So’nggi yangiliklar

17:04Франк Рибери бу йил "Олтин тўп"га ким муносиб эканлигини айтди  2 16:31Роберто Карлосга Одил Аҳмедов ва "Реал" ҳақида савол берилди  0 16:16Фабио Каннаваро: "Айни пайтда ҳимоячининг ваколат доираси кенгайган"  0 15:52Эрон CAFA мусобақасида иштирок этадиган футболчилар рўйхатини эълон қилди  7 15:03Моуринью "Фенербахче" раҳбариятини танқид қилди  5 14:40Чемпионлар лигаси янги мавсумида ўйналадиган тўп намойиш этилди  0 14:25Фламарион дубль қайд этганига қарамай, танаффусда захирага олинганига муносабат билдирди  5 13:45Неъматилло Қутибаев: "Тўғрисини айтаман, "ФарДУ" бизга нисбатан яхшироқ ўйнади"  0 13:37Шавкат Юсупов: "Вазиятлар устида кўпроқ ишлашимиз керак"  1 12:55Таҳлил – футбол кўзгуси...  0 12:40Моуринью "Реал" футболчисини олиб келмоқчи. "Фенербахче" "Қироллик клуби" билан боғланди  0 12:10Абдурауф Бўриев кубок финалида қайси клуб билан тўқнаш келишни исташини айтди  2 11:54Бруну Саудия ва Америка клублари таклифларини кўриб чиқади  3 10:48Рубен Аморим: "Менимча, биз ҳали тайёр эмасмиз"  5 10:22АS. "Реал" АПЛдан футболчи олиб келишни режа қилмоқда  4

O'zbekiston MTJ qachon yig'ilishi va qaysi payt Avstraliyaga ketishi haqida Yangiliklar

O'zbekiston MTJ qachon yig'ilishi va qaysi payt Avstraliyaga ketishi haqida

Ektor Kuper boshchiligidagi O'zbekiston terma jamoasi noyabr oyida Avstraliyada yig'in o'tkazadi.

Ektor Kuperning terma jamoamiz rulidagi uchinchi yig'ini yashil qitada o'tadi. Mazkur yig'in doirasida terma jamoamiz avvaliga Livan, keyinchalik esa Janubiy Koreyaga qarshi o'rtoqlik o'yinlarida maydonga tushadi.

Saytimiz xodimi SHahboz Beg'amovga malum bo'lishicha, O'zbekiston terma jamoasi uchinchi yig'inga tayyorgarlikni boshlash uchun 11 noyabr kuni Toshkentda yig'iladi. Aynan shu kuni poytaxtda yig'iladigan terma jamoamiz kechki payt Avstraliyaga uchib ketishi ko'zda tutilgan. O'zbekiston terma jamoasi delegaciyasi Toshkent-Seul-Brisben yo'nalishi bo'ylab Avstraliyaga uchishi rejalashtirilgan.

O'zbekiston terma jamoasi 11 noyabr kuni kechki payt soat 21:25da Toshkentdan Seulga chamasi 6 soatdan sal oshiqroq vaqt parvoz qiladi. Keyin esa Seuldan Brisbenga taxminan 9 soatdan sal ko'proq vaqt uchishadi va seshanba kuni, yani 13 noyabrda Avstraliyaning Brisben shahriga etib borishadi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston terma jamoasi Avstraliyaning Brisben shahrida 15 noyabr kuni Livanga qarshi, 20 noyabrda esa Janubiy Koreya bilan o'rtoqlik bellashuvlarida maydonga tushadi.

Ektor Kuper mazkur yig'inning kengaytirilgan tarkibida 30 nafar futbolchini chaqirishi kutilmoqda. Ammo hozircha Ektor Kuper boshchiligidagi murabbiylar shtabi uchinchi yig'inga jalb etiladigan tarkibni rasman malum qilgani yo'q.

 

#1 Ektor Kuperning ilk yig'iniga oid raqam va faktlar

#2 Ektor Kuper boshchiligadagi - O'zbekiston terma jamoasi yig'ini haqida (tahlil)

Reyting: +28   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика