So’nggi yangiliklar

01:21Гюндоган, Мюллер ва Нойер терма жамоа билан хайрлашишди  0 01:11Шченсни: "Мен қўрққан ягона футболчи Месси бўлган"  0 00:40Суперлига бош директори: "ЧЛнинг янги формати ўзини оқламаяпти"  2 23:45Италия - Исроил  4 23:45Бельгия - Франция  0 23:45Германия - Нидерландия  2 22:56"Реал" "Байер"нинг 40 млн. евролик футболчисини сотиб олмоқчи  0 22:27ФФФ бренд ҳамкори: "Мухлислар Мбаппени ёқтиришмайди"  2 21:50МЮ йил бошида сотиб юборган футболчисини 20 млн. еврога қайтариб олади  4 20:50Ёмғирли ГАЛЕРЕЯ  6 20:41Бир йил футбол ўйнамаган Неймар ОЧЛ баҳсида майдонга тушиши мумкин  1 20:38Оллоберган Каримов: "Орзуларимдан бири амалга ошди. Аргентина билан муносиб ўйнадик"  1 20:20Англия футбол ассоциацияси Гвардиола билан боғланди, мураббий тез орада қарор қабул қилади  0 18:51Жамшид Искандеров: "Йигитлар эртанги ўйинга 100 фоиз тайёр!"  12 18:39Аббос Файзуллаев - ЦСКАнинг сентябрь ойидаги энг яхши футболчиси  6

O'zbekiston mezbonlik qiladigan U-23 Osiyo chempionatiga saralash haqida nimalarni bilamiz? Yangiliklar

O'zbekiston mezbonlik qiladigan U-23 Osiyo chempionatiga saralash haqida nimalarni bilamiz?

Xabaringiz bor, kelasi yil 1-19 iyun kunlari O'zbekistonda U-23 Osiyo chempionati bo'lib o'tadi.

Har ikki yilda bir marta o'tkaziladigan mazkur musobaqa bu safar shunchaki bo'lib o'tadi, yani Olimpiadaga yo'llanma bermaydi. Ertaga bo'lib o'tadigan ikkita o'yin bilan O'zbekiston yoshlar terma jamoasi ishtirok etadigan saralashning "D" guruhi bahslariga start beriladi.

Guruh o'yinlari aslida Quvaytda bo'lib o'tishi kerak edi, biroq Quvayt mezbonlikdan bosh tortgach, OFK O'zbekistonga berishni lozim topdi. Timur Kapadze boshqaruvidagi futbolchilarimiz ertaga Saudiya Arabistoniga qarshi bahs olib borishadi. 

27 oktyabr. "Jar" stadioni. 15:00

BANGLADESH - QUVAYT

27 oktyabr. "Paxtakor" stadioni. 15:00

SAUDIYA ARABISTONI - O'ZBEKISTON


Saralash guruhlari haqida

Saralash bosqichi jamoalarni 11ta guruhga bo'lgan holda o'tkazilmoqda. 7ta guruhda to'rttadan jamoa bor, uchta guruhda uchtadan va bitta guruhda ikkita jamoa joy olgan.

"A" guruhi: Suriya, Qatar, Yaman, SHri-Lanka. 

O'yinlar Qatarda bo'lyapti.

"B" guruhi: Eron, Tojikiston, Livan, Nepal. 

O'yinlar Tojikistonda bo'lyapti. 

"C" guruhi: Iroq, Bahrayn, Maldiv, Afg'oniston. 

O'yinlar Bahraynda bo'lyapti.

"D" guruhi: O'zbekiston, Saudiya Arabistoni, Bangladesh, Quvayt. 

O'yinlar O'zbekistonda bo'ladi. 

"E" guruhi: Hindiston, Qirg'iziston, BAA, Ummon. 

O'yinlar BAAda bo'lyapti. 

"F" guruhi: Iordaniya, Falastin, Turkmaniston. 

O'yinlar Iordaniyada bo'lyapti. 

"G" guruhi: Indoneziya, Avstraliya.

O'yinlar Tojikistonda bo'lyapti. 

"H" guruhi: Janubiy Koreya, Singapur, SHarqiy Timor, Filippin. 

O'yinlar Singapurda bo'lyapti. 

"I" guruhi: Vetnam, Xitoy Taypeyi, Myanma. 

O'yinlar Qirg'izistonda bo'lib o'tadi. 

"J" guruhi: Malayziya, Tailand, Mo'g'uliston, Laos. 

O'yinlar Mo'g'ulistonda bo'lyapti. 

"K" guruhi: Yaponiya, Kambodja, Gonkong. 

O'yinlar Yaponiyada bo'lyapti.

 


Qanday natijalar qayd etildi?

Demak, 11ta guruhdan 9tasida o'yinlarga start berildi. Ikkita guruh uchrashuvlari ertaga boshlanadi. Bu "D" va "I" guruhlari. Quyida shu paytgacha o'tkazilgan bahslarda qayd etilgan natijalarni keltirib o'tamiz.

Qatar - Yaman 3:0

Suriya - SHri-Lanka 5:0

Eron - Nepal 4:0

Tojikiston - Livan 4:0

Iroq - Maldiv 4:0

BAA - Qirg'iziston 1:2

Ummon - Hindiston 1:2

Turkmaniston - Iordaniya 0:1

Indoneziya - Avstraliya 2:3

Janubiy Koreya - Filippin 3:0

Singapur - SHarqiy Timor 2:2

Tailand - Mo'g'uliston 1:1

Malayziya - Laos 1:0

Kambodja - Gonkong 4:2

Yaponiya - Kambodja 4:0



Osiyo chempionatiga kimlar yo'l oladi? 

Albatta, bu ko'pchilikni qiziqtiradigan savol. Musobaqa reglamentiga ko'ra, 11ta guruhdan birinchi o'rinni egallagan jamoalar bilan birga eng yaxshi 4ta ikkinchi o'rin egasi - jami 15ta jamoa Osiyo chempionati yo'llanmasiga ega bo'ladi. 

O'zbekiston musobaqa mezboni bo'lgani uchun saralashda konkursdan tashqari ishtirok etadi va ochkolari hisobga olinmaydi. SHunga qaramay yosh futbolchilarimizdan faqat ijobiy natija kutib qolamiz.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика