So’nggi yangiliklar

02:06Биринчи лига. "Пахтакор-Фарм"дан 9:1, "ТерДУ"дан 8:1, пойтахт дербисида дуранг ва бошқа натижалар  0 02:05ЕЧЛ. "Буде Глимт" ва Кипр клуби лига босқичига йўлланмани қўлга киритди  0 01:56U21 биринчилиги. Пешқадам "Навбаҳор" йирик ҳисобда ютқазди, Андижонда голлар шоуси ва бошқа натижалар  0 01:01Камолиддин Тожиев: "Пахтакор ўз олдига доим олий мақсадни қўяди. Кубок ва Суперлигада охиргача курашамиз"  3 00:29Тарих яратилди! "Қайрат" пенальтилар сериясида "Селтик"ни мағлубиятга учратиб ЕЧЛ лига босқичига йўл олди!  28 00:14Отабек Нарзуллаев: "Мақсадимиз кубок финали эди. Энди бор эътиборимиз Суперлигага қаратилади"  1 23:55"Ювентус" Влаховични Салемакерсга алмаштирмоқчи. "Милан" ушбу келишувга рози бўлиши мумкин  2 23:35МЮ Майнунинг келажаги бўйича қарорни яқин икки кун ичида қабул қилади  1 22:35Ўзбекистон Кубоги. 100 дақиқа давом этган учрашувда "Пахтакор" "Машъал"ни енгиб, ярим финалга йўл олди  47 22:07Лондон клуби Испания терма жамоаси ўйинчисини 50 млн евро эвазига харид қилишга яқин  1 21:23"Реал"нинг собиқ ҳимоячиси Лукас Васкес янги клуби билан шартнома имзолади  0 20:30Хаби Алонсо: "Карвахаль Испания терма жамоасига қайтишни хоҳлайди"  1 20:10Футзал. БМБ – "Оил Стар" 5:1   1 19:55Футзал. БМБ "Оил Стар"ни 4 та тўп фарқи билан мағлуб этиб, Ўзбекистон Суперкубогига эга чиқди!  9 19:49Суперлиганинг 20-турида ҳакамлар жуда кўп хатога йўл қўйди  4

O'zbekiston futboli afsonalari Italiya faxriylari ustidan g'alaba qozondi Yangiliklar

O'zbekiston futboli afsonalari Italiya faxriylari ustidan g'alaba qozondi

O'zbekiston va Italiya afsonalari o'rtasidagi o'yin yakunlandi.

O'zbekiston — Italiya 3:2
Gol:
0:1 - Yakvinta, 7,  1:1 - Tursunov, 19,  1:2 - Yakvinta, 30,  2:2 - Qutiboev, 31,   3:2 - Jeparov, 47.
O'zbekiston afsonalari terma jamoasi
1.Pavel Bugalo, 4.Islom Inomov, 5.Anzur Ismoilov, 7.Aziz Haydarov, 8.Server Jeparov, 9.Odil Ahmedov, 13.Asror Aliqulov, 18.Timur Kapadze, 20.Anvar Soliev, 22.Viktor Karpenko, 27.Ilhom Suyunov
Zaxira: 12.Ignatiy Nesterov, 2.Akmal SHorahmedov, 3.SHavkat Mullajonov, 10.Zayniddin Tojiev, 11.Anvar G'ofurov, 14.Ildar Magdeev, 15.Aleksandr Geynrix, 17.Sanjar Tursunov, 23.SHuhrat Mirxoldirshoev, 24.Nosir Otaqo'ziev, 26.Nematulla Qutiboev, 28.Asqar Jadigerov, 33.Farhod Tojiev, 44.Kamoliddin Murzoev
Bosh murabbiy: Birodar Abduraimov

Italiya A seriyasi afsonalari terma jamoasi: 1.Kristian Abbyati, 2.Vinsen Kandela, 6.Aldair, 7.Lyudovik Jyuli, 8.Anjelo Karbone, 10.Jiji Di Byadjo, 11.Alberto Jilardino, 14.Dario SHimich, 15.Vinchenco Yakvinta, 27.Serjino, 81.Kristian Zakkardo
Zaxira: 5.Sezariya Eduardo, 9.Daniele Massaro, 18.Marek Yankulovski, 26.Kristian Zenoni, 33.Robson Toledo Machado, 77.Luka Antonini
Bosh murabbiy: Mauro Tavola


YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi. O'zbekiston faxriylari Italiya faxriylari ustidan g'alaba qozondi.


60+1. Tojiev gol urolmaganiga, To'xtamirzaevning mashhur iborasi yangradi: "Bunday vaziyatdan gol urolmaslikning o'zi mahorat"

60. Haydarov, Geynrix, Ahmedov o'rniga Farhod Tojiev, Nosir Otaqo'ziev, SHuhrat Mirxoldirshoev maydonga tushirildi.

59. Italiyaliklar faollashdi. Yana bir standart yuzaga keldi.

58. Tezkor qarshi hujumda mezbonlar burchak to'pi ishlab oldi.

57. Zarba! Mehmonlarning zarbasi biznikilarga tegib, darvoza to'sini yonidan o'tib ketdi.

56. Kamoliddin Murzoev Magdeev, Asqar Jadigerov Tursunovni almashtirdi.

55. Yankulovski chap oyoqda zargarona pas bergandi, zarba gol bo'lganda chiroyli chiqardi.

53. Geynrix yiqilib tushdi, vazni uning yugurishiga to'sqinlik qildi. Zinone unga shifokorlik qilib yubordi.

50. Machado raqib jarima maydonida yiqildi, Ermatov penalti belgilamadi.

48. Kandela o'rniga Eduardo, Jeparov o'rniga Karpenko o'yinga qo'shildi.

47. Jeparovdan gooooooooooooooooooooool va saltooooooooooooooooooooooo!!!

45. Ikkala jamoada o'zgarishlar: Kristian Zenoni Jilardinoni, Robson Toledo Machado Di Byadjoni almashtirdi. Aleksandr Geynrix Tojiev o'rniga maydonga tushdi.

43. Italiyada ketma-ket ikkita vaziyat yuzaga keldi. 

41. O'zbekistonliklarning hujumi besamar yakunlandi.

38. Jeparov okulistga ko'rinishi kerak shekilli, Server bo'sh darvozaga yana aniq zarba berolmadi. 

37. Jeparov o'z uslubida chap oyoqda aylanma zarba yo'lladi, to'p darvozaga kirishni istamasdan arazlab ketdi.

36. Ajoyib kombinacion hujum natijasida italiyalik futbolchining kuchli zarbasiga biroz aniqlik etishmadi.

34. O'zbekiston tarkibida uch o'zgarish: Qutiboev o'rniga Zayniddin Tojiev, Kapadze o'rniga Eldor Magdeev, Aliqulov o'rniga Anvar G'ofurov maydonga tushdi.

33. Sanjar Tursunov Abbyati bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib bordi, uning zarbasi darvoza to'sini yonidan o'tib ketdi.

31. GOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLL!!! Qutiboev darvozabonning ustidan chiroyli tarzda to'pni oshirib qo'ygan holda hisobni tenglashtirdi.

Ikkinchi bo'limda Ravshan Ermatov uchrashuvni boshqarib boradi. Taym boshlandi.

Birinchi bo'lim yakunlandi. Taym 30 minutdan davom etadi.

30. GOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLL!!! Yakvinta dublga erishdi. Paslar orqali hujumchi jarima maydoniga kirib bordi hamda darvozaning pastki burchagini nishonga oldi.

29. Bugalo o'rniga Nesterov maydonga tushdi.

26. Zakardi qanotdan oshirilgan to'pga oyog'ini ko'tarolmadi, qorin xalaqit berdi.

25. Soliev o'rniga Qutiboev maydonga tushdi. 

24. Serjino va Jyuli zaxiraga olindi, Yankulovski va Antonini o'yinga qo'shildi.

Birinchi bo'limni Bobur Haydarov boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib bormoqda.

20. Zakardi sal qolmasa tezkor javob qaytarardi.

19. GOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLL!!! Sanjar Tursunov hisobni tenglagshtirdi. Tursunov chap qanotdan chiroyli tarzda italyan posbonini dog'da qoldirdi.


18. Abbyati birorta zarbani o'tkazib yubormayapti. SHu yoshda ham terma jamoamiz darvozabonlariga master-klass o'tib bermoqda.

17. O'zbekiston tarkibida o'zgarishlar: Karpenko, Inomov, Suyunov zaxiraga olindi, SHavkat Mullajonov, Sanjar Tursunov, Akmal SHorahmedov maydonga tushmoqda.

15. Yakvinta yana birga-bir vaziyatga chiqib borishi mumkin edi, Bugalo to'pga chiqib keldi.

14. Ahmedovning o'ng qanotdan uzatmasini Soliev to'xtata olmadi. Qarichilik.

13. Jeparov raqib darvozasining o'rniga Timur Kapadzeni nishonga oldi.

12. Kapadzening oshirmasiga Jerrapov kalla qo'ydi, kal bo'lgan Abbyati vaziyatni nazorat ostida saqlamoqda.

11. Odil Ahmedov chap oyoqda o'z omadini sinab ko'rdi, yana noaniq.

10. Suyunov chap oyoqda kuchli zarba yo'lladi, biroz noaniq. Ilhom Suyunovning oyog'idan kuchi ketmagan ekan haliyam.

8. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLL!!! Yakvinta hisobni ochmoqda. Hujumchi o'ng oyoqda darvoza to'qqizligini nishonga oldi.

7. Anvar Soliev bosh bilan raqib darvozasini nishonga olib ko'rdi, aniqlik etishmadi.

5. Yakvinta Bugalo bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi hamda zarba yo'lladi, Pavel oyoqlari bilan to'pni qaytardi.

3. Odil Ahmedovning zarbasiga aniqlik etishmadi.

2. Italiyaliklar chap qanotdan hujum uyushtirdi. Serjinoning uzatmasini Bugalo egallab oldi.

1. Uchrashuvni italiyaliklar boshlab berishdi.


O'zbekiston davlat madhiyasi yangramoqda

Italiya davlat madhiyasi yangramoqda.

Uchrashuvni stadiondan Mirzahakim To'xtamirzaev sharhlab boradi.

Paolo Berluskoni ham "Paxtakor" maydoniga tashri

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика