So’nggi yangiliklar

01:15Расман: Азизбек Амонов "Бухоро" футболчисига айланди  0 01:04Равшан Ҳайдаров: "Йигитларда иштиёқ катта эди. Мухлислар қўллови билан ғалабага эришдик"  0 00:57Нодирбек Абдураззоқов: "Японияга қарши ўйинда ғалаба учун майдонга тушамиз. Голимни Ислом Тўхтахўжаевга бағишлайман"  1 00:45"Ювентус" Консейсауни "Порту"дан тўлиқ сотиб олди  0 00:17Рэшфорд "Барса" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  1 23:55"Андижон" назорат ўйинида камбэк эвазига ғалаба қозонди  1 23:24Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАга қарши баҳс олиб боради  1 22:59"Ливерпуль" тўхтамоқчи эмас. Клуб Франция чемпионатидан вингер сотиб олмоқчи  0 22:35U-23. Ўзбекистон – Саудия Арабистони 3:1  3 22:25Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Саудия Арабистонига ҳеч қандай имконият қолдирмади  24 21:41Мюллер фаолиятини МЛСда давом эттиради  3 20:59Родриго "Реал"да қолмоқчи. Футболчи Алонсонинг фикрини ўзгартириш ниятида  5 20:21"Кристал Пэлас" Европа Лигасида четлаштирилиши бўйича спорт арбитраж судига апелляция берди  0 19:51Хави Симонс "Челси"га ўтишга рози  1 19:27Де Хеа: "Манчестер Юнайтед"да ўтказган йилларим учун Англиядан тушган таклифларни рад этдим"  2

O'zbekiston kubogi-2017 final o'yini oldidan prevyu Yangiliklar

O'zbekiston kubogi-2017 final o'yini oldidan prevyu

4 dekabr kuni poytaxtimizdagi “Bunyodkor” stadionida O'zbekiston kubogi-2017 final o'yini bo'lib o'tadi.

Unda mamlakatimizning ikki grand klublari – “Bunyodkor” hamda “Lokomotiv” o'zaro bahs olib borishadi.

Mazkur uchrashuvga bo'lgan etibor ancha yuqori. Zero ushbu ikki etakchi klublar o'rtasidagi to'qnashuvlar hamisha murosasiz ruhda o'tib kelgan. Qolaversa, g'olibga bosh sovrinni Osiyo Futbol Konfederaciyasi prezidenti SHayx Salmon bin Ibrohim al-Xalifa topshiradi.

SHu o'rinda qayd etish joizki, “Bunyodkor” va “Lokomotiv” shu paytga qadar kubok bahslari doirasida o'zaro 6ta o'yin o'tkazishgan. Dastlab 2006 yilda 2-saralash raundida ushbu klublarning yo'llari kesishgan. O'shanda “Lokomotiv” “Quruvchi”dan 3:1 hisobida ustun kelgan.

2013 yilda esa “Lokomotiv” va “Bunyodkor” yarim finalda to'qnash kelishgan. Dastlabki o'yinda 2:2 hisobi qayd etilgan. Javob bellashuvi esa 2:0 hisobida “qaldirg'ochlar” foydasiga hal bo'lgan.

2014 yilda esa klublar finalda o'zaro o'yin o'tkazishgan. Juda qiziqarli ko'rinish olgan bellashuvda “Lokomotiv” 1:0 hisobida zafar quchib, o'z tarixida ilk bora mamlakat kubogiga ega chiqqan.


O'tgan yili esa mazkur klublar yarim finalda to'qnash kelishdi. Ikkala uchrashuvda ham bir xil – 1:0 hisobida raqibdan ustun kelgan “Lokomotiv” final yo'llanmasiga ega chiqqan edi.

Yana bir etiborga molik jihat shundan iboratki, finalchilarning har ikkisi ham ilgari O'zbekiston kubogida zafar quchishga muvaffaq bo'lgan. “Bunyodkor” 4 marta (2008, 2010, 2012, 2013) finalda g'olib chiqqan. “Lokomotiv” esa 2 bora (2014, 2016) O'zbekiston kubogi sohibiga aylangan.

“Lokomotiv” va “Bunyodkor” jamoalari o'rtasidagi finalni Birlashgan Arab Amirliklari vakillari bo'lgan hakamlar guruhi boshqaradi. Mazkur o'yinda Muhammad Abdulla Hasan bosh hakam vazifasini bajaradi. Unga qanotlarda Muhammad Hasan Abdulla al-Mahri hamda Muhammad Ahmad Yusuf Abdulla al-Hammadi yordam beradi. To'rtinchi referi vazifasi Ammar Ali Abdulla al-Junaybiyga yuklatildi.

 
O'zbekiston kubogi-2017, final
4 dekabr, dushanba. Soat 15:00
“BUNYODKOR” – “LOKOMOTIV”
Bosh hakam:
Muhammad Abdulla Hasan (BAA)
Yordamchi hakamlar: Muhammad Hasan Abdulla al-Mahri, Muhammad Ahmad Yusuf Abdulla al-Hammadi (BAA)
Zaxira hakami: Ammar Ali Abdulla al-Junaybiy (BAA)

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика