So’nggi yangiliklar

11:10Хорватия U-17 бош мураббийи: "Ҳеч қандай рақибдан қўрқмаймиз"  0 10:52"Ливерпуль" Салоҳга ўринбосар топди  0 10:24АПЛ клуби Родриго трансфери бўйича "Реал" билан музокараларни бошлади  0 09:56Дешам ЖЧ-2026дан кейин қайси клубни бошқариши мумкинлиги маълум бўлди  1 09:28"Ливерпуль" январда ПСЖ етакчиси учун 130 миллион евро тўлаши мумкин  1 08:59Месси: "Мен бутун умримни "Барса"да ўйнаб ўтказаман, деб ўйлагандим"  2 08:31"Челси" "Реал" тарбияланувчисини сотиб олмоқчи  1 08:03Ўзбекистон Хорватия баҳсининг бошланиш вақти маълум  20 07:35Sofascore. Йирик ҳисоб қайд этилган баҳсда футболчиларимиз неча баҳога лойиқ кўрилди?  3 01:18Муҳаммад Ҳакимов: "Тикланиб олишимиз керак"  3 00:18Сайфиддин Содиқов: "Бош мураббийимизнинг кўрсатмаларини тўлиқ бажара олмадик"  2 23:30U-17 ЖЧ. Ўзбекистон – Панама 6:1   4 23:12Расман: Ўзбекистон 1/16 финалда Хорватия билан ўйнайди  24 22:29Абубакир Шукуруллаев: "Энг муҳим ўйинимиз эди"  6 21:52Иброҳим Шокиров: "Барча дарвозабонлар пенальтига олиб келадиган хато қилаётганини кўрганман"  8

O'zbekiston ayollar terma jamoasi yaponiyalik murabbiy boshchiligida yig'inga kirishdi Yangiliklar

O'zbekiston ayollar terma jamoasi yaponiyalik murabbiy boshchiligida yig'inga kirishdi

Mamlakatimizda ayollar futbolini yangi darajaga olib chiqish uchun navbatdagi qadam tashlandi.

O'zbekiston ayollar TJga xorijlik mutaxassis bosh murabbiy etib tayinlandi

Bugundan etiboran O'zbekiston ayollar terma jamoasida yaponiyalik murabbiy - Midori Honda ish boshladi. SHu kunning o'zidayoq xorijlik mutaxassis boshchiligida vakillarimiz yig'inga kirishishdi. "CHig'atoy" maydonida bo'lib o'tgan ilk mashg'ulot ko'tarinki ruhiyatda boshlandi. Futbolchilar dastlab kayfiyatni ko'taruvchi mashqlarni murabbiy bilan birgalikda bajarishdi. Midori Honda mashg'ulot oldidan o'zining ilk taassurotlari bilan o'rtoqlashdi. 


- O'zbekiston ayollar terma jamoasida ishni dastlab nimadan boshlayapsiz? 

- Birinchi o'rinda eng muhimi shuki, ayollar terma jamoasida futbolchilarning o'ziga bo'lgan ishonchi. Yani o'yinchi oldindagi uchrashuvni yuta olishiga o'zini ishontira olishi kerak. Ikkinchidan - mentalitet.  

- Yangi ish joyingizni qay darajada o'rgandingiz va bo'lg'usida nimaga etibor bermoqchisiz? Uslubingiz qanday?

- Avvalo to'pni o'zimizda yaxshi nazorat qila olishimiz zarur. Maqsadimiz olimpiya o'yinlariga chiqish. Futbolchi qilayotgan ishini sevishi darkor. 

- Hali katta yutuqlarni qo'lga kiritmagan jamoada sovrinlar sari ilk qadam qanday bo'ladi?

- Mening taktikamda yuqorida aytganimdek asosiy narsa to'pni uzoq vaqt o'zimizda ushlab turish. SHunchaki raqibga berib yuborish noto'g'ri. To'pni meniki, deb o'ylashni o'rgatmoqchiman. 

- Maqsadingiz qanday?

- Men yaponman, jamoam esa o'zbek. SHu bois o'zbekistonlik ayollar bilan aloqani mustahamlab olishni rejalashtirganman. Mamlakatda ayollar futbolini rivjolantirish maqsadlarimdan biri hisoblanadi. 



Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика