So’nggi yangiliklar

02:42ЖЧ-2026 саралаш. Италия имкониятни сақлаб қолди, Франция ҳал қилди, Роналду қизил олди ва бошқа натижалар  4 01:26Оскар фаолиятини якунлаши мумкин  0 00:54"Бавария" Нойер билан шартномани узайтирмоқчи  0 00:38Камавинганинг ҳолатига бугун баҳо берилади  0 00:13U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон Хорватияга қарши ўйинга тайёргарликни давом эттирмоқда  0 23:57ЖЧ-2026 саралаши. Норвегиядан йирик ғалаба, Холанддан дубль ва мавсумдаги 30-гол  3 23:32ЖЧ-2026 саралаши. "Омадсиз"лар дербисидаги биринчи ўйинда дуранг  1 23:07"Ал Айн Кубоги". Эрон Кабо-Вердени пенальтилар сериясида мағлуб қилди ва финалга йўлланма олди  4 22:53Машарипов умумий гуруҳ машғулотларига қайтди  4 22:28Абдулмалик Анваровнинг ҳолати қандай?  4 22:08Фабио Каннаваро: "Имкониятим бўлганда кўпроқ футболчиларни жалб этган бўлардим, аммо ҳозирча 26та футболчини чақира оламиз"  21 21:59"Реал" икки ҳимоячини нишонга олди  1 21:30"Манчестер Юнайтед" Мактоминини қайтармоқчи  2 21:08УЕФАдан яна бир бор Исроилни барча турнирлардан четлатишни талаб қилишди  15 20:51Златан А Серия, АПЛ ва ЛаЛигани солиштирди  1

O'zbekiston kubogi. "Nasaf" ketma-ket uchinchi marta finalga chiqdi! Yangiliklar

O'zbekiston kubogi. "Nasaf" ketma-ket uchinchi marta finalga chiqdi!

O'zbekiston kubogi yarim finali doirasidagi "Nasaf" - "Dinamo" uchrashuvi bo'lib o'tdi.


O'zbekiston kubogi, 1/2 final
"NASAF" - "DINAMO" - 2:1
19 oktyabr 2023 yil. Qarshi, "Markaziy" stadioni. 18:00
Hakamlar:
Akobirxo'ja SHukurullaev, Sanjar SHoyusupov, Alisher Usmonov, Ravshan Abduvohidov.
VAR: Asker Najafaliev
AVAR: Akmal G'iyosov
Nazoratchi: Rustam Bobomurodov
Komissar: Sardor Qudratullaev

Gollar: Azizbek Amonov 10, - 1:0. Vohidjon Oqbo'taev 51, - 1:1 (Dilshod Rahmatullaev). Azizbek Amonov 66, - 2:1 (Mateus Lima Kruz).

"Nasaf": 1.Umidjon Ergashev (35.Abduvohid Nematov, 61), 5.G'olib G'aybullaev, 7.Akmal Mozgovoy, 8.Zafarmurod Abdirahmatov, 9.Javohir Sidiqov (19.Mateus Lima Kruz, 57), 17.Suhrob Nurulloev (2.Alibek Davronov, 57), 34.SHerzod Nasrullaev, 77.Oybek Bozorov (70.Jambuli Jigauri, 84), 88.Marko Stanoevich (18.Bahrom Abdurahimov, 61), 92.Umarbek Eshmurodov, 99.Azizbek Amonov.
Zaxira: 54.Adhamjon Musulmonov, 21.Doniyor Narzullaev, 25.Bekjon Rahmatov, 36.Azizjon Axrorov, .

"Dinamo": 25.Ravshanbek Yagudin, 3.Ulug'bek Abdullaev, 7.Francis Narx (13.Javlonbek Malikov, 81), 10.Joel Kojo, 11.Yudai Koike (22.Mirg'iyos Sulaymonov, 70), 15.Derrik Ediya Mensa (99.Muhammadbobur Asadullaev, 70), 17.Salim Mustafoev, 18.Dilshod Ramatullaev (5.Doston Foteev, 90+1), 30.Abubakir Mo'ydinov (14.Bahodir Nasimov, 70), 44.Dushan Miyich, 77.Vohidjon Oqbo'taev.
Zaxira: 1.Farxod Rahmatov, 9.Hazratjon Tursunqulov, 33.Valeriy Akopov, 70.Xurshidbek Ubaydullaev.

Ogohlantirishlar: Azizbek Amonov 31, SHerzod Nasrullaev 40, Francis Narx 40, Alibek Davronov 86, 

CHetlatish: Alibek Davronov 90+5 (2SK).



MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH


90+6. O'yin tugadi. "Nasaf" 12 noyabr kuni Qarshida bo'ladigan kubok finaliga chiqdi!

90+5. CHETLATISH! Alibek Davronov ikkinchi sariq kartochkani olib maydonni tark etdi. Futbolchi hujumda raqibni turtib yubordi

90+1. O'zgarish. "Dinamo". Rahmatullaev o'rniga Foteev tushdi

90. Uchrashuvga 6 daqiqa qo'shildi

86. Ogohlantirish. "Nasaf". Alibek Davronov

84. O'zgarish. "Nasaf". Bozorov o'rniga Jigauri tushdi

81. O'zgarish. "Dinamo". Narx o'rniga Malikov tushdi

78. Zarba! Mateus Limaning zarbasi noaniq ketdi

72. Zarba! Oqbo'taev 35 metrlardan belgilangan jarima to'pini amalga oshirdi, noaniq!

70. O'zgarishlar. "Dinamo". Koike, Mo'ydinov va Mensa o'rniga Sulaymonov, Nasimov va Asadullaev tushdi

66. GOL! AZIZBEK AMONOV! DUBL! 2:1. O'ng qanotdan uzatilgan to'pni 11 metr masofadan Amonov boshi bilan darvozaga yo'lladi!

61. O'zgarishlar. "Nasaf". Ergashev va Stanoevich o'rniga Nematov va Abdurahimov tushdi 

60"Nasaf" darvozaboni Umidjon Ergashev to'pni qaytarayotganda maydonga noqulay tushdi va oyog'idan jarohat oldi. Posbon shifokorlar yordamida tark etmoqda

57. O'zgarishlar. "Nasaf". Sidiqov va Nurulloev o'rniga Davronov va Lima Kruz tushdi

57. "Dinamo"ning hujumi, Yudai Koikening o'ng qanotdan uzatgan to'pini Ergashev ushlab oldi

51. GOL! VOHIDJON OQBO'TAEV! SUPERGOL! 1:1. Rahmatullaevdan to'pni qabul qilib olgan Oqbo'taev uzoq masofadan supergol urdi!

47. Xavfli vaziyat! Nurulloev hozir katta tezlikda jarima maydoniga kirib borib to'pni sheriklariga uzatdi, himoyachi ishonchli o'ynadi

46. Ikkinchi taym boshlandi


45+2. SHiddatli o'tgan birinchi taym yakuniga etdi, hozircha 1:0, tanaffus

45+2. ZARBA! Oybek Bozorov hozir kichik shedevr yaratishi mumkin edi, chap qanotda raqibni aldab jarima maydoniga kirib zarba berdi, to'p darvoza to'siniga tegib maydonni tark etdi 

45. Birinchi taymga 2 daqiqa qo'shildi

45. ZARBA! Yana "Dinamo"ning hujumi, Narxning bu safargi uzatgan to'pini Mo'ydinov 2 metrdan darvozaga yo'llay olmadi!

44. ZARBA! "Dinamo"ning tezkor hujumi, Kojo o'ng qanotdan tezlik oldi va to'pni jarima maydoniga uzatdi, Mo'ydinovning boshi bilan darvozaga yo'llagan aniq zarbasidan keyin Ergashev to'pni ushlab oldi!

42. Zarba! Amonovning uzatgan to'pini Stanoevich darvoza tomon yo'lladi, ancha noaniq

40. Ogohlantirishlar: SHerzod Nasrullaev va Francis Narx

33. Xavfli vaziyat! "Dinamo"ning hujumi, Narxning zarbasi Eshmurodovga tegib maydonni tark etdi, burchak to'pi! "Dinamo" taslim bo'lmoqchi emas!

31. Ogohlantirish. "Nasaf". Azizbek Amonov

28. Zarba! Francis Narxning jarima maydoni tashqarisidan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi

27. "Dinamo"ning hujumi, Kojo va Eshmurodov to'qnashuvida Umar g'olib bo'ldi

25. "Nasaf"ning hujumi, Bozorov va Sidiqov kombinaciyasini raqib safida Rahmatullaev to'xtata oldi

20. ZARBA! "Dinamo"ning hujumi, o'ng qanotdan uzatilgan to'pni Kojo boshi bilan darvozaga yo'lladi, Ergashevdan seyv

17. "Dinamo" hujumga o'tmoqda, ammo "Nasaf" himoyasi ishonchli o'ynamoqda

14. "Nasaf"ning hujumi, chap qanotdan uzatilgan to'pga hech kim eta olmadi

10. GOL! AZIZBEK AMONOV! AJOYIB GOL! Taxminan 18 metrlardan belgilangan jarima to'pidan keyin Amonov gol urib, hisobni ochdi - 1:0.

9. "Nasaf" xavfli jarima to'piga ega bo'ldi

2. Xavfli vaziyat! "Dinamo"ning hujumi, Kojo o'ng qanotdan oldinga o'tdi va zarba berdi, Umidjon Ergashev o'z o'rnida

1. O'YIN BOSHLANDI!

- Uchrashuv soat 18:00da boshlanadi.

Reyting: +26   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика