So’nggi yangiliklar

00:11Санчога харидор топилди  0 23:52"Реал"нинг янги футболчиси: "Мен учун энг зўр футболчи - Месси"  0 23:22Конференциялар лигаси саралаши. "Сабаҳ" вазифани уддалай олмади  0 22:59Ринат Дасаев: "Ўзбекистонга Жаҳон чемпионатида омад тилайман"   1 22:38Тимур Кападзе: "Майдонга Дасаевга гол ураман деб тушган эдим"   1 22:14Доннарумма "Сити"да қанча маош олади?  3 21:53Расман: Мастантуоно - "Реал" футболчиси!  4 21:29Конференциялар лигаси саралаши. "Астана" сўнгги босқич олдидан мағлуб бўлди  6 21:04"Манчестер Юнайтед" футболчиси фаолиятини "Вест Бромвич"да давом эттириши мумкин  0 20:39Ўзбекистон терма жамоаси афсоналари Россия фахрийлари билан дуранг ўйнади  12 20:25"Манчестер Сити" ва Абдуқодир Ҳусанов 2025/26 йилги мавсум учун учинчи либосини тақдим этди   4 19:56"Барселона" Майамида ташкил этиладиган "Вильярреал"га қарши ўйин ортидан 5 млн евро ишлаб олади  0 19:25"Манчестер Юнайтед"нинг Лига кубоги 2-босқичидаги рақиби аниқланди  2 18:58"Манчестер Сити"нинг янги футболчиси 10-рақамли либосни олади  1 18:30"Одил Аҳмедов ФА" U-16 "Реал", "Динамо" Тбилиси ва "Црвена Звезда" билан ўйнайди   3

O'zbekiston kiberfutbol associaciyasi o'z nomini Virtual sport o'yinlari va kiberfutbol federaciyasiga o'zgartirdi Yangiliklar

O'zbekiston kiberfutbol associaciyasi o'z nomini Virtual sport o'yinlari va kiberfutbol federaciyasiga o'zgartirdi

Teglar :  Kiberfutbol
O'zbekiston kiberfutbol associaciyasi o'z nomini Virtual sport o'yinlari va kiberfutbol federaciyasiga o'zgartirdi.

SHu yilning 28 fevral kuni Adliya vazirligida ro'yxatdan o'tgan yangi tashkilot virtual sport o'yinlarini ommalashtirish, musobaqa va chempionatlar tashkil qilish bilan shug'ullanadi.

Kibersport bugungi kunda dunyo bo'ylab ommalashib borayotgani hech kimga sir emas. Virtual sport o'yinlari tarixi 1997 yilga borib taqaladi. Aynan o'sha yili birinchi kibersport ligasi – CPL tashkil etilgandi.

Dunyodagi birinchi kiberfutbol associaciyasi nodavlat notijorat tashkiloti O'zbekistonda yaratilgani alohida etiborga loyiqdir. Associaciya o'z faoliyatini kibersport bo'yicha ESWC jahon chempionatida ishtirok etish bilan boshlagandi.

Qisqa vaqt mobaynida tashkilot katta muvaffaqiyatlarga erishdi. Associaciya faoliyatining birinchi oylarida O'zbekiston Futbol Federaciyasining rasmiy azosiga aylandi, hamkorlik borasida O'zPFLning barcha klublari bilan shartnomalar imzoladi. SHu tariqa, O'zbekistonning 20 ga yaqin futbol klublari o'z tarkibiga kiberfutbolchilarni qo'shib oldi.

2016 yilning noyabr oyida O'zbekiston Futbol Federaciyasi Kiberfutbol associaciyasining jahondagi birinchi Professional futbol ligasi – PCFL loyihasi yaratilishini maqulladi. Tashkilotning eng yorqin natijalaridan biri kibersport musobaqalari uchun O'zbekistonda birinchi professional arena – UZ Arena ochilishi bo'ldi.


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика