзбекистон U-21 октябрь ойида Қозоғистон U-21 билан ўйнайди  2 11:12Расман: Шаҳзод Азмиддинов - “Андижон” футболчиси  5 11:02Расман: ️Ҳамидулло Абдунабиев — ️ОКМК футболчиси  1 10:23Сон Хён Мин фаолиятини АҚШда давом эттиришга яқин  2 09:50Зайниддин Тожиев Пролига жамоасида иш бошлади  3 09:14"Бухоро" беш нафар футболчини рўйхатдан ўтказди  2 08:40"Пахтакор" футболчисини "Динамо"га ижарага берди  4 08:09ОКМК ҳужумчиси иккинчи даврани водийда давом эттиришга яқин  1

O'zbekiston o'smirlar termasi U-16 OCH saralashini g'alaba bilan boshladi Yangiliklar

O'zbekiston o'smirlar termasi U-16 OCH saralashini g'alaba bilan boshladi

Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida 2002 yilda tavallud topgan futbolchilar o'rtasida Osiyo chempionatiga saralash bosqichi “A” guruhi uchrashuvlari davom etmoqda.

Dilshod Nuraliev bosh murabbiyligidagi jamoa bugun, 18 sentyabr kuni Bahraynga qarshi maydonga tushib, 1:0 hisobida zafar quchdi. Uchrashuvdagi yagona golga zaxiradan maydonga tushgan Mirjalol Qosimov 89-daqiqada mualliflik qildi va jamoaga dastlabki 3 ochkoni taqdim qildi.

Qayd etish kerakki, o'yinning 33-daqiqasida bahraynliklar himoyachisi O'zbekiston o'smirlar termasi hujumchisi Igor CHikrizovga og'ir jarohat etkazdi. Hujumchi maydonni tark etib, shu zahoti shifoxonaga etkazildi.

O'tkazilgan tibbiy ko'rikdan keyin Igor CHikrizovga o'ng oyoq tovon qismini bog'lovchi pay shikastlanishi tashxisi qo'yildi. Futbolchiga barcha kerakli muolajalar ko'rsatilgach, shifokorlar O'zbekiston o'smirlar termasi hujumchisining jarohatidan tiklanishi uchun 2–4 hafta vaqt kerak bo'lishini malum qilishdi.

Kunning ikkinchi o'yinida Iordaniya o'smirlari SHri-Lankaga qarshi bahs yuritdi. Guruh autsayderi sifatida etirof etilayotgan SHri-Lanka bu safar o'z darvozasidan 7 ta gol olib chiqdi.


U-16 OCH saralash bosqichi
Ar-Riyod, Saudiya Arabistoni
18 sentyabr, dushanba

Bahrayn – O'zbekiston 0:1

Gol
: Mirjalol Qosimov (89)

O'zbekiston U-16: Mo'minmirzo Qodirov, Abdurauf Bo'riev (Mirjalol Qosimov, 83), Xurshidbek Ubaydullaev, Jasurbek Abdulbekov, Jaloliddin Sodiqov, Jasurbek Jaloliddinov, Ruslan Roziev (Temur Mamasiddiqov, 63), Doniyor Sobirov, Mironshox Sattorov, Igor CHikrizov (Boburbek Sobirov, 33), Boburmirzo Ergashev.

Ogohlantirishlar: Xolid Haytam al-SHeruqiy (25), Ahmad Abdulla (31) – Mironshox Sattorov 83.

Kunning ikkinchi o'yinida Iordaniya o'smirlari SHri-Lankaga qarshi bahs yuritdi. Guruh autsayderi sifatida etirof etilayotgan SHri-Lanka bu safar o'z darvozasidan 7 ta gol olib chiqdi.

SHri-Lanka – Iordaniya 0:7

Yakuniga etgan o'yinlardan keyin “A” guruhi jadvali quyidagi ko'rinishni oldi. Mazkur havolaga o'tish orqali ham turnir jadvali bilan tanishish mumkin.

 

#

Jamoa/“A” guruhi

O'

G'

D

M

T/N

O

1.

Iordaniya

2

2

0

0

9-1

6

2. 

Bahrayn

2

1

0

1

6-1

3

3. 

O'zbekiston

1

1

0

0

1-0

3

4. 

Saudiya Arabistoni

1

0

0

1

1-2

0

5. 

SHri-Lanka

2

0

0

2

0-13

0

Quyida bo'lajak o'yinlar anonsi bilan tanishing.

20 sentyabr, chorshanba

O'ZBEKISTON – SHri-Lanka
Saudiya Arabistoni – Bahrayn

22 sentyabr, juma

Iordaniya – O'ZBEKISTON
Saudiya Arabistoni – SHri-Lanka

24 sentyabr, yakshanba

Bahrayn – Iordaniya
O'ZBEKISTON – Saudiya Arabistoni

Malumot uchun, U-16 Osiyo chempionati saralashida OFKga azo jami 45 mamlakatning o'smirlar terma jamoalari 10 guruhga bo'lingan holda ishtirok etmoqda. Guruhda birinchi o'rinni egallagan 10 ta hamda eng yaxshi 5 ta ikkinchi o'rin sohiblari mezbon Malayziyaga qo'shilgan holda Osiyo chempionati final bosqichiga yo'llanma oladi. U-16 Osiyo chempionati 2018 yilning 20 sentyabr  – 7 oktyabr kunlari Malayziyada o'tkaziladi.


Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика