So’nggi yangiliklar

08:26Роберто Карлос касалхонадан чиқди  0 07:59Sofascore. Шукуров ва Мозговой неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 07:30Алижонов Эрон клуби билан келишувга эришди  7 02:40А Серия. "Милан" Сардинияда ғалабага эришди  3 01:23Роналду 5 ой деганда чемпионатда гол ура олмади  7 00:55"Интер" футболчиси "Ювентус"га ўтишни истамоқда  0 00:40Саудия Арабистони. Иккита қизил, 5та гол - "Ал Насср" мавсумда илк марта мағлуб бўлди  12 00:13"Ливерпуль" футболчисига шартнома таклиф қилади  0 23:47"Борнмут" 37 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолади  0 23:24"Бавария" Гвардиоланинг собиқ ёрдамчисини ишга олди  1 22:50БАА. "Бани Яс" ўз майдонида ютқазди, Шукуров пенальтидан гол ура олмади  6 22:37Мбаппе Саудия Арабистонига боради, лекин...  1 22:16"Кристал Пэлас" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширди  0 21:32"Интер" ва "Ал Ҳилол" музокараларга киришди  0 21:16Рубен Аморим "МЮ" - "Лидс" ўйини ҳақида: "Бу дерби эканлигини эшитдим, бироқ АПЛда барча ўйинлар жуда қийин ўтади"  3

O'zbek futbolining 110 yilligi munosabati bilan Xorazm viloyatida boshlangan futbol festivalining ikkinchi kunidan GALEREYA Yangiliklar

O'zbek futbolining 110 yilligi munosabati bilan Xorazm viloyatida boshlangan futbol festivalining ikkinchi kunidan GALEREYA

12-13 aprel kunlari O'zbek futbolining 110 yilligi munosabati bilan Xorazm viloyatida futbol festivali bo'lib o'tadi.

Safarning ikkinchi kunida dastlab O'FA vice-prezidenti Odil Ahmedov hamda delegaciya azolari viloyatdagi bolalar va o'smirlar futbol akademiyasiga tashrif buyurdi. 

Uchrashuv davomida mehmonlar akademiya faoliyati bilan batafsil tanishdi. Qayd etilishicha, mazkur maktab 2018 yildan beri faoliyat ko'rsatib kelmoqda. Uning yotoqxonasi 154 tarbiyalanuvchiga mo'ljallangan bo'lib, hozirda unda 144 ta bo'lajak futbolchi istiqomat qilmoqda. SHuningdek, akademiyada katta hajmdagi standart maydon va 2 ta suniy qoplamali maydon mavjud. Asosiy maydon 1982 yilda foydalanishga topshirilgan hamda 2019 yilda qayta tamirlangan.

Tadbir davomida futbol faxriylari tomonidan akademiya hududiga manzarali daraxt ko'chatlari o'tqazildi. 

Tadbir yakunida futbol faxriylari tomonidan yosh charm to'p ustalariga qimmatli maslahatlar berildi.

SHundan so'ng viloyat hokimligida o'zbek futbolining 110 yilligiga bag'ishlangan matbuot anjumani bo'lib o'tdi. Unda Xorazm viloyati hokimi, viloyat futbol associaciyasi prezidenti Farhod Ermanov, O'FA vice-prezidenti, futbol faxriylari hamda OAV vakillari ishtirok etishdi. 

Matbuot anjumanida Farhod Ermanov viloyatda futbol rivoji yo'lida amalga oshirilgan ishlar va bo'lajak rejalar bilan o'rtoqlashdi.


SHuningdek, anjumanda jurnalistlar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi. 

Anjuman yakunida Xorazm viloyati hokimi Farhod Ermanovga "O'zbekiston futboli rivojiga qo'shgan hissasi uchun" ko'krak nishoni topshirildi. Bundan tashqari, bir qator faxriylarga esdalik sovg'alari taqdim etildi.

Tadbir "Yoshlik" sport majmuasida davom etdi. Unda dastlab 10-12 yoshli o'g'il-qizlar o'zlarining tayyorgarlik mahoratini namoyish etishgan bo'lsa, mashg'ulot jarayonidan so'ng futbol faxriylari o'rtasida o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazildi. Mazkur bahs 7:7 hisobida yakunlandi.

Foto: Jahongir Fayzullaev

O'zbek futbolining 110 yilligi munosabati bilan Xorazm viloyatida boshlangan futbol festivalining dastlabki kunidan GALEREYA

Toshkentdan Xorazmgacha...

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика