So’nggi yangiliklar

17:06"Бавария" Тео Эрнандес ва Раумга қизиқиш билдирмоқда  0 16:11"Барселона" сардорларидан бирини сотиб юбориши мумкин  5 15:59ПРО-Лига. "Бухоро" сафарда "Олимпик-MobiUz"га ютқазиб қўйди, "Машъал" — чемпион!  3 15:19Расман: Фрэнк Лэмпард ўзига янги жамоа топди  2 14:18Исмоилов 3 та, Бошкович 2 та ўйинга четлатилди. Тартиб-интизом қўмитасининг қарорлари  2 14:15Одилжон Ҳамробеков "Насаф"га ўтдими?   11 13:58"Арсенал" "Аталанта" ҳужумичисига эътибор қаратди  1 13:34Ди Мария ЕЧЛдаги ассистлар бўйича 2-ўринга чиқиб олди  5 13:07Де Йонг "Барселона"нинг янги шартнома борасидаги таклифини қабул қилмади  11 12:26Слот: "Ливерпуль" бундан ҳам яхшироқ ўйнаши мумкин эди"  14 11:51Бэйл: "Бугунги кунда Килиан Мбаппе — дунёнинг энг яхши футболчиси"  25 11:38Эшитдик-да! Ўзбекистон миллий терма жамоаси аъзоси "Нефтчи"га ўтади  18 10:55Лэмпард Чемпионшип жамоасини бошқаришга рози бўлди  2 10:45"Пахтакор" раҳбариятига таклиф: Қарс икки қўлдан чиқади. Черан клубни чиройли ва муносиб тарк этиши керак   16 10:28Анчелотти кечаги мағлубиятга изоҳ берди  40

O'zbekiston Kubogi. 2-tur bahsli vaziyatlari yuzasidan Ekspert-hakamlar komissiyasi xulosasi Yangiliklar

O'zbekiston Kubogi. 2-tur bahsli vaziyatlari yuzasidan Ekspert-hakamlar komissiyasi xulosasi

Joriy yilning 22 aprel kuni O'zbekiston Kubogi guruh bosqichining 2-turi asosiy bahslari nihoyasiga etdi.

O'zbekiston futbol hakamlari markazi o'tkazilgan uchrashuvlariga yakuniga ko'ra Ekspert-hakamlar komissiyasining navbatdagi yig'ilishini o'tkazdi va tur doirasida kuzatilgan bahsli vaziyatlar tahlil qilindi. 2-tur doirasida o'tkazilgan 15 o'yinda jami 11 ta bahsli vaziyat yuzaga keldi: quyida ularning batafsil izohi va chiqarilgan yakuniy qarorlar bilan tanishishingiz mumkin.

1-vaziyat: "Dinamo" – "Nasaf" bahsi, penalti (VIDEO).

O'zbekiston Kubogi joriy mavsumidagi "o'lim guruhi" maqomini olgan "H" guruhi 2-turidan o'rin olgan "Dinamo" – "Nasaf" (3:3) uchrashuvining 35-daqiqasida mezbonlar jarima maydonchasi ichida bahsli vaziyat sodir bo'lgan. Ikki jamoaning 21-raqamli futbolchilari to'p uchun kurashgan, "Nasaf" futbolchisi jarima maydonchasi ichiga yiqilgan. Vaziyatga VAR aralashib, bosh hakamni monitor yoniga chaqirgan, takrorlarni ko'rgach, Ilgiz Tantashev 11 metrli jarima zarbasi belgilagan.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Ushbu vaziyatda himoyalanayotgan jamoa futbolchisi oyoqning tag qismi bilan raqib oyog'ini bosib olgan. Qaror — penalti bo'lishi kerak edi. VAR vaziyatga aralashib, to'g'ri qilgan: hakamlar jamoasining qarori to'g'ri, deb topildi.


2-vaziyat: "Dinamo" – "Nasaf" uchrashuvi, ehtimoliy qizil kartochka (VIDEO).

Ushbu bahsning 41-daqiqasida ikki jamoa vakillari o'rtasida to'qnashuv sodir bo'lgan. "Dinamo"ning 11-raqamli futbolchisi D. Temirov "Nasaf"ning 77-raqamli azosi O. Bozorov bilan to'qnashgan. Vaziyatni yaqindan kuzatib turgan Tantashev darhol cho'ntagidan sariq kartochka chiqargan va "Dinamo" futbolchisini ogohlantirgan. Biroq vaziyatga VAR aralashib, bosh hakamni ehtimoliy qizil kartochka faktori tufayli monitor yoniga chaqirgan. Takrorlarni ko'rib chiqqan bosh hakam o'z qarorini o'zgartirmagan.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Ushbu vaziyatda "Nasaf" futbolchisining zarba qabul qilib olgan oyog'i erdan ko'tarilib turgan, shu bois zarba kuchi oyoqqa jiddiy tasir o'tkazmagan. Talofat yuqori bo'lmagani va o'yin tempidan kelib chiqib, bu vaziyatda qo'pol o'yin uchun sariq kartochka bilan cheklanish kifoya qilar edi. Bosh hakamning qarori to'g'ri, deb topildi.


3-vaziyat: "Dinamo" – "Nasaf" uchrashuvi, ofsayd (VIDEO).

 O'yinning 53-daqiqasida "Nasaf" gol urishga muvaffaq bo'lgan. Birinchi yordamchi hakam gol toza urilganini qayd etgan. Biroq VAR vaziyatga aralashib, ofsayd chizig'ini tortgach, o'yindan tashqari holat borligini qayd etgan.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: VAR tomonidan taqdim etilgan ofsayd chizig'i aks etgan kadrlarda o'yindan tashqari holat yaqqol aks etgan. Hakamlar jamoasining qarori to'g'ri, deb topildi.


4-vaziyat: "Dinamo" – "Nasaf" bahsi, ehtimoliy gol (VIDEO). 

Uchrashuvning 90+8-daqiqasida "Dinamo" vakillari tezkor qarshi hujum uyushtirgan, ushbu hujumni 24-raqamli B. Yorbekovning zarbasi yakunlab bergan. Zarba darvoza to'siniga tegib, erga tushgan, 2-yordamchi hakam esa to'p darvozaga kirmaganini qayd etib, o'yinni davom ettirishga ruxsat bergan. VAR ham takrorlarni ko'rgach, uning qarorini tasdiqlagan.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Ushbu vaziyatda to'p darvoza chizig'ini kesib o'tmagan. Takroriy lavhalar ham yordamchi hakamning qarorini tasdiqlamoqda. Yordamchi hakamning qarori to'g'ri, deb topildi.


5-vaziyat: "Navbahor" – "Andijon", penalti (VIDEO).

Uchrashuvning 19-daqiqasida "Navbahor"ning 77-raqamli futbolchisi A. Ismoilov raqib jarima maydonchasi chizig'i ustida "Andijon"ning 10-raqamli azosi bilan to'qnashib, jarima maydonchasi ichiga yiqilgan. Bosh hakam Akobirxo'ja SHukurullaev 11 metrlik nuqtaga ishora qilgan.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu holatda ham fol bor. Biroq yagona savol: fol jarima maydoni ichida sodir etildimi yoki tashqarisida? VAR hakamlari ushbu savol javobini topish uchun har xil rakursdan takrorlarni ko'rib chiqqan, biroq yaqqol dalil topilmagani bois, bosh hakamning qarorini qo'llab quvvatlagan. Bosh hakamning qarori komissiya tomonidan to'g'ri, deb topildi.


6-vaziyat: "Navbahor" – "Andijon", qizil kartochka (VIDEO).

Vodiy derbisining 75-daqiqasida "Andijon"ning 13-raqamli futbolchisi S. Azimov "Navbahor"ning 11-raqamli azosi A. Sobirjonov bilan to'p uchun kurash chog'ida uning oyog'iga zarba bergan. Bosh hakam Akobirxo'ja SHukurullaev cho'ntagidan sariq kartochka chiqarib, S. Azimovni ogohlantirgan. So'ngra vaziyatga VAR aralashib, ehtimoliy chetlatish faktori tufayli hakamni monitor yoniga chaqirgan. Takrorlarni ko'rgach, bosh hakam sariqni bekor qilib, “Andijon” futbolchisiga qizil kartochka ko'rsatgan.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Ushbu vaziyatda oyoqning tag qismi bilan raqib oyog'ining himoyalanmagan qismiga zarba berilgan. Bu — qizil kartochka ko'rsatish uchun etarli fol. Hakamlar jamoasining qarori to'g'ri, deb topildi.


7-vaziyat: "Navbahor” – “Andijon", mezbonlarning golida ehtimoliy ofsayd (VIDEO).

Bahsning 59-daqiqasida mezbonlar azosi Y. Jokich gol urgan. Yordamchi hakam golni inobatga olgan, VAR esa gol to'g'ri urilganini qayta tekshirish maqsadida takrorlarni ko'rib chiqqan. So'ngra, yordamchi hakamning qarorini tasdiqlab, gol to'g'ri urilganini qayd etgan.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: VAR hakamlari ofsayd chizig'ini tortishga harakat qilgan, biroq ayrim texnik sabablarga ko'ra, buning imkoni bo'lmagan. O'yindan tashqari holat deb topish uchun dalil yo'qligi bois, VAR hakamlari yordamchi hakamning qarorini qo'llab-quvvatlagan. Yordamchi hakamning qarori to'g'ri, deb topildi.


8-vaziyat: "Mashal" – "Buxoro" bahsi, ehtimoliy penalti (VIDEO).

Uchrashuvning 63-daqiqasida "Mashal"ning 94-raqamli futbolchisi raqib jarima maydonchasi ichiga yiqilgan. Bosh hakam Sardor Ismatullaev o'yinni davom ettirishga ruxsat bergan.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Ushbu kadr orqali kontaktni ko'rish imkonsiz. SHu bois, vaziyatga eng yaqin turgan bosh hakamning qaroriga qo'shilamiz. O'yinni davom ettirish qarori to'g'ri, deb topildi.


9-vaziyat: "Olimpik-MobiUz" – "Lokomotiv", ehtimoliy penalti (VIDEO).

Ushbu bahsning 5-daqiqasida "Lokomotiv"ning 2-raqamli futbolchisi A. Abdurashidov raqib jarima maydonchasi ichida darvozaga 2 bor zarba berganidan so'ng, raqib bilan kontakt sodir etib, yiqilgan. Bosh hakam G'ayrat Jo'raev uchrashuvni davom ettirish kerakligini qayd etgan.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Ushbu vaziyatda "Lokomotiv" futbolchisi raqib bilan o'zi kontaktga kirishgan: bosh bilan harakatdan so'ng to'qnashuv sodir bo'lgan. Qoidabuzarlik — yo'q, shu sababli, hakamning qarori to'g'ri, deb topildi.


10-vaziyat: "Olimpik-MobiUz" – "Lokomotiv", ehtimoliy penalti (VIDEO).

Uchrashuvning 57-daqiqasida "Lokomotiv"ning 2-raqamli futbolchisi A. Abdurashidov raqib jarima maydonchasi ichida himoyachi tomonidan to'xtatib qolingan va shundan so'ng u maydonga yiqilgan. Bosh hakam G'ayrat Jo'raev darhol hushtak chalib, 11 metrli nuqtaga ishora qilgan.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Himoyachi bu vaziyatda raqibining oyog'idan chalgan va qo'lini ham ishga solib, uni to'xtatib qolgan. Jarima maydonchasi ichidagi bu qoidabuzarlik penaltiga etarli asos hisoblanadi. Hakamning qarori to'g'ri, deb topildi.


11-vaziyat: "Olimpik-MobiUz" – "Lokomotiv", ehtimoliy penalti (VIDEO).

Uchrashuvning 13-daqiqasida "Olimpik-MobiUz"ning 10-raqamli futbolchisi R. Fomin pozicion hujum chog'ida raqib jarima maydonchasi ichida "Lokomotiv"ning 14-raqamli azosi D. Komilov bilan kontaktdan so'ng, yiqilgan. Bosh hakam fol bo'lmaganini aytib, uchrashuvni davom ettirishga ruxsat bergan.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda futbolchilar o'rtasida tabiiy to'qnashuv sodir bo'lgan. Vaziyatni yaqin poziciyadan kuzatib turgan hakam kontakt darajasi penaltiga tortmasligini qayd etgan. Bosh hakamning qarori to'g'ri, deb topildi.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика