O'zbekiston futzal MTJ lageridan xabarlar
19 noy 2023 12:15
Yangiliklar
O'zbekiston futzal MTJ lageridan xabarlar
Husniddin Nishonov, Muzaffar Ahadjonov va Anasxon Rahmatov terma jamoa fizioterapevti Aleksander Anxoleto "CHerno" bilan birga oldin olgan jarohatlarini davolashmoqda.
Davron CHoriev shaxsiy sabablarga ko'ra ushbu yig'inni o'tkazib yubormoqda. Uning o'rniga murabbiylar shtabi yig'inga Asli Muhammadievni chaqirishgan.
Dilshod Rahmatov esa mashg'ulotlar vaqtida jarohat oldi va Yaponiya bilan o'yinlarda ishtirok eta olmaydigan bo'ldi.
Mashrab Odilov va Ixtiyor Ropievda kichik jarohat bor, ammo ular Yaponiyaga qarshi bahsga tayyor bo'lishlari kutilmoqda.
Eslatib o'tamiz, amaldagi Osiyo chempioni Yaponiyaga qarshi o'rtoqlik o'yinlari 22 va 23 noyabr kunlari Toshkentdagi "Yunusobod" sport majmuasida bo'lib o'tadi. Ikkala uchrashuv ham 19:00da start oladi. Arenaga kirish bepul.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar