So’nggi yangiliklar

14:43"Рома" — "Торино". Таркиблар маълум  0 14:03Канселу: "Барселона"ни яхши кўраман"  1 13:24Алонсо Пеллегрини давридан бери Ла Лигадаги дастлабки 4 ўйинда ғалаба қозонган биринчи "Реал" мураббийи  1 12:39"Ньюкасл" 60 млн еврога харид қилинган ҳужумчисини йўқотди  0 11:58"Манчестер Юнайтед" Англия терма жамоаси ярим ҳимоячисига қизиқмоқда  5 11:30"Манчестер Сити" форварди Холанд: "Жамоани ўз ортимдан эргаштиришим керак"  1 10:39Пролига. Бугун 14-турга старт берилади  0 10:05Артета Эдегорнинг жароҳати ҳақида гапирди  3 09:32Гвардиола: "Манчестер Сити" мен келганимдан бери ҳар доим "Манчестер Юнайтед"дан кучлироқ бўлган  11 09:00Sofascore. Шомуродов дебют голи учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  12 08:30"Интер Майами" йирик ҳисобда мағлуб бўлди, Месси эса пеналтидан фойдалана олмади  26 08:01Суперлига. Бугун "Олимпия" стадиони Суперлига баҳсига мезбонлик қилади  2 07:35АПЛ. "Челси" сўнгги дақиқаларда ғалабани қўлдан бой берди.  7 03:08Акмал Рустамов: "Қўқон шамоли? Бундай об-ҳавода ҳар иккала жамоа ўйнади"  5 02:50Баҳром Ҳайдаров: "Қизилқум"дек жамоани мағлуб этганимиздан хурсанд бўлдим"  2

O'zbekiston Kubogi. Bugun chorak finalga qura tashlanadi Yangiliklar

O'zbekiston Kubogi. Bugun chorak finalga qura tashlanadi

O'zbekiston futbol associaciyasi tomonidan o'tkazib kelinadigan mamlakat kubogining chorak finaliga qura tashlash marosimi jonli ko'rsatiladi. Tashkilot bu masalada “Sport” telekanali bilan kelishuvga erishdi.

1/8 final marosimiga qura tashlash marosimi ham jonli namoyish etilgan bo'lib, unda jamoalar qanday raqibga tushishi mumkinligi masalasi futbol muxlislarining katta qiziqishiga sabab bo'lgandi. Avval aytilganidek, bundan buyon qura jarayonlari imi-jimida o'tib ketmaydi.

8—9 iyul kunlari Superliganing 16-tur bellashuvlari bo'lib o'tadi. 9 iyul kuni “Bunyodkor” klubi mazkur tur doirasida “Qizilqum”ni qabul qiladi. “Sport” bilan kelishuvga ko'ra, uchrashuv tanaffusida O'zbekiston Kubogining 1/4 final bosqichiga qura tashlanadi. Jonli efir “Milliy” stadionining o'zida bo'ladi. Stadionda jam bo'lgan muxlislar marosimni katta ekranda tomosha qilishi mumkin. Stadionga kela olmaganlar esa tanaffus vaqtida efirdan uzoqlashmasligi kerak bo'ladi.

Eski taqvimga ko'ra, O'zbekiston Kubogining finali dekabrga qolib ketayotgandi. O'FA birinchi vice-prezidenti Umid Ahmadjonov topshirig'iga ko'ra, kubok masalasi qayta ko'rib chiqildi va final o'yini 28 oktyabr — yakshanba kuniga tayin qilindi. Katta ehtimol bilan bu vaqtda futbol o'ynash uchun ajoyib ob-havo hukmron bo'ladi. O'FA ham o'z navbatida final o'yinini katta bayram qilib o'tkazishni rejalashtirgan.

Kubokning 1/4 final bosqichi avval belgilangani kabi 12—13 iyul kunlarida emas, balki 17—18 sentyabr sanasida o'tadi. Yarim finallar esa 27 sentyabrga belgilangan. O'zgarishga ko'ra, yarim final bellashuvlari ham qolganlari kabi faqatgina 1 ta o'yindan iborat bo'ladi (uy-safar emas). Bu bosqich uchun ham alohida qura marosimi bo'lib o'tadi. Mezbon jamoalar nomiga ham qura oydinlik kiritib beradi.

Malumot uchun, O'zbekiston Kubogining 1/4 finaliga qadar quyida klublar etib kelgan: “Paxtakor”, “Bunyodkor”, “Lokomotiv”, “Qizilqum”, “Qo'qon-1912”, AGMK, “Mashal” va “Andijon”.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика