O'zbekiston futzal MTJ navbatdagi mashg'ulotini o'tkazdi+Rahmatov va Ahmedov bilan intervyu
08 iyu 2022 19:10
Yangiliklar
O'zbekiston futzal MTJ navbatdagi mashg'ulotini o'tkazdi+Rahmatov va Ahmedov bilan intervyu
O'zbekiston futzal terma jamoasi "Bunyodkor" arenasida navbatdagi mashg'ulotini o'tkazdi.
4 iyul sanasida start olgan yig'in 18 iyulga qadar davom etadi. "Championat.asia" ijodkorlari futzalchilarimizning kechagi mashg'ulotiga tashrif buyurishdi. "Bunyodkor" akademiyasiga qarashli zalda o'tkazilgan kechki mashg'ulot 17:00da boshlandi. Unda yig'inga chaqirilgan 20 nafar o'yinchidan 19 nafari ishtirok etdi. Faqatgina Davron CHoriev malum sababga ko'ra mashg'ulotni o'tkazib yubordi. U terma jamoa ixtiyoriga shanba kuni kelib qo'shiladi. Bundan tashqari, darvozabon Ravshan Eliboev hamda hujumchi Akbar Usmonov kichik jarohatlari borligi sabab individual tarzda shug'ullanishdi va umumiy guruhga qo'shilishmadi. Qolgan 17 nafar futzalchi mashg'ulotda to'liq qatnashdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar