So’nggi yangiliklar

18:16"Андижон"нинг бўлажак рақиби ишончли ғалабага эришди  0 17:50Гвардиола: "3 нафар футболчимиз МЮга қарши аниқ ўйнолмайди. Стоунзнинг майдонга тушиши сўроқ остида. Қолганлар ўйинга тайёр"  2 17:44Суперлига. "Сўғдиёна" - ОКМК 0:0 (матнли трансляция)  2 17:07Руслан Жиянов: "Ота-онам ва тоғам Олимпиада ва ЖЧ йўлланмасини қўлга киритадиган терма жамоа сафида ўйнаш насиб этсин, деб дуо қилишарди"  8 16:40АПЛда август ойининг энг яхши мураббийи аниқланди  1 16:08Ўзбекистон қизиқиш билдирган мураббийга энди Чехия ҳам даъвогар  13 15:48АПЛда август ойининг энг яхши футболчиси маълум  1 15:30"Машъал" ўз уйида меҳмон бўлган "Шўртан"ни ютган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 15:09"Монако" бош мураббийи Погба қачон майдонга тушишга тайёр бўлишини айтди  1 14:40"Ювентус" ҳужум чизиғини нигериялик тўпурар билан кучайтирмоқчи  0 14:11"Бургос" билан музокаралардан қочган Очоа Кипр жамоасига ўтди  0 13:42Чемпионлар Лигасига янги тартиб киритилди  1 13:14"Реал" ёки Аргентина? Мастантуоно олдида қийин танлов  7 12:48Дембеле "Олтин тўп"нинг муқобилини қўлга киритди  4 12:16"Бавария" ноябрда 3 асосий ўйинчиси сафга қайтишидан умидвор  0

O'zbekiston kubogi. "Neftchi" "Do'stlik"ni ishonchli hisobda mag'lub etdi Yangiliklar

O'zbekiston kubogi. "Neftchi" "Do'stlik"ni ishonchli hisobda mag'lub etdi

O'zbekiston kubogi 1-turidan o'rin olgan "Neftchi" – "Do'stlik" uchrashuvi yakunlandi.

"Neftchi" – "Do'stlik" 2:0

"Istiqlol" stadioni. 18:30

Bosh hakam: Rahimbek Karimov

Yordamchi hakamlar: Islom Azimov, Islom Nosirov

Zaxira hakami: G'ayrat Jo'raev

Nazoratchi: Jahongir Saidov

Komissar: Davron Ibrohimov

Gollar: 1:0 — 26, Sanjar Qodirqulov, 2:0 — SHohro'z Norxonov (Mirzohid G'ofurov).

"Neftchi": 1.Botirali Ergashev, 4.Boyan Ciger, 8.Ketelin Karp (24.G'ulomhaydar G'ulomov, 74), 11.Javohir Qahramonov (23.Diyor Turopov, 46), 17.Sanjar Qodirqulov, 18.Mixay Roman (10.SHohruz Norxonov, 46), 19.Mirzohid G'ofurov (14.Xurshid Muxtorov, 77), 20.Anvar G'ofurov, 21.Muhsin Ubaydullaev, 70.Abbos G'ulomov, 99.Effiong Nusungusi (77.Bilolxon Toshmirzaev, 46).

Zaxira: 35.Sanjar Quvvatov, 3.Jaloliddin Jumaboev, 28.Behrux Oblaqulov,  66.Doniyor Valiev.

"Do'stlik": 25.Ulug'bek O'rinboev, 3.Kozim Nurmatov (2.Laziz Mo'ydinov, 89), 4.Sirojiddin Solijonov, 7.SHerzod Qodirov, 8.Davron Sulaymonov, 14.Hamidullo Abduhamidov (9.Abdulaziz Rahimov, 21), 16.Asliddin Tursunpo'latov (11.Sardor Asatillaev, 89), 18.Davron Umirov, 21.Xushnud Avilov, 23.Abduvohid Yashinov, 24.Ilhom Ubaydullaev.

Zaxira: 12.Gleb Xarin, 5.Asror O'rinboev, 10.Maruf Jumaev, 13.Asadbek SHarifov, 15.Abdulloh SHakirov, 19.Anvar Alijonov.

Ogohlantirish: Asliddin Tursunpo'latov (42), Sanjar Qodirqulov (52), Davron Umirov (63).

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

UCHRASHUV YAKUNLANDI!

90. Ikkinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.

89. Mehmonlar tarkibida ikki o'zgarish sodir bo'ldi.

83. ZARBA! G'ulomovning chap oyoqda yo'llangan kuchli zarbasini O'rinboev maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.

80. Muxtorovning zarbasi balandligi bo'yicha Ginnes rekordlari kitobiga kirishga davogarlik qila oladi.

79. Mezbonlar yana bir yaxshi standiart vaziyat yuzaga keldi.

76. O'rinboev Norxonovning xavfli zarbasini qaytardi.

74. "Neftchi"da o'zgarish: Kart o'rniga G'ulomov o'yinni davom ettiradi.

68. "Do'stlik" posboni "Neftchi"ning navbatdagi hujumini to'xtatib qoldi.

63. "Neftchi" futbolchilarini to'xtatishga oxir-oqibat raqib jamoa sardorining o'zi peshvoz chiqdi. Hakam esa bu tashabbus uchun Umirovning nomini sariq rangli kartasiga yozib qo'ydi.

61. Qodirqulovning jarimadan uzatmasiga jamoadoshlarining bo'yi, raqib darvozbonaning qo'li kaltaklik qildi.

58. Mehmonlar vakiliga nisbatan qoidubazarlik sodir etildi.

50. GOL! Ikkinchi bo'lim avvalida maydonga tushgan Norxonov qanotdan uzatilgan to'pga bosh bilan zarba yo'llab, joriy mavsumdagi ilk golini urdi.

46. Ikkinchi bo'lim start oldi. Mezbonlar birato'la uch o'zgarishga qo'l urdi.

Taym yakunlandi.

45+1. Xavfli vaziyat! Roman bolaligida geometriya darsidan stadiongaqochmasdan, yaxshi o'qiganida, hozirgi vaziyat raqib darvoza to'sinini nishonga olmagan bo'lardi.

45. Birinchi bo'limga vaqt qo'shishda hakam urilgan gollar soniga qaradi.

44. Biroz avval qoidabuzarlik ishlatgan Tursunpo'latovga raqib futbolchilari darhol "otvet" qaytarishdi.

42. Tursunpo'latov "Neftchi" futbolchisiga libos almashishni taklif qilmoqchi ekanligini raqib o'yinchisi va hakam noto'g'ri tushundi.

40. "Do'stlik" futbolchisining zarbasi qanday qiymatga egaligini bilmadim-u, lekin darvoza ortidagi elektron benner anchagina qimmat turadi.

37. "Neftchi" darvozaboni nisbatan kuchsizroq raqibga nisbatan bahsda kiyimiga gard yuqtirmaslikni reja qilgandi, biroq "Do'stlik" futbolchisi uning rejasini chippakka chiqardi. Burchak zarbasi.

35. Sanjar Qodirqulovga murabbiy maydonda istagan ishingni qilishing mumkin deganini noto'g'ri tushungan, menimcha. Stadionning istalgan burchagida faol tarzda paydo bo'layotgan futbolchi endi qo'l bilan o'ynashga o'tdi.

30. Ob-havo malumotlariga ko'ra, yaqin kunlarida vodiyda yomg'ir yog'ishi mumkin. Bunga Mixail Romanning tepgan to'pi sabab bo'ladi.

26. GOL! Sanjar Qodirqulov jarima zarbasidan nimalarga qodirligini ko'rsatib qo'ydi!

25. Qahramonov raqib jarima maydoni yaqinida yiqitildi. Hakam esa shaffoflikni taminlash maqsadida to'qnashuv sodir bo'lgan maysali erga dezodarand sepib qo'ydi.

21. "Do'stlik"da ilk o'zgarish. Menimcha, murabbiy Abduhamidovga bir taym imkon beraman deb futzaldagi vaqtni nazarda tutgan.

20. Futbolchilar tomoqlarini g'arg'ara qilib olishmoqda.

15. Qahramonov qahamronlarga xos zarba yo'lladi. Davomini aytsam, qahramonlikdan nom-nishon qolmaydi.

11. Aytgancha, bugun insoniyat ilk marotaba kosmosni zabt etgan kun sanaladi. Mazkur tarixiy sana munosabati bilan Sulaymon ham fazo tomon to'p parvoz qilishida jonbozlik ko'rsatdi.

7. G'ulomov raqib jarima maydonida yiqildi, biroq yon hakam bayroqchasini YPX xodimlari singari olinga cho'zdi.

4. "Do'stlik" futbolchilari do'stlikni chetga surib qo'yib, raqibni xafa qilishi mumkin edi, ammo mezbon himoyachilar so'nggi lahzalarda chaqqonroq harakat qilishdi.

1. Uchrashuv boshlandi. Bugun stadionga sanoqli odam tashrif buyurganini tushunish mumkin. Birinchidan, o'yin kubok doirasida o'tkazilmoqda. Ikkinchidan, dam olish kunlarida ko'pchilik hordiq chiqargani yo'l olishgan. SHunday ekan, daraxtzorlari hali qatl qilinmagan hamda jirafa uylar qurilishga ulgurilmagan hududlarda dam olayotgan ishqibozlar uchun bellashuvni matnli ko'rinishda havola etib boramiz.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика