So’nggi yangiliklar

14:23Ўзбекистон терма жамоасининг "CAFA Nations Cup-2025" учун қайдномаси маълум  3 14:10Тожикистон "CAFA Nations Cup 2025" учун қайдномасини эълон қилди, унда Суперлигада ўйнайдиган футболчилар ҳам бор  1 13:458 та гол урилган "Андижон" — "Пахтакор" ўйинидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1 13:19Руминия клубидан 94 очко олиб ташланди  3 12:58Қирғиз Республикаси бош мураббийи: "Ўзбекистон қандай даражада эканлигини ҳамма билади"  2 12:37Ўзбекистон ЖЧ-2026даги рақибларини қачон билиб олади? Сунъий интеллект Суперлигада ким чемпион бўлишини айтди – 22 август кунги энг муҳим хабарлар битта саҳифада   0 12:17"Рома" Санчога қарор қабул қилиш учун икки кун вақт берди ва "Болонья"дан Домингес ёки бошқа вариантларга ўтишга тайёр  1 11:50"Бунёдкор" 7 йилдан буён "Қизилқум"ни меҳмонда юта олмаяпти   0 11:28Факт. "Пахтакор" тарихда биринчи марта Андижонда 6 та гол урди   6 10:47Романо Доннарумманинг келажаги ҳақида фикр билдирди  0 10:13Ўзбекистон МОҚ раҳбарлари "Манчестер Сити" клуби меҳмони бўлишди   11 09:46Гвардиола Родридан нима истаётганини айтди  2 09:20Пролига. Бугун янги турга старт берилади  2 08:53"Манчестер Юнайтед" 20 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолашга яқин  2 08:26Суперлига. Бугун 20-тур якунланади  2

O'zbek futbolida murabbiylar muammosi Yangiliklar

O'zbek futbolida murabbiylar muammosi

Aslida bu maqolani yozishimga birgina kecha bo'lib o'tgan Yaponiya - O'zbekiston o'rtoqlik uchrashuvi sabab bo'lgani yo'q.
O'zbek futbolida faoliyat olib borayotgan murabbiylar to'g'risida maqola yozish fikri menda anchadan beri bor edi. Faqat kechagi o'yindagi yirik mag'lubiyat tezroq yozishimga turtki bo'ldi.

Gapni biroz uzoqdan boshlamoqchiman. O'z vaqtida Toshkentdagi licey, o'rta maktab hamda kollejda dars berganman. Demak, pedagoglik qo'limdan keladi. Lekin men birdaniga pedagog bo'lib qolganim yo'q. Buning uchun dastlab o'rta maktabda, keyin olti yil liceyda, undan so'ng to'rt yil oliy o'quv yurtida tahsil oldim. Lekin shunda ham birdaniga o'qituvchi bo'lmadim. Avval o'rindosh sifatida ozgina dars oldim, faqat bir yildan so'nggina to'liq dars olib ishlay boshladim.

O'quvchilarimga qanaqa uy vazifasi bersam, uyga borgandan keyin o'zim ham o'sha vazifa ustida ishlardim. Qo'limdan lug'at aslo tushmasdi. Grammatikani har kuni takrorlardim. Bu gaplarning futbolga nima aloqasi bor dersiz? Aloqasi shundaki, futbol murabbiysi ham pedagogdek gap. U ham har kuni o'qib o'rganishi, tinmay o'z ustida ishlashi shart. Murabbiy har kungi mashg'ulotlar futbolchi uchun qanchalik foydali, futbolchilarga nima berishini bilishi lozim.

Ammo hozir ko'ryapmizki, bizda futbolni tugatgan kishi birdaniga murabbiy bo'lib qolyapti. Bugun faoliyatini tugatgan futbolchi qarabsizki, ertadan boshlab murabbiy. Bolalar murabbiyi bo'lsa ham mayli. Yo'q, ular bunga ko'nmayapti, ular oliy ligada, buning ustiga asosiy tarkib jamoasida ishlashni xohlashyapti. Eng achinarlisi, hech qaerda o'qimay turib.

Men hozir aniq ism-familiyalarni keltirmoqchi emasman. Faqat shuni aniq bilaman, o'zbek futbolida hech qaerni bitirmay turib murabbiylik qilib yurganlar talaygina topiladi. Bu esa futbolimizni rivojlanish o'rniga kundan kunga orqaga tortyapti. Nafaqat kattalar futbolida, hatto bolalar futbolida ham shu ahvol. Joylarda bolalar bilan ishlayotganlarning ko'pchiligida oliy malumotli degan diplom yo'q. Bazilar hatto tegishli licenziyasiz ishlab kelmoqda.

Endi ikki og'iz licenziya haqida. Ikki-uch oylik licenziya kurslarida o'qib hali hech kim olim bo'lib qolgan emas. O'qish uchun avvalo oliy dargohda tahsil olish kerak bo'ladi. To'rt yil - besh yil hech narsaga chalg'imay faqat o'qish kerak. Murabbiylarda futbol nazariyasini kuchaytirish darkor. CHunki har qanday sohada nazariyani o'rganmay turib amaliyotda biror yutuqqa erishib bo'lmaydi.

Masalan, bizda deyarli har yili murabbiylar O'FF tomonidan "S", "V", "A", "Pro" kabi licenziyalarga o'qitiladi. Lekin bu o'quv-kurslari faqat licenziya olishga yordam beryapti, xolos. Murabbiylarning bilim va malakasi oshib qolayotgani yo'q. To'g'ri, aksariyat futbolchilar futbolchilik paytida birorta oliy o'quv yurtida tahsil olishadi, lekin ular yil bo'yi mashg'ulot, o'yin va yig'inlar bilan ovora bo'lib, o'qishga vaqt ajrata olishmayapti. Futbol nazariyasini o'rgangan murabbiy nafaqat referat, kerak bo'lsa, diplom ishini ham o'zi yoza oladigan darajada puxta bo'lishi kerak.

CHunki murabbiy ham bamisoli pedagog. Men pedagog sifatida bularning hammasini boshimdan o'tkazganim uchun aytyapman. Xo'sh, bizda nima bo'lyapti? O'yinchi futbolni tugatgach, bir oymi, ikki oymi lizenciyaga o'qiyapti va qarabsizki, nari borsa uch oy ichida "S" licenziyasi qo'lda. Natijada u bolalar murabbiyi! Futbolda eng qiyini bolaga futbol o'ynashni o'rgatish. Endi o'zingiz o'ylab ko'ring, uch oy o'qib "S" licenziyasini olgan odam qanaqasiga yosh bolaga futbol o'ynashni o'rgatishi mumkin? Unda futbolni o'rgata oladigan darajada bilim etarlimi? Axir buning uchun hech bo'lmasa to'rt-besh yil o'qishi kerak bo'lmaydimi?

SHuni aytish kerakki, tegishli licenziya ("S", "V", "A", "Pro") faqat ishlash huquqini beradi, etarli darajadagi bilimni emas. Etarli darajada bilimga ega bo'lish uchun yillab o'qish kerak. Kerak bo'lsa, chet elga borib o'qib kelish lozim bo'ladi. Agar O'FF shu masalaga jiddiy etibor qaratsa, o'ylaymizki, bizda ham murabbiylar saviyasi oshadi. SHunda bizda ham Yaponiyadagiga o'xshab futbol o'sadi. Lekin qizig'i shundaki, Yaponiyada kuchli mahalliy mutaxassislar bo'la turib, terma jamoaga doim chetdan murabbiy olib kelishadi: Alberto Zakkeroni, Xaver Agirre va mana endi Vohid Xalilxojich.


Andijonlik sobiq licey ustozi, futbol ishqibozi Asrorbek ota
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика