So’nggi yangiliklar

01:59Миллатлар лигаси. Англия она диёрида мағлуб қилинди ва бошқа натижалар  4 01:28Алиризо Жаҳонбахш: "Жамоалар ва индивидуал маҳорат ўртасида катта фарқ бор"  12 01:16ЖЧ-2026 саралаши. Саудия Арабистони ўз майдонида Японияга мағлуб бўлди  6 00:55Жалолиддин Машарипов: "Мухлис билан урушмадим, аксинча, бизни қўллаб-қувватланглар дедим"  12 00:38Пенальти тўғри бекор қилиндими? Ўзбекистон - Эрон учрашуви ҳакамлик фаолияти таҳлили  4 00:08Амир Ғаленои: "Бир киши кам бўлиб ҳам иккита пенальти ишладик, ҳакамлар ВАР орқали ҳам хатолар қилишмоқда"  16 23:42Владо Радманович: "Бир очко ҳам яхши натижа, фалокат ясаш керак эмас"  71 23:17ЖЧ-2026 саралаши. Индонезия 90+9-дақиқада гол ўтказиб юбориб, учинчи ўйинда ҳам дуранг ўйнади  11 23:07ЖЧ-2026 саралаши. Гуруҳимиздаги икки ўйин якунланди  32 22:54Миллатлар лигаси. Италия, Франция, Англия ва бошқа термаларнинг асосий таркиблари маълум!  2 22:14ЖЧ-2026 саралаши. Саудия Арабистони - Япония. Асосий таркиблар маълум!  28 21:20БААга қарши ўйин олдидан термамизда жиддий йўқотиш  112 21:20ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - Эрон 0:0  46 21:04ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон бир киши кам бўлиб қолган Эрон билан дуранг ўйнади  700 20:55ЖЧ-2026 саралаши. Жанубий Корея Амманда ишончли ғалаба қайд этди  3

O'zbekiston kubogi. "O'lim guruhi"dan o'rin olgan "Andijon" va "Dinamo" jangovar durang o'ynadi Yangiliklar

O'zbekiston kubogi. "O'lim guruhi"dan o'rin olgan "Andijon" va "Dinamo" jangovar durang o'ynadi

O'zbekiston kubogi 1-turdan o'rin olgan "Andijon" - "Dinamo" uchrashuvi yakunlandi.

«Andijon» – «Dinamo» 2:2
13 aprel, shanba. 18:30. «Bobur arena»

Bosh hakam: SHavkat Nasibullaev
Yordamchi hakamlar: Ruslan Serazitdinov, Baxtiyorxo'ja SHavkatov
Zaxira hakami: Xushnud Suyunboev
Nazoratchi: Valentin Kovalenko
Komissar: Davron Ibrohimov

Gol: 0:1 — 11, Francis Narx, 1:1 — 67, SHerzod Esanov (Bektemir Abdumannov), 1:2 — 73, Joel Kojo (Sanjar SHoahmedov), 2:2 — 88, Rustam Turdimurodov (Armin Boshnyak).

«Andijon»: 72. Igor Litovka, 9. Levan Arveladze, 10. Ilhom Abdug'aniev (7. SHerzod Esanov, 46), 13. Sardor Azimov, 15. Vladimir Bubanya, 17. Farhod Sohibjonov, 28. Islom Mamatkazin, 31. Demir Imeri (26. Muhammadkarim Toirov, 46), 51. Luka Zgurskiy (77. Rustam Turdimurodov, 65), 66. Ilhom Alijonov (5. Abduvohid G'ulomov, 65), 71. Bektemir Abdumannov (94. Armin Boshnyak, 80).

Zaxira: 1. Eldor Adhamov, 11. Sunnatilla Abdullajonov, 14. Abdurahmon Komilov, 21. Ildar Mamatkazin.

«Dinamo»1. Farhod Rahmatov, 3. Ulug'bek Abdullaev, 7. Francis Narx, 10. Joel Kojo, 11. Damir Temirov (9. Humoyunmirzo Iminov, 64), 17. Salim Mustafoev, 20. Jurani Francisko Ferreyra, 21. Anvar Hojimirzaev (58.Xusniddin G'ofurov, 86), 22. Sanjar SHoahmedov, 23. Farruh Ikromov (8. Xislat Xalilov, 64 (14. Bahodir Nasimov, 90+2), 44. Dushan Miyich.

Zaxira: 13. Ravshan Yagudin, 6. Artyom Sokol, 24. Bobur Yorbekov, 77. Vohid Oqbo'taev, 99. Muhammadbobur Asadullaev.

Ogohlantirishlar: Ilhom Abdug'aniev (19), Bektemir Abdumannov (77).

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

UCHRASHUV YAKUNLANDI!

90. Ikkinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berildi.

88. GOL! Zaxiradan o'yinga qo'shilgan Rustam Turdimurodov Boshnyakning qanotdan uzatgan to'pini bosh bilan "Dinamo" darvozasiga joylab qo'ydi!

85. "Dinamo" futbolchilari ketma-ket ikkita zarba yo'lladi. Birini mezbonlar posboni, ikkinchisini himoyachi qaytardi.

80. "Andijon"da o'zgarish sodir bo'ldi.

77. Abdumannonov hakamga etiroz bildirgani uchun ogohlantirildi.

13582 nafar tomoshabin bugungi uchrashuvni tomosha qilish uchun "Bobur arena"ga tashrif buyurdi.

73. GOL! Joel Kojo tezkor qarshi hujum natijasida raqib darvozabonining o'tkir burchagini aniq nishonga oldi!

67. GOL! Zaxiradan maydonga tushib, jamoasining o'yinini kuchaytira olgan Esanov muvozanatni tikladi. Abdumannonovning uzatmasini mezbonlar vakili bosh bilan darvozaga aniq yo'lladi!

65. "Andijon" tarkibida ham ikki o'zgarish yuz berdi.

64. "Dinamo" tarkibida ikki o'zgarish sodir bo'ldi.

60. "Dinamo" posboni yana bir seyv qayd etdi, bu safar burchakdan uzatilgan to'pga Bubanya bosh bilan zarba yo'llagandi.

59. XAVFLI VAZIYAT! Abdumannonovning faol xatti-harakatidan so'ng undan pas qabul qilib olgan Esanov juda yaqin masofadan zarba yo'lladi, biroq Farhod Rahmatov to'pni qaytardi. 

56. Kojoning zarbasini yana "Andijon" posboni bartaraf etdi. Bugun "Andijon" o'ziga o'xshamayapti. 

53. Hojimirzaevga nisbatan Azimov qo'pol o'ynadi. Mehmonlarda qulay standart vaziyat yuzaga keldi.

50. XAVFLI VAZIYAT! Kojoning pasidan so'ng Ikromov yo'llagan zarba "Andijon" darvozasi ustuniga tegib, maydonni tark etdi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi. "Andijon"da ikki o'zgarish yuz berdi.

Taym yakunlandi.

45. Birinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi.

44. Sardor Azimovning chap oyoqda yo'llagan zarbasiga aniqlik etishmadi.

42. ZARBA! Ulug'bek Abdullaevning o'ng oyoqda yo'llagan zarbasi darvoza to'sini yuqorisidan o'tib ketdi.

41. Burchakdan uzatilgan to'pga Alijonov bosh bilan zarba yo'lladi, ammo to'p yo'nalishi noaniq ko'rinish oldi.

38. XAVFLI VAZIYAT! Ikromov raqib o'yinchilarini fishkalarni aldagandek aylanib o'tdi va zarba yo'lladi, to'p esa "Andijon" darvozasining shundoqqina yonidan o'tib ketdi.

37. XAVFLI VAZIYAT! "Andijon" jarima maydoniga kirib borgan Damir Temirov kuchli zarba bilan raqib darvozasining olis burchagini nishonga olishga harakat qildi, biroq unga aniqlik etishmadi.

34. Mamatkazinning uzoq masofadan yo'llagan zarbasi ancha yuqorilab ketdi.

30. Hojimirzaevning chap qanotdan aylanma zarbasi o'ta noaniq ko'rinish oldi.

26. "Dinamo" futbolchilarining ketma-ket ikki zarbasini Litovka bartaraf etdi.

21. XAVFLI VAZIYAT! Yon chiziqdan to'pni o'yinga kiritishda mezbonlarning sustkashligidan so'ng SHoahmedov to'pni Kojoga oshirdi. Mehmonlar hujumchisining yaqin masofadan yo'llagan kuchli zarbasini Litovka qaytardi.

19. Ilhom Abdug'aniev to'p uchun kurashda Ferreyraning oyog'ini bosib olgani uchun sariq kartochka bilan jazolandi.

19. GOL! Standart vaziyatdan so'ng Arveladze "Dinamo" darvozasini ishg'ol qildi. Ammo samarqandliklar futbolchilar suniy ofsayd holatini yuzaga keltirgani sababli gol inobatga olinmadi.

17. "Andijon" burchak zarbasini amalga oshirdi. Mehmonlar ikkinchi urinishda to'pni bir amallab qaytardi. Yana Bubanya to'p uchun kurashda tashabbuskorlik ko'rsatishga uringandi.

11. GOL! Ganalik futbolchi Narx uzoq masofadan "Andijon" darvozasiga ajoyib to'p kiritdi! Hamma narsa o'zimizniki bo'lishi kerak, o'zimiznikilar qimmat bo'lishi kerak deysizlar, mana, chet eldan ham foydasi ko'proq tegadigan xaridlar amalga oshirish mumkin.

10. XAVFLI VAZIYAT! Uzatmadan so'ng Bubanya bosh bilan zarba yo'lladi. Rahmatov to'pni egallashda xatoga yo'l qo'ydi.

9. "Dinamo"da standart vaziyat yuzaga keldi. Biroq mehmonlar bundan foydalana olmadi. Aksincha, "Adijon" futbolchilari qarshi hujumda qulay standartga ega bo'lishdi.

Eslatib o'tamiz, mazkur guruhdan "Nasaf" va "Navbahor" klublari joy olgan. Mazkur to'qnashuv ertaga bo'lib o'tadi.

5. Narx o'z darvozaboniga to'pni oshirishda xavotirli harakat qildi. "Dinamo" posboni epchillik ko'rsatmaganida, avtogol ko'rishimiz mumkin edi.

1. To'xtalish yuzaga keldi. Muxlislar tomonidan uloqtirilgan lentalar maydondan tozalanishi lozim.

1. Uchrashuv boshlandi.

"Andijon" futbolchilari qizil, "Dinamo" vakillari oq rangli liboslarda harakat qiladi.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика