So’nggi yangiliklar

14:11"Бургос" билан музокаралардан қочган Очоа Кипр жамоасига ўтди  0 13:42Чемпионлар Лигасига янги тартиб киритилди  1 13:14"Реал" ёки Аргентина? Мастантуоно олдида қийин танлов  0 12:48Дембеле "Олтин тўп"нинг муқобилини қўлга киритди  1 12:16"Бавария" ноябрда 3 асосий ўйинчиси сафга қайтишидан умидвор  0 11:45"Сўғдиёна" 6 йилдан буён Жиззахда ОКМКни ютолмаяпти  2 11:21Про лига. 14-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  1 10:52"Ливерпуль" Салоҳга ўринбосар сифатида кўраётган футболчисига 100 миллион евро тўлашга тайёр  4 10:44"Сурхон" Наманганда нечта ғалабага эришганини биласизми?   7 10:21Антони Марсьяль фаолиятини Мексикада давом эттиради  2 09:502026 йилги УEФА Суперкубоги қайси стадионда бўлиб ўтиши маълум  0 09:18"Рома"нинг собиқ устози Эронни бошқариши мумкин  22 08:43Sofascore. "Бани Яс" мағлуб бўлди. Мозговой неча баҳо олди?  1 08:10Файзуллаевнинг трансфери иккинчи бўлди  3 07:35Суперлига. Бугун Жиззахда ва Наманганда ўйинлар бор  4

O'zbekiston akademiyalari OFK elit o'smirlar tuzilmasining to'laqonli azosi maqomini oldi Yangiliklar

O'zbekiston akademiyalari OFK elit o'smirlar tuzilmasining to'laqonli azosi maqomini oldi

Teglar :  OFKLaslo Salai
O'tgan yilning kuzida Osiyo futbol konfederaciyasining bolalar-o'smirlar futbolini rivojlantirish masalalari bo'yicha masul xodimi Laslo Salai boshchiligidagi maxsus ishchi guruh yurtimizda bo'lgandi.

O'shanda “Bunyodkor” hamda Andijon viloyati hududiy futbol akademiyasining ish-faoliyati, infratuzilmasi hamda yosh futbolchilarni tarbiyalash dasturi bilan tanishgan edi. Bundan ko'zlangan asosiy maqsad – mazkur akademiyalarning OFK elit o'smirlar tuzilmalari safiga qo'shishga mos kelishini aniqlash va shu asosda akademiyalarga “uch yulduzli” tizim bo'yicha maqom taqdim etish edi.

O'rganishlar xulosasi o'laroq OFK O'zbekiston futbol associaciyasiga “Bunyodkor” hamda Andijon viloyati hududiy futbol akademiyalarining Osiyo futbol konfederaciyasi elit o'smirlar tuzilmasining to'laqonli azolari maqomini olgani bo'yicha maktub yo'lladi. Xususan, “Bunyodkor” futbol akademiyasi “ikki yulduzli” akademiya maqomiga ega bo'ldi. Andijon viloyati hududiy futbol akademiyasi esa “bir yulduzli” maqomiga ega bo'ldi.

Qayd etish joiz, bunday maqomga ega bo'lgan akademiyalar qita futbol uyushmasi o'tkazadigan turli musobaqa hamda sport tadbirlarida ishtirok etish imkoniyatiga ham ega bo'ladi.

Takidlash lozim, “Bunyodkor” akademiyasi “ikki yulduz”ga ega bo'lgan O'rta Osiyodagi yagona futbol akademiyasiga aylandi. “Uch yulduzli” akademiya maqomi qitamizda Qatardagi “Aspire” akademiyasidagina mavjud.

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика