So’nggi yangiliklar

19:09Ўзбекистон терма жамоасининг бугунги машғулоти Остон Ўруновсиз ўтди  1 18:39Остон Ўрунов БААга қарши ўйинда майдонга тушмайдими?  10 18:31Германия Нагельсманн билан шартномани узайтирмоқчи  1 18:00Миллатлар лигаси. Қозоғистон ўз уйида Словенияни қабул қилмоқда (онлайн ҳисоб)  0 18:00Ўзбекистон U-20 терма жамоаси Аргентинага қарши иккинчи ўйинни ўтказмоқда (онлайн ҳисоб)  0 17:52Рустам Ашурматов Ўзбекистон МТЖ ихтиёрини тарк этади  4 17:20"Қумқўрғон-1977" Биринчи лигадан четлатилади  1 17:11Фарҳод Нишонов: "Футболчиларим Мессининг олдида "Мессини ёқиб олишди"  2 16:22"Ювентус" "Порту"дан ижарага олинган Консейсау бўйича қарор қабул қилди  1 15:55Эдегор қачон сафга қайтади?  0 15:25"Милан" юлдузи ўзига янги клуб танлади  0 14:58Холанд 2025 йилнинг ёзида испан клубига ўтишга тайёр  1 13:50АҚШ терма жамоаси Почеттино қўл остидаги илк ўйинда ғалаба қозонди  2 13:21Инсайдер Романо Гюлернинг режалари ҳақида гапирди  0 12:48Мухтор Қурбонов: "БАА билан уйда ўйнаётганимизни илк дақиқалардан кўрсатишимиз керак"  3

O'zbekiston kubogi. "Nasaf"ga bitta gol etmadi yoxud "Lokomotiv" finalda Yangiliklar

O'zbekiston kubogi. "Nasaf"ga bitta gol etmadi yoxud "Lokomotiv" finalda

O'zbekiston Kubogi yarim finali javob uchrashuvida “Nasaf” va “Lokomotiv” jamoalari o'zaro to'qnash kelishdi.

Ushbu sahifada o'yinning eng asosiy vaziyatlarini kuzatib borish mumkin bo'ldi.

Uchrashuv soat 18:00da boshlandi. Bahsning dastlabki daqiqalari keskin va qo'polliklarga boy tarzda o'tmoqda. Buning natijasida hakam Bikmaevga sariq kartochka ko'rsatdi. Mehmonlar uchrashuvni 5 nafar himoyachi bilan boshlashdi. Birinchi o'yinda "Lokomotiv" 3:1 hisobida zafar quchgan va hozircha ikki to'p ustunlikka ega. 18-daqiqada SHorahmedov o'ng qanotdan to'pni jarima maydoniga oshirib berdi, Abdurahimovning boshi bilan darvozaga yo'llagan zarbasi noaniq bo'ldi. Keyingi daqiqada mehmonlarning hujumi samarasiz tugadi.

31-daqiqada Jasur Hasanovning kuchli zarbasi noaniq chiqdi. Mehmonlarning javob hujumi ham xavfli chiqdi, Ikrom Aliboevning zarbasiga aniqlik etishmadi.

Birinchi taym oxirida ikkala jamoa tengma teng o'yin ko'rsatishdi. Dastlabki bo'limda hisob ochilmadi.

Ikkinchi bo'lim boshida CHeran va G'anievning zarbalari aniq bo'lmadi. Javob hujumini Quvvatov qaytarishga erishdi. 57-daqiqada Abdurahimovning darvozaga yo'llagan zarbasi yana ozgina noaniq bo'ldi. Undan oldin mehmonlarning hujumini Odil Hamrobekov qaytargandi.

"Nasaf" hujumkorlikni oshirmoqda, jamoa finalga chiqishi uchun 2ta javobsiz to'p kiritishi kerak.

70-daqiqada bosh hakam mehmonlar darvozasi tomon penalti belgiladi. Dragan CHeranning zarbasini Nesterov qaytardi, qaytgan to'pni CHeran baribir darvozaga yo'lladi - 1:0.

Qolgan daqialarda hisob o'zgarmadi va "Lokomotiv" ikki o'yin natijasiga ko'ra finalga yo'l oldi. Finalda "Bunyodkor" - "Lokomotiv" to'qnashuviga guvohi bo'lamiz.

O'zbekiston Kubogi-2017. Yarim final javob uchrashuvi
“Nasaf” (Qarshi) – “Lokomotiv” (Toshkent) 1:0
07.10.2017. “Markaziy” stadion. 18:00
Hakamlar:
Vladislav Ceytlin (Toshkent), Timur Galeev (Toshkent), Akbar Po'latov (Toshkent), Ishoq Ibragimov (Nukus)
Nazoratchi: Aleksandr Popov (Toshkent)
Dastlabki uchrashuv – 1:3.

Gol: Dragan CHeran 74, - 1:0.

Amalga oshirilmagan penalti: Dragan CHeran 74 (darvozabon)

“Nasaf”: 35.Sanjar Quvvatov, 2.Akmal SHorahmedov (s), 6.Azizjon G'aniev (45.Bobir Abduxoliqov, 87), 7.Odiljon Hamrobekov, 18.Bahrom Abdurahimov, 20.Islom Kenjaboev (15.SHaxboz Erkinov, 63), 22.Igor Golban, 34.Farruh Sayfiev, 69.Dragan CHeran, 77.Jasur Hasanov, 92.Umarbek Eshmurodov.
Zaxira: 1.Umidjon Ergashev, 4.Maqsud Karimov,  5.G'olib G'aybullaev, 31.Saydullo Rahmatov, 38.Doniyorjon Narzullaev.

“Lokomotiv”: 1.Ignatiy Nesterov, 5.Kaxi Maxaradze, 9.Ikrom Aliboev (11.Sadriddin Abdullaev, 79), 10.Marat Bikmaev (99.Jaloliddin Masharipov, 60), 15.Sardor Mirzaev, 17.Salim Mustafoev, 18.Timur Kapadze (s), 20.Islom To'xtaxo'jaev, 22.Murodbek Bobojonov (78.Azizbek Omonov, 77), 33.Oleg Zoteev, 37.SHerzod Fayziev.
Zaxira: 12.Mamur Ikromov, 28.SHuhrat Muhammadiev, 55.Sanjar SHoahmedov, 77.Diyorjon Turopov, .

Ogohlantirishlar: Marat Bikmaev 9, Murodbek Bobojonov 62, Kaxi Maxaradze 73, Farrux Sayfiev 76, Bobur Abduxoliqov 90, Ignatiy Nesterov 90.

Reyting: +27   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика