So’nggi yangiliklar

11:49Мураббий илк бор ҳакамларни тайинлаш қўмитасига киритилди   1 11:32"Реал" тарбияланувчиси энди асосий жамоа билан шуғулланади ва 9-рақамни олади  1 10:42Рахим Стерлинг фаолиятини бошқа бир Лондон клубида давом эттириши мумкин  1 10:10АПЛнинг 4 та клуби ПСЖ ҳужумчисига қизиқиш билдирмоқда  1 09:37Зидан келаси йил мураббийликка қайтади  5 09:06Шукрон Йўлдошев: “Жамоамизни муҳим баҳс кутиб турибди”  1 08:35Сон МЛС тарихидаги энг қиммат трансферга айланади  0 08:04Португалия футболи афсонаси 53 ёшида юрак хуружидан вафот этди  1 07:37Суперлига. "Пахтакор" — ОКМК 1:2. Фламарионнинг голи ҳисобга олинмади  5 07:28Суперлига. Бугун 17-тур давом эттирилади  5 01:50U21 биринчилиги. Пешқадам "Навбаҳор"дан кичик, "Андижон"дан 7:2 ҳисобидаги ғалаба ва бошқа натижалар  4 01:30Заид Таҳсин: "ОКМКдан устун эдик. "Пахтакор" аъзоси бўлиш шараф"  3 01:13Миржалол Қосимов: "Ҳакам яна бироз вақт қўшиб берганида уч тайм футбол ўйнаган бўлардик. Русчасига айтганда "заслужили""  12 00:30"Тоттенхэм" "Ал Ҳилол" ҳужумчисини сотиб олиши мумкин  0 00:05Камолиддин Тожиев: "Биринчи бўлимни ёмон бошладик, иккинчи таймда эса ўйинни назорат қилдик. Бешта гол уришимиз ҳам мумкин эди"  14

O'zbekiston - Iroq. O'zaro uchrashuvlar tarixi Yangiliklar

O'zbekiston - Iroq. O'zaro uchrashuvlar tarixi

Ertaga, 25 dekabr kuni O'zbekiston terma jamoasi Dubayda Iroq milliy terma jamoasi bilan o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi.
O'zbekiston va Iroq terma jamoalari shu kunga qadar jami 5 marta to'qnash kelishgan.

Dastlabki o'zaro bahs 2000 yil SHanxayda bo'lib o'tgan To'rt millat kubogi doirasida bo'lib o'tgan. Yarim finalda Iroq O'zbekiston ustidan 2:0 hisobida g'alabaga erishgan. Takidlash lozimki, aynan shu g'alaba raqiblarimiz uchun birinchi va yagona g'alaba bo'lib qolmoqda.

Navbatdagi o'yin 2006 yilgi Jahon chempionati saralashi dastlabki bosqichida bo'lib o'tgan. Toshkentdagi "Paxtakor" stadionida bo'lib o'tgan bahsda iroqliklar hisobni ochishgan. Uchrashuv tugashiga 11 daqiqa qolganida Anvar Soliev gol urib jamoamizga durang taqdim etgandi - 1:1.

Javob bahsida vakillarimiz zafar quchishgan. Maksim SHackix va Aleksandr Geynrix birinchi bo'limda iroqliklar darvozasiga ikkita gol urishgan. Bunga arablar bir marta javob berishgandi - 2:1.

2004 yil Xitoyda bo'lib o'tgan Osiyo Kubogi guruh bosqichida Iroqni 1:0 hisobida taslim qilganmiz. Hozir milliy terma jamoamiz bosh murabbiyi bo'lib ishlayotgan Mirjalol Qosimov jarima to'pidan gol urgandi.

Ikki jamoa o'rtasidagi so'nggi uchrashuv 2007 yilda bo'lib o'tgan. Janubiy Koreyaning Seul shahrida tashkil etilgan o'rtoqlik uchrashuvida Aziz Ibragimov va Ulug'bek Baqoev tomonidan kiritilgan to'plar tufayli O'zbekiston g'alaba qozongan - 2:0.

Sana Mezbon Hisob Mehmon

Uchrashuv turi

01.09.2000 Iroq 2-0 O'zbekiston To'rt millat kubogi (1/2 final)
18.02.2004 O'zbekiston 1-1 Iroq JCH-2006 saralashi
18.07.2004 Iroq 0-1 O'zbekiston Osiyo kubogi 2004
13.10.2004 Iroq 1-2 O'zbekiston JCH-2006 saralashi.
02.07.2007 Iroq 0-2 O'zbekiston O'rtoqlik uchrashuvi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика