So’nggi yangiliklar

13:42Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди  0 13:19Расман: Олег Зотеев "Локомотив"га қайтди  1 12:57ОКМК футболчиси Австралия клубига ўтди  1 12:30"Насаф" Бозоров ва Голбан билан хайрлашди  11 12:24Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  27 12:102026 йилда бўладиган халқаро мусобақалар  3 11:44"Нефтчи" Туркияга йўл олмоқда. Таркибда кимлар бор?  7 11:26Мозийга қайтиб... Бир сурат тарихи  0 10:52Энцо Мареска товон пулининг бир қисмидан воз кечди  1 10:23ESPN АПЛнинг ўтган йилдаги энг яхши ўнта ёзги трансферлари рўйхатини эълон қилди  0 09:54"Ал Ҳилол" хусусий клубга айланмоқда  2 09:25Романо "Челси" бош мураббийи лавозимига асосий номзодни эълон қилди  1 08:57"Бухоро" икки нафар тажрибали футболчи билан шартнома имзолаши мумкин  6 08:28Сергеев учун яна бир даъвогар пайдо бўлди  8 08:00"Динамо" легионери "Бунёдкор" ёки "Андижон"га ўтиши мумкин  1

O'zbekiston futbol hakamlar markazi rahbari: "Endi hakamlar o'yin natijasiga tasir ko'rsatadigan qaror qabul qilsa, umrbod futboldan chetlashtiriladi" Yangiliklar

O'zbekiston futbol hakamlar markazi rahbari: "Endi hakamlar o'yin natijasiga tasir ko'rsatadigan qaror qabul qilsa, umrbod futboldan chetlashtiriladi"

O'FA anjumanlar zalida hakamlar va nazoratchilar ishtirokida navbatdagi seminar boshlandi.




O'FA anjumanlar zalida davom etayotgan tanqidiy ruhdagi yig'ilishda so'z olgan Laziz Qo'chqorov keskin fikrlarni bildirib, endi natijaga tasir ko'rsatgan hakam butun umrga futboldan chetlashtirilishini malum qildi.

"Kechasi soat 2 gacha uyqu kelmadi. Hakamlik qilayotgan sizlarsizlar, ammo noroziliklar bizga kelyapti. O'ylaymanki, bu odamgarchilikka ham to'g'ri kelmaydi. Sizlar (hakamlar – tahr.) uyingizda, oila bag'rida maza qilib uxlayapsizlar. Biz uchun esa dam olish kunlari ham tatimayapti. 

Nega o'yinlar shanba-yakshanba kunlariga qo'yiladi bilasizlarmi, hakamlar? Hamma maza qilib hordiq chiqarsin, muxlislar futbol ko'rib, dam olsin, degan maqsadda qilinadi. Sizlar butun jamoa – associaciya, PFL, hakamlar markazi, inspekciya, "Sport" telekanali va OAV bilan hakamlarga ko'maklashib, jips bo'lib ishlaymiz deganda, sizlarni nima haqqingiz bor o'yinni buzishga? Bunga kim huquq berdi? Kimdir agar sizlarga topshiriq berayotgan bo'lsa, ochiq-oydin aytinglar. Kim aytoladi? Buning chegarasi bormi-yo'qmi?

To'g'ri, televidenie, kamera, VAR bilan bog'liq o'ziga yarasha muammolarimiz  bor. Bu narsalar ustida ishlayapmiz, rahbariyatga taklif bildiryapmiz. Lekin bularni amalga oshirish uchun yuzimizni yorug' qilib olishimiz kerakmi-yo'qmi?

Muxlislar norozi. Hech izohlarni o'qiysizlarmi? Hamma so'kkan, birorta ijobiy fikr yo'q. SHu ishga kelganimdan beri unaqa izoh o'qimadim. 

Yillar davomida ishonch yo'qolgan. SHu ishonchni qaytarish uchun harakat qilyapmiz. 

Sizlar chiqargan qarorni hech kim tushunmayapti. Biz qachon maqtov eshitamiz?

Kecha rahbariyatga taklif kiritdim. Tartib-intizom kodeksini keyingi yildan o'zgartiramiz, uni hozirdan ishga tushirdik. Endi hakamlar o'yin natijasiga tasir ko'rsatadigan qaror qabul qilsa, umrbod futboldan chetlashtiriladi. Gapirdimmi, shu ishni qilaman", – dedi Laziz Qo'chqorov.

Reyting: -36   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика