So’nggi yangiliklar

21:26Ла Лига. "Реал Мадрид" қийин ўйинда "Реал Сосьедад"ни мағлуб этди, мадридликлар 32-дақиқада ўн киши бўлиб қолишди  49 21:06Суперлига. Бир киши кам бўлиб қолган "Пахтакор" "Нефтчи"ни мағлуб этди  208 21:03"Бешиктош" — "Истанбул Башакшехир". Таркиблар маълум  9 20:36"Вест Хэм" — "Тоттенхэм". Таркиблар маълум  0 20:13"Ювентус" — "Интер". Таркиблар маълум  3 20:04"Персеполис" — "Фулад". Таркиблар маълум  3 20:00"Қўқон-1912" "Қизилқум"нинг мағлубиятсиз сериясига чек қўйди  11 19:17АПЛ. "Арсенал" ўз уйида "Ноттингем Форест"ни йирик ҳисобда таслим этди, Субимендидан дубль!  21 16:57Пепе Ла Лигада ойнинг энг яхши футболчиси деб топилди. "Вильярреал" форварди Ямал ва Мбаппени ортда қолдирди  0 16:28"Манчестер Сити" "Барселона" ярим ҳимоячисини нишонга олди  2 15:19ЎзЭл Классикосига превью  15 14:54"Истанбул Башакшехир"нинг янги бош мураббийи маълум  6 14:23Бернарду Силвага Португалия топ-клуби қизиқиш билдирмоқда  0 13:48"Реал" АПЛ футболчиси учун 60 млн евро таклиф қилмоқчи  1 13:08Эриксен нега "Вольфсбург"га ўтишга қарор қилганини айтди  1

O'zbekiston MTJ bugun Denisovsiz Manamaga uchib ketadi Yangiliklar

O'zbekiston MTJ bugun Denisovsiz Manamaga uchib ketadi

O'zbekiston milliy terma jamoasi bugun JCH-2018 saralashi doirasida Bahraynga qarshi o'yinni o'tkazish uchun Manamaga uchib ketadi.

Terma jamoa delegaciya rahbari Asqar Tolibjonov boshchiligida Bahraynga charter reys orqali soat 09:30da uchib ketadi. Malumot uchun, kecha Toshkentga uch nafar legionerimiz Vitaliy Denisov, Odil Ahmedov va Sanjar Tursunov ham etib kelishdi, biroq mashg'ulotlarda qatnashishmadi. 

Denisov jarohati tuzalmaganligi tufayli Bahraynga qarshi o'yinda ishtirok eta olmaydi. SHu bois u safarga bormaydigan bo'ldi. Uning o'rnini Vohid SHodiev to'ldirdi.

Bugun va ertaga Manamada bo'ladigan mashg'ulotlarda jamoamiz to'liq tarkib bilan shug'ullanadi. Samvel Babayan bu o'yinga quyidagi futbolchilarni olib ketadi:


Darvozabonlar: Aleksandr Lobanov "Paxtakor", Eldor Suyunov "Nasaf", Ignatiy Nesterov "Lokomotiv".

Himoyachilar: Davron Hoshimov "Paxtakor", Egor Krimec "Paxtakor", Anzur Ismoilov "CHanchun Yatai" (Xitoy), Islom To'xtaxo'jaev "Lokomotiv", SHavkat Mullajonov "Lokomotiv", SHuhrat Muhammadiev "Nasaf"

Yarim himoyachilar: Odil Ahmedov "Krasnodar" (Rossiya), Server Jeparov "Ulsan Xyunday" (J.Koreya), Aziz Haydarov "Al SHabab" (BAA), Fozil Musaev "Sepaxon" (Eron), Sardor Rashidov "Al Jayish" (Qatar), Sanjar Tursunov "Vorskla" (Ukraina), Stanislav Andreev "Paxtakor", Javohir Sohibov "Paxtakor", Jasur Hasanov "Lokomotiv", Sanjar SHoahmedov "Lokomotiv".

Hujumchilar: Marat Bikmaev "Lokomotiv", Igor Sergeev "Paxtakor", Eldor SHomurodov "Bunyodkor", Vohid SHodiev "Bunyodkor". 


Eslatib o'tamiz, Bahrayn - O'zbekiston uchrashuvi 8 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:00da boshlanadi.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика